Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Dumaga saylov. 1906 yil 27 aprelda Rossiya parlamentining birinchi 
yig’ini ochildi Duma ish boshlagandan 5 kun o`tgach Sankt-Peterburg Toshkentga 
yuborgan podsho farmoni «Ettisuv, Kaspiyorti, Sirdaryo, Samarqand va Farg’ona 
viloyatlarida Davlat dumasiga saylov qoidalari» deb ataldi. Duma fraksiyasi – 
«Mehnatchilar guruhi byurosi» 1906 yil mayda tuzildi, byuro kotibi konstitusion 
demokrat (kadet)lar firqasidan Zakamenniy edi. RSDRPning Toshkent guruhi, 
eserlar va «Xalq taraqqiyoti firqasi» saylovda o`z nomzodlari uchun kurash 
boshladi.
Saylovda mustamlakachilar tanlagan nomzodlar engilgach, sosial-demokrat 
(bol’shevik va men’shevik)lar, sosial-revolyusioner (eser)lar va konstitusion 
demokrat (kadet)lar uyushmasi – «Taraqqiyparvar saylovchilar guruhi» g’alaba 
qozondi. Toshkentdan Duma a’zoligiga «Jahongir domla» – V.Nalivkin saylandi. 
Toshkentda eser Gordeevning uyidan topilgan «Muslmonlarga» nomli xitobnoma 
rus ma’muriyatini xavotirga solib, Rus imperatori Nikolay II birinchi Dumani 
tarqatib yubordi. Xitobnomada 1905-1907 yy. eng muhim voqealarga siyosiy sharh 
berilib, chorizmning mustamlakachilik va ruslashtirish siyosati fosh qilingan edi. 
Rus imperatori Nikolay II xalq o`z maqsadiga erishish uchun kurashda 
davom etgani uchun ikkinchi davlat Dumasini chaqirishga majbur bo`ldi. Ikkinchi 


303 
davlat Dumasi deputatlari xalqqa er va erk berishni talab qildi. Rus imperatori 
Nikolay II o`z vaziri Stolipin orqali xalq vakillariga «erga muhtoj mujiklar 
Turkistonga ko`chib borsin, ularga yordam beraman» - degan javobni yo`lladi. 
Turkiston vakillari vazirning so`zlariga e’tiroz bildirib, «Turkiston erlari qirg’iz va 
sartlarning o`zlariga ham etishmaydi», - dedi.
Dumadagi rus va boshqa deputatlar turkistonliklarning erini tortib olish
erdan mahrum qilish adolatsizlik, degan fikrni bildirishdi. Deputatlarning bizga 
pomeshchiklardagi o`zimizning erimiz kerak, Turkistonga bormasdan shu joyda 
o`z erimizga ega bo`lamiz, degan bayonatini eshitgan Rus imperatori Nikolay II 
ikkinchi Dumani tarqatib yubordi. 
Turkistonlik deputatlarning so`zlarini eshitgan rus mujiklari pomeshchiklar 
erlarini tortib olishga kirishdi. Podsho uchinchi davlat Dumasiga Turkiston 
vakillarini kirish huquqidan mahrum qilgach Turkiston vakillari Rossiyaga o`z 
ahvollarini oshkora bildirish imkoniyatini yo`qotdilar.
Tayanch so`zlar:
Jadidchilik,
Ismoil G’aspirali, Munavvar qori, 
U.Asadullaxo`jaev, Behbudiy, Avloniy, T.Norbo`tabekov, Hamza, Cho`lpon, 
Fitrat. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling