Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi va
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
4-§. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi va
Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli Yarim mustamlakaga aylangan Buxoro amirligi siyosiy faoliyatini 1885 yil ish boshlagan «Rossiya imperatori Siyosiy agentligi» nazorat qila boshladi. Bu siyosiy nazorat idorasi Rossiya-Buxoro (1868) shartnomasi va chet el mollari keltirilishini taqiqlashning Buxoro amirligi tomonidan qanday bajarilishini kuzatib borardi. Amirlikka temir yo`llarning kirib kelishi rus shaharcha va manzilgohlari vujudga kelish jarayonni kuchaytirdi. Amirlikdagi yangi Buxoro (Kogon), Chorjo`y, Karki, Patta, Hisor kabi shaharlar Rossiya imperiyasi qonunlariga binoan idora qilindi. Karki va Termiz shaharlarida 14-Turkiston bo`linmasi va kazak qismlari uchun joy ajratildi. Buxoro 308 amiri rus chegara istehkomi uchun 1900 yil Surxandaryo quyi oqimidagi 9 ming desyatina erni ajratib berdi. Rossiya-Buxoro siyosiy-iqtisodiy munosabatlarida Zarafshon daryosi suvini taqsimlash muammosi keskinlasha bordi. Shartnomaga ko`ra (1868) Rossiya Buxoroning ichki boshqaruv tizimi va diniy ishlariga aralashmaslik majburiyatini olgan edi. 1895 yil Buxoroning Rossiya boj tizimiga kiritilishi amirlikning rus imperiyasiga qaramligini kuchaytirdi. 1905 yil Orenburg temir yo`li ishga tushirilishi Rossiya-Buxoro savdo aloqalarining yanada kengayishiga sabab bo`ldi. Rossiya bilan 1901 yil Buxoro tangasi zarb etilishiga doir bitim tuzildi. Paxta va qorako`l savdosidan Buxoro amiri va savdogarlar katta boylik jamg’arar edi. Buxoro amiri 73 mln. 252 ming so`mlik naqd boylikka ega bo`lgan. Amirning Qrim, Kislovodsk, Jeleznovodskda bog’- saroylari, Peterburgda hovli-joylari mavjud edi. Buxoro amiri Abdulahadxon (1885-1910) Peterburg, Moskva, Qrimga safar qilib, rus imperatori va mulozimlariga sovg’a tortiq qilgan. «Zoti oliylari» zodagonlik martabasiga ko`tarilgan Abdulahadxon buyuk rus knyazlaridan ham yuqori turib, unvon va martabasi bilan Turkiston general-gubernatoridan ham o`zib ketgan. U general-ad’yutant, kavaleriya generali (general-polkovnik), eng oliy «Andrey Pervozvanniy» ordeni sohibi, Terek kazak qo`shini faxriy atamani va 5- Orenburg kazak polkining otalig’i bo`lgan. Peterburgda imtiyozli zodagonlar harbiy korpusida o`qigan Said Olimxonga dastlab polkovnik, keyin general- leytenant unvoni berilgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling