Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Feruzshoh davrida madaniyat. Xiva madaniy hayotida XIX-asr oxirida 
o`zgarish bo`lganligining boisi Said Muhammadxondan so`ng 19 yoshida taxtga 
o`tirib 47 yil hukmronlik qilgan Muhammad Rahimxon II ning ma’naviyatga 
e’tibor qaratganligidir. Rahimxon II Muhammad Rizo Ogahiydan tarix, falsafa, 
she’riyat, musiqa saboqlarini o`rgandi. Feruz taxallusi bilan g’azallar yozgan xon 
Eron, Buxoro va Qo`qon bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini o`rnatdi. Xiva xonligida 
o`zbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq, qirg’iz xalqlari yashagan. Xiva huddudiga 
kelib joylashgan nemislar Oqmachit nemislari nomi bilan tarixda qolgan. 
Feruzshohning yaqin maslahatgo`ylari amaldor Ibrohimxo`ja, shayxulislom va 
qozi kalon Salimoxun edi. Feruz nomi tarixda ulug’lanishining sababi: 1) 
maishatga berilmay odil va xalqparvar bo`lganligi; 2) fan va madaniyatga homiylik 
qilganidir. «Feruzkim, jahonshohi dono erur, fazilatda suxandon erur» - deb, 
ta’riflagan tarixchi Laffasiy.
Feruz rahnamoligida 1877 yil tosh bosmaga asos solinishi Xorazm madaniy 
hayotida katta voqea bo`ldi. Feruz topshirig’iga binoan Erondan bosmaxon 
anjomlari olib kelindi. Keyinchalik bosmaxona ishini ma’rifatparvar Otajon 
Abdolov davom ettirdi. Xiva adabiy muhitida Komil Xorazmiy, Bayoniy, Noziriy, 


315 
Shinosiy, Tabibiy, Avaz O`tar kabi shoir va tarixnavislar jaholatga qarshi qalam 
tebratdilar. Xudoybergan Devonov o`zbek kinematografiyasiga asos solgan. 
X.Devonov Xorazmga ko`chib kelgan Panner degan nemisdan suratkashlik 
sirlarini o`rganib oldi.
«Yosh xivaliklar» tashkiloti. Rahimxon II vafot etgach, 1910 yil 
Asfandiyorxon Bosh vazir va qaynotasi Islom xo`ja hamda Manoq hokimi Nurjon 
botir yordamida taxtga chiqdi. Xon va Islomxo`ja muxolif bo`lib qolib 1913 yil 
Islom Xo`ja o`ldirildi. Chunki, rus imperatori va xalq orasida uning obro`yi baland 
bo`lib, Turkiya va Eron bilan aloqasi aniqlandi. «Yosh xivaliklar» harakati ilg’or 
ruhoniy, ziyoli, tijorat ahli, hunarmand va dehqonlarni o`z safiga birlashtirdi.
Taraqqiyotiga g’ov bo`lgan turg’unlikning asosiy sababi feodal tartiblar va 
rus mustamlakachilik siyosati edi. Bu turg’unlikni anglagan ilg’or yoshlar xalqni 
ma’rifatli qilish uchun XIX asr oxiri – XX asr boshida Gurlan, Shovot, YAngi 
Urganch, Chandirqiyotda yangi usul maktablari ochishdi. Yangi usul maktablari 
ochishga kirishgan ilg’or yoshlarni Qozi kalon Salimoxun va Bobooxun mablag’ 
bilan ta’minladi. Hur fikrlilar Rossiya, Turkiya va Erondagi demokratik chiqishlar 
ta’sirida mustaqil siyosiy tashkilotlarga birlashdilar. Siyosiy tashkilotlarni mablag’ 
bilan ta’minlashda Bosh vazir Islom Xo`ja o`z hissasini qo`shdi.
Siyosiy tashkilot birinchi jahon urushi arafasida rasman shakllanganligini 
e’lon qilib, o`z dasturiga ega bo`ldi. «Yosh xivaliklar» tashkilotining maqsadi 
konstitusion monarxiya, parlament boshqaruvi va demokratik jamiyat o`rnatish 
edi. «Yosh xivaliklar»ning yirik vakillari Bobooxun Salimov, savdo-sanoat 
tabaqasidan Polvonniyoz hoji Yusupov, Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov edi.
«Yosh xivaliklar» tashkiloti dastlabki qabul qilgan qarorlarida istibdod 
tuzumini va birinchi jahon urushini qoralaydi. «Yosh xivaliklar» tashkilotining 
yacheykalari Urganch, Ko`hna Urganch, Toshhovuz kabi beklik va qal’alarda 
tuzildi. «Yosh xivaliklar» tashkilotining safi turli tabaqa va siyosiy qatlam vakillari 
bilan to`lib bordi, chunki ular o`ta maxfiy ish ko`rib, qaror va hujjatlarini ishonchli 
odamlar orasida targ’ib qilar edi. Asfandiyorxon polkovnik Kolosovskiyga 187 
ming so`m berganini maxfiy polisiya boshlig’i, polkovnik Volkovga aytadi. 


316 
Tayanch so`zlar: «Tarbiyai atfol»,
«Yosh fikrlilar» Otaxo`ja, Usmonxo`ja, 
Mazhar, Burhon Mahzum, Fitrat, Muqimbek.
«Yosh xivaliklar»,
Ibrohimxo`ja,
Salimoxun,
Bobooxun,
Polvonniyoz 
hoji 
Yusupov, 
Mulla 
Jumaniyoz 
Sultonmurodov. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling