Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Yosh xivaliklar» tashkiloti
Feruzshoh davrida madaniyat. Xiva madaniy hayotida XIX-asr oxirida
o`zgarish bo`lganligining boisi Said Muhammadxondan so`ng 19 yoshida taxtga o`tirib 47 yil hukmronlik qilgan Muhammad Rahimxon II ning ma’naviyatga e’tibor qaratganligidir. Rahimxon II Muhammad Rizo Ogahiydan tarix, falsafa, she’riyat, musiqa saboqlarini o`rgandi. Feruz taxallusi bilan g’azallar yozgan xon Eron, Buxoro va Qo`qon bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini o`rnatdi. Xiva xonligida o`zbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq, qirg’iz xalqlari yashagan. Xiva huddudiga kelib joylashgan nemislar Oqmachit nemislari nomi bilan tarixda qolgan. Feruzshohning yaqin maslahatgo`ylari amaldor Ibrohimxo`ja, shayxulislom va qozi kalon Salimoxun edi. Feruz nomi tarixda ulug’lanishining sababi: 1) maishatga berilmay odil va xalqparvar bo`lganligi; 2) fan va madaniyatga homiylik qilganidir. «Feruzkim, jahonshohi dono erur, fazilatda suxandon erur» - deb, ta’riflagan tarixchi Laffasiy. Feruz rahnamoligida 1877 yil tosh bosmaga asos solinishi Xorazm madaniy hayotida katta voqea bo`ldi. Feruz topshirig’iga binoan Erondan bosmaxon anjomlari olib kelindi. Keyinchalik bosmaxona ishini ma’rifatparvar Otajon Abdolov davom ettirdi. Xiva adabiy muhitida Komil Xorazmiy, Bayoniy, Noziriy, 315 Shinosiy, Tabibiy, Avaz O`tar kabi shoir va tarixnavislar jaholatga qarshi qalam tebratdilar. Xudoybergan Devonov o`zbek kinematografiyasiga asos solgan. X.Devonov Xorazmga ko`chib kelgan Panner degan nemisdan suratkashlik sirlarini o`rganib oldi. «Yosh xivaliklar» tashkiloti. Rahimxon II vafot etgach, 1910 yil Asfandiyorxon Bosh vazir va qaynotasi Islom xo`ja hamda Manoq hokimi Nurjon botir yordamida taxtga chiqdi. Xon va Islomxo`ja muxolif bo`lib qolib 1913 yil Islom Xo`ja o`ldirildi. Chunki, rus imperatori va xalq orasida uning obro`yi baland bo`lib, Turkiya va Eron bilan aloqasi aniqlandi. «Yosh xivaliklar» harakati ilg’or ruhoniy, ziyoli, tijorat ahli, hunarmand va dehqonlarni o`z safiga birlashtirdi. Taraqqiyotiga g’ov bo`lgan turg’unlikning asosiy sababi feodal tartiblar va rus mustamlakachilik siyosati edi. Bu turg’unlikni anglagan ilg’or yoshlar xalqni ma’rifatli qilish uchun XIX asr oxiri – XX asr boshida Gurlan, Shovot, YAngi Urganch, Chandirqiyotda yangi usul maktablari ochishdi. Yangi usul maktablari ochishga kirishgan ilg’or yoshlarni Qozi kalon Salimoxun va Bobooxun mablag’ bilan ta’minladi. Hur fikrlilar Rossiya, Turkiya va Erondagi demokratik chiqishlar ta’sirida mustaqil siyosiy tashkilotlarga birlashdilar. Siyosiy tashkilotlarni mablag’ bilan ta’minlashda Bosh vazir Islom Xo`ja o`z hissasini qo`shdi. Siyosiy tashkilot birinchi jahon urushi arafasida rasman shakllanganligini e’lon qilib, o`z dasturiga ega bo`ldi. «Yosh xivaliklar» tashkilotining maqsadi konstitusion monarxiya, parlament boshqaruvi va demokratik jamiyat o`rnatish edi. «Yosh xivaliklar»ning yirik vakillari Bobooxun Salimov, savdo-sanoat tabaqasidan Polvonniyoz hoji Yusupov, Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov edi. «Yosh xivaliklar» tashkiloti dastlabki qabul qilgan qarorlarida istibdod tuzumini va birinchi jahon urushini qoralaydi. «Yosh xivaliklar» tashkilotining yacheykalari Urganch, Ko`hna Urganch, Toshhovuz kabi beklik va qal’alarda tuzildi. «Yosh xivaliklar» tashkilotining safi turli tabaqa va siyosiy qatlam vakillari bilan to`lib bordi, chunki ular o`ta maxfiy ish ko`rib, qaror va hujjatlarini ishonchli odamlar orasida targ’ib qilar edi. Asfandiyorxon polkovnik Kolosovskiyga 187 ming so`m berganini maxfiy polisiya boshlig’i, polkovnik Volkovga aytadi. 316 Tayanch so`zlar: «Tarbiyai atfol», «Yosh fikrlilar» Otaxo`ja, Usmonxo`ja, Mazhar, Burhon Mahzum, Fitrat, Muqimbek. «Yosh xivaliklar», Ibrohimxo`ja, Salimoxun, Bobooxun, Polvonniyoz hoji Yusupov, Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling