Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri. 
1916 yilgi qo`zg’olonlar 
Turkistonda «favqulodda holat» joriy etilishi. 1910-1914 yy. milliy 
o`zlikni anglashning sezilarli tarzda kuchaygan davri bo`ldi. Bunda jadidlar muhim 
rol o`ynab, ularning dunyoqarashiga Rossiya va jahonda ro`y berayotgan ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar katta ta’sir ko`rsatdi. Rossiyada 1912 yil boshlangan inqilob 
Turkistonda 
sosial-demokratik 
harakatning 
rivojlanishiga 
imkon 
berdi. 
Turkistondagi inqilobiy guruhlar faoliyati Rossiyadan surgun qilingan malakali 
inqilobchilar 
hisobiga 
kuchayib, 
mustahkamlandi. 
General-gubernator 
Samsonovning 1909 yil podshoga yo`llagan ma’ruzanomasi o`lkaning ahvoli, 


304 
musulmonlar ongida o`zgarish bo`lgani, inqilobiy harakat o`z kuchini ko`rsatgani 
haqida edi. 1912 yil 1 iyulda Toshkentdagi harbiy Troisk garnizonida sapyorlar 
qo`zg’aloni boshlandi.
Germaniya 1914 yil yozida Rossiyaga urush e’lon qilgach, Rossiya Antanta 
tarafida turib birinchi jahon urushiga kirdi. Podshoning yalpi safarbarlik haqidagi 
farmoni yalpi norozilikka sabab bo`ldi. Turkistonda yashayotgan 19 yoshdan 43 
yoshgacha evropalik aholi armiyaga chaqirildi. Turkistondagi rus oilalarining 
chorizmga qarshi kurashiga hosilni yig’ishtirish mavsumi bo`lgani tufayli rus 
mujiklarining oilalari ish kuchidan mahrum bo`lishi turtki bo`ldi.
1914 yil 26 iyulda Turkiston o`lkasi «favqulodda muhofaza holatida» deb 
e’lon qilindi. Tashviqot-targ’ibot qilganlarga 50 so`mgacha jarima yoki 3 oy 
muddatga qamash jazosi qo`llandi. Biroq korxonalarda ish tashlash davom etib
yangi tashkil topgan sosial-demokratlar va eserlar tashkilotlari yashirin faoliyat 
olib bordi. 1914 yil iyulda urushga qarshi norozilik chiqishlari Toshkent Bosh 
temir yo`l ustaxonalarida, Samarqanddagi yig’uv manzilgohida, Andijonda va 
Pishpakda bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling