Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urug’chilik va qabilaviy munosabatlar.
Xo`jaligi va mashg’uloti. Qoraqalpoqlar XIX asr ikkinchi yarmiga kelib
o`troqlashdi, dehqonchilik ular hayotida asosiy o`rinni egalladi, ammo chorvachilik ham etakchi soha bo`lib qolaverdi. Dehqonchilik qizg’in vaqtlarda qoraqalpoq oilalari ekinzorlarning qulay joyiga o`tovlarini tikib mehnat qilgan. Qoraqalpoqlar tinch mehnat bilan band paytlarda qaroqchilar hujum qilib qolsa yurt oqsoqollari Xiva xonidan himoya qilishni so`rab choparlar yuborgan. Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik va ovchilik ham muhim o`rin egallagan. Amudaryo va Orol atrofidagi ko`llarda baliq serob bo`lib, urug’lar uchun asosiy tirikchilik manbai edi. Ana shu balqchilardan sharqdan g’arbga borayotgan savdo karvonlari tuzlangan baliqni ko`p miqdorda olib ketardi. Qoraqalpoqlar asosan ro`zg’or uchun zarur buyumlarni tayyorlash bilan shug’ullanar edi. Ehtiyojdan ortgan buyumlar esa bozorga chiqarilgan, ular o`tovni o`rash uchun matolar, tuya junidan guldor namatlar to`qigan. Xalq amaliy san’atida o`tovlar uchun o`ymakor eshiklar va ro`zg’or buyumlari yasash, gilam to`qish, kashtachilik sohalari yuqori darajada rivojlangan. Qoraqalpoqlarning xo`jalik va turmush talablarini ta’minlab turuvchi hunarmandchilik sohalari, ayniqsa yog’och va suyakka ishlov berish rivojlandi. Urug’chilik va qabilaviy munosabatlar. XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullarida urug’ munosabatlari mustahkam davom etdi. Xitoy-qipchoq, mang’it va kenagas qabilalari tarkibidagi urug’lar “o`n to`rt urug’” - aris (urug’) birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng yirigi o`n to`rt urug’ bo`lgan. Harbiy kuch borasida ikkinchi o`rinda shulluk va joungurni birlashtirgan aris - qo`ng’irotlar turar edi. Qoraqalpoqlarda er-suv mulki, chorva mahsulotlari urug’niki deb hisoblansada, urug’ oqsoqollari, ruhoniylar va biylarning mulki katta ulushni 318 tashkil qilgan. Bu hol XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini tezlashtirdi. Qoraqalpoq urug’larni boshqarish biy va uning oqsoqollari qo`lida bo`lib, urug’ biylarini Xiva xoni tayinlar va uning mansabga tayinlanganini tasdiqlovchi yorliq berar edi. Biylar urug’ a’zosiga aybi uchun jazo berar, loyiq deb bilgan odamlariga tortiq va hadyalar in’om qilardi. Xiva xonining ishonchini qozongan biylarning vakolatlari yanada kengaytirilib, ularga alohida muruvvat ko`rsatilgan. Urug’larni birlashtirish, solq undirish, harbiy xizmat majburiyatini tartibga solish maqsadida XIX asr ikkinchi yarmida beklarbegi lavozimi tayin etilgan. Xon ayrim tumanlarni idora qilish uchun qarindoshlari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo`yi hududlariga jo`natib turgan. Qoraqalpoq xalqi orasida islom dinini mustahkamlash, yoshlarini Xiva madrasalariga jo`natib turish uchun Xivadan ruhoniylar jo`natilgan. Qoraqalpoqlarda urug’chilik o`ziga xos qadriyat bo`lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik munosabatlarida ko`zga tashlanib turar edi. Har bir urug’ o`z qavmining mustahkamlanishini ta’minlashga intilgan. Qoraqalpoqlarda har bir urug’ning o`ziga xos dafn marosimi bo`lib, qabristoni ham alohida edi; to`y marosimida urug’ning barcha a’zolari ishtirok etishi shart bo`lgan. Qoraqalpoqlar ko`chmanchilikdan o`troqlikka o`tishgacha bo`lgan uzoq davrda-xalq bo`lib shakllanish jarayonida o`ziga xos qadriyatlar yaratib, turmush tarzi shakllandi. “Qirqqiz” kabi turli dostonlarda mardlik, Vatanga sadoqat, sof sevgi kabi g’oyalar qoraqalpoq hayotidan o`rin oldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling