Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Jizzax qo`zg’oloni 1916 yilgi milliy-ozodlik harakatida alohida shonli va
qonli sahifa ochdi. Jizzaxliklar g’azovot e’lon qildilar. Qo`zg’olonga Nazirxo`ja eshon va Abdurahmon jevachi rahbarlik qildilar. Abdurahmon jevachi boshchiligidagi qo`zg’alonning asl maqsadi mustamlakachilikka, mardikorlikka, huquqsizlikka qarshi kurash va chorizm idora usulini yo`qotishdan iborat edi. Qo`zg’olonchilarga umumiy rahbarlikni Nazirxo`ja eshon o`z zimmasiga oldi. Abdurahmon jevachining ukasi Bobobek Jizzaxga kelib Nazirxo`ja eshon va uning yordamchisi mulla Muhammad Raim bilan uchrashgach o`lkaning mustaqilligini ta’minlash masalasi ko`tarilib, qo`zg’olon yanada keng tus oldi. Jizzax shahrida 13 iyulda boshlangan qo`zg’olon 14 iyulda Bog’don, Forish, Sintob bekliklariga tarqaldi. Qo`zg’olon markazi va Abdurahmon jevachi qarorgohi Bog’don bekligidagi Shotolib qishlog’i edi. 307 Jizzax qo`zg’olonini bostiruvchi jazo otryadiga polkovniklar Afanas’ev va Ivanov qo`mondonlik qildi. Abdurahmon jevachi boshchiligidagi faollardan 12 kishi osib o`ldirishga hukm etildi. 1916 yil 13 dekabrda to`rtinchi Davlat Dumasida so`zga chiqqan noib A.Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo`shildi» - deb, vaziyatga xolis baho bergan edi. Sho`roshunos Richard Pirsning ta’biricha 1916 yil qo`zg’oloni chor hukumati va rus xalqining O`rta Osiyo xalqlari ishonchi va do`stligini qozonish yo`lidagi urunishini puchga chiqardi. Bu qo`zg’olon rus sosial demokratlari va sosial inqilobchi (o`ng va so`l eser)lar bilan Turkiston xalqlari do`stligining puxta zaminga ega emasligini ham isbotladi. Jadidlar rus demokratlari yordamida Petrogradda 4-Davlat Dumasining 13 dekabr’ sessiyasida (noiblar Mansurov va Ja’farov) 1916 yil qo`zg’olonini bostirishda (iyul-avgusda) ruslarning qonxo`rligini fosh etdilar. Tayanch so`zlar: Birinchi jahon urushi, Antanta, «Favqulodda holat», «Yosh turklar», «Yosh sartlar», «Yosh buxoroliklar», «Yosh xivaliklar», Jizzax qo`zg’oloni 1916 yil qo`zg’oloni. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling