Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xalq qo`zg’olonlari. Xalq rus armiyasiga majburiy to`lovlardan chidab 
bo`lmas darajaga kelganda saroyda Asfandiyorxonning maishatparastligi 
xalqparvar amaldorlar orasida ham norozilik uyg’otdi. Islom Xo`ja 1913 yil xon 
tomonidan maxfiy o`ldirilgach, norozilik kuchayib ketdi. Islom Xo`ja xonlikni 
qoloqlikdan qutqarish uchun chuqur islohatlar boshlashga intilayotgan edi.
Islomxo`ja o`limidan so`ng saroydagi norozi kuchlar mashhur huquqshunos 
olim, adolatpesha qozi kalon Bobooxun Salimov (1874-1929) atrofida to`plandi. 
Xonning xatti-harakatlarini saroy ahli oldida qoralagani uchun B.Salimov nomi el 
ichida mashhur, tillarda doston bo`lib ketdi. Bobooxun o`zining huquq va 
vakolatidan foydalanib 1915 yil xonning yaqin do`sti, dehqonlarga zulm qilgan 
Matkarim Kakilboyni jazoga torttirdi.
Turli bekliklardan kelgan qo`zg’olonchilar rahbarlarining shtabi Qozi kalon 
madrasasi bo`lib qoldi. Bobooxun o`z shogirdi S.Yoqubovni Gurlan bekligidan 
Xudoybergan bek, qipchoqlardan Davlatnazar qayroq, Xo`jaylidan Avazxo`ja va 
Isomiddin eshon, Toshhovuz turkmanlaridan Eshonxo`ja kabi qo`zg’olon 
rahbarlari oldiga jo`natib, ulardan bir vaqtda Xivaga yurish boshlashni so`raydi.
Badirkentda Junaidxon (Qurbon Muhammad) sardor chovdir, yovmut 
turkman urug’-qabilalaridan qo`shin tuzib Asfandiyorxonga qarshi chiqdi. Uning 
maqsadi ruslarga bo`ysunmagan feodal-despotik davlat tuzish edi. Bobooxun 
rahbarligidagi o`zbek, qozoq, turkman, qoroqalpoq qo`zg’olonchilar jadidlar 
ta’sirida bo`lib, ularning maqsadi demokratik davlat barpo etish, Konstitusion 
monarxiya va parlament boshqaruvini joriy etish edi. Bobooxun eng faol 
jadidlardan bo`lib, «Yosh turklar» partiyasining dasturi bilan yaxshi tanish edi.
Junaidxon 1915 yil Asfandiyorxon sarbozlarini tor-mor qilgach, Turkiston 
general-gubernatori aralashuvi bilan general Gappner vositachiligida bitim tuzildi. 
Bitimdan ko`ngli to`lmagan Junaidxon 1916 yil yanvarda Xivaga hujum boshladi. 
Junaidxon 1916 yil 11 fevralda Xivadagi rus garnizonini qurshab olgach xon 
Junaidxonga peshvoz chiqib kutib olishga majbur bo`ldi. Xivaga general 
Galkinning jazo qo`shini kelayotganini eshitgan Junaidxon 1916 yil 16 fevralda 
Xivani talab, shaharni tark etdi.


314 
Bobooxun ruxsati bilan 1916 yil 14 yanvarda Gurlan bekligidagi 
Xudoybergan bek boshchiligidagi otryad harakat boshladi. Barcha bekliklardagi 
qo`zg’olonchilar otryadlari birlashib 1916 yil 18 yanvarda Xivada paydo bo`ldi. 
Asfandiyorxon qo`zg’olonchilarga qarshi polkovnik Kolosovskiyning rus jazo 
qo`shinini tashladi. Asfandiyorxon Turkiston general-gubernatoridan yordam 
kelguncha vaqtdan yutish uchun qo`zg’olonchilar vakillari bilan muzokaro olib 
borishga rozi bo`ldi.
Xon rus qo`shinlari yordamga kelayotganini eshitgach qo`zg’olonchilar 
boshliqlarini hibsga olish to`g’risida farmon berdi. Qo`zg’olonchilar vakillari 
Asfandiyorxon va general Galkin ishtirokida qatl etildi. Toshhovuz, Xo`jayli, 
Taxtaqal’a hamda Ilolli va Badirkent kabi turkman ovullari aholisi tig’dan 
o`tkazildi. Qo`zg’olon ko`targan bekliklarga 4 mln. 554 ming so`m tovon 
(kontribusiya) solindi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling