Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Jizzax qo`zg’oloni 1916 yilgi milliy-ozodlik harakatida alohida shonli va 
qonli sahifa ochdi. Jizzaxliklar g’azovot e’lon qildilar. Qo`zg’olonga Nazirxo`ja 
eshon va Abdurahmon jevachi rahbarlik qildilar. Abdurahmon jevachi 
boshchiligidagi qo`zg’alonning asl maqsadi mustamlakachilikka, mardikorlikka, 
huquqsizlikka qarshi kurash va chorizm idora usulini yo`qotishdan iborat edi.
Qo`zg’olonchilarga umumiy rahbarlikni Nazirxo`ja eshon o`z zimmasiga 
oldi. Abdurahmon jevachining ukasi Bobobek Jizzaxga kelib Nazirxo`ja eshon va 
uning yordamchisi mulla Muhammad Raim bilan uchrashgach o`lkaning 
mustaqilligini ta’minlash masalasi ko`tarilib, qo`zg’olon yanada keng tus oldi. 
Jizzax shahrida 13 iyulda boshlangan qo`zg’olon 14 iyulda Bog’don, Forish, 
Sintob bekliklariga tarqaldi. Qo`zg’olon markazi va Abdurahmon jevachi 
qarorgohi Bog’don bekligidagi Shotolib qishlog’i edi.


307 
Jizzax qo`zg’olonini bostiruvchi jazo otryadiga polkovniklar Afanas’ev va 
Ivanov qo`mondonlik qildi. Abdurahmon jevachi boshchiligidagi faollardan 12 
kishi osib o`ldirishga hukm etildi. 1916 yil 13 dekabrda to`rtinchi Davlat 
Dumasida so`zga chiqqan noib A.Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir Turkiston 
fronti qo`shildi» - deb, vaziyatga xolis baho bergan edi. Sho`roshunos Richard 
Pirsning ta’biricha 1916 yil qo`zg’oloni chor hukumati va rus xalqining O`rta 
Osiyo xalqlari ishonchi va do`stligini qozonish yo`lidagi urunishini puchga 
chiqardi.
Bu qo`zg’olon rus sosial demokratlari va sosial inqilobchi (o`ng va so`l 
eser)lar bilan Turkiston xalqlari do`stligining puxta zaminga ega emasligini ham 
isbotladi. Jadidlar rus demokratlari yordamida Petrogradda 4-Davlat Dumasining 
13 dekabr’ sessiyasida (noiblar Mansurov va Ja’farov) 1916 yil qo`zg’olonini 
bostirishda (iyul-avgusda) ruslarning qonxo`rligini fosh etdilar.
Tayanch so`zlar:
Birinchi jahon urushi,
Antanta, «Favqulodda holat», «Yosh 
turklar», «Yosh sartlar», «Yosh buxoroliklar», «Yosh xivaliklar»,
Jizzax 
qo`zg’oloni 1916 yil
qo`zg’oloni. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling