Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturi
Munavvar qori Abdurashidxonov (1978-1931) ma’rifiy, siyosiy arbob,
jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, milliy uyg’onishga katta hissa qo`shgan millatning ma’naviy rahnamosi. U Toshkentning Shayhontohur dahasidagi Darxon mahallasida dindor ziyoli oilasida tavallud topdi. Otasi Abdurashidxon madrasa mudarrisi, onasi Xosiyatxon mahallaning otin oyisi bo`lgan. Munavvar qori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla maktabidan olib, so`ngra Toshkent va Buxoro madrasalarida o`qigan. U 1904 yildan faol ijtimoiy- siyosiy, ma’rifiy faoliyatga tortildi. Jadidlar siyosiy kuch sifatida XX asr boshida tarix sahnasiga chiqa boshlagan edi. Shu davrda ziyolilar orasida tabaqalanish yuz berib, ular 2 ta guruhga: 1) taraqqiyparvar kishilar – «jadid»larga; 2) qoloq, johil ruhoniylar «qadimchilar» guruhiga ajraldi. Taraqqiyparvarlar ongining yuksalishida Boqchasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Qozonda chiqqan «Vaqt», «Yulduz» 299 jurnallari, Istambulda chop etilgan «Siroti mustaqim» (To`g’ri yo`l) gazeta- jurnallari katta rol o`ynadi. Munavvar qori jadidlarning siyosiy vazifasi haqida «Chor hukumatini yo`qotish jadidlarning tilagida bor edi. Siyosiy maqsadimiz ham shundan iborat» degan edi. Jadid rahbarlaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1934) o`z tarjimai holida «Rus-yapon urushi Rossiya ishchilari va bizning ham ko`zimizni ochdi. 1905 yil inqilobi tufayli tashkilotimiz siyosiy maslaklarga tushunib, qora xalqni oqartmoq uchun gazeta chiqarildi», - deb aytgan. Hukumat 1906 yil «Taraqqiy», «Xurshid» gazetalarini to`xtatgandan so`ng Avloniy temir yo`l ishchilari sosial-demokrat firqasi yordami bilan 1907 yil «Shuhrat» gazetasini chiqardi. Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida asosan 3 ta yo`nalish mavjud edi: 1) yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish; 2) yoshlarni chet ellarga o`qishga yuborish; 3) ma’rifiy jamiyatlar tuzish va ziyolilar firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalar chop etish. Bu dasturni amalga oshirish borasida Munavvar qori, U.Asadullaxo`jaev, Behbudiy, Avloniy, T.Norbo`tabekov, Hamza, Cho`lpon, Fitrat jonbozlik ko`rsatishdi. Toshkentlik bir boyning raisligida 1909 yil Munavvar qori do`stlari bilan «Jamiyati xayriya»ni tashkil qiladi. Bu jamiyat raisining o`rinbosri Munavvar qori edi. Munavvar qori «Toshkentda musulmon jamiyati» maqolasida bu tashkilot haqida «Yoshlarning sovuqqonlik va sabrliligi yaxshi natija berdi. Boylar ittifoq bo`lib Toshkent jamiyatining aksariyat a’zolarini yoshlardan saylatdilar. «Dorul ojizin»ni ochib, maktab va madrasalarga xayriya, beva-bechoralarga sadaqa berdi. Qashshoqlarni maktabda o`qitib, tarbiya qilmoqda. «Gramofon jamiyati» bilan kelishib pul topmoqda» degan edi. Jadidlar «Jamiyati xayriya» jamiyati orqali Rossiya va Turkiya oliy o`quv yurtlariga Turkiston yoshlarini o`qishga yuborish ishi bilan ham jiddiy shug’ullandi. Munavvar qori Shayhontohurdagi Kattaxo`ja Xo`jaevning uyiga boylarni to`plab, yoshlarni Germaniyaga yuborish haqida nutq so`zladi. Buxoroda 1910 yil tashkil qilingan «Tarbiyai atfol» (Bolalar tarbiyasi) jamiyati 1911 yil - 15 ta; 1912 yil - 30 ta talabani Turkiyaga o`qishga yubordi. 300 Abdurauf Abdurahim o`g’li 1909-1913 yy. Istambulda tahsil olib, o`ziga «Fitrat» (Tug’ilish) taxallusini qo`ydi. Toshkentning «Qoryog’di» mahallasidan bog’bon Asadullaxo`ja o`g’li Ubaydullaxo`ja Rossiyada adliya bo`yicha ta’lim olib, birinchi oliy ma’lumotli o`zbek advokati bo`ldi. U 1909 yil rus yozuvchisi Lev Tolstoyga maktub yozadi. Dastur va harakat yo`nalishiga ega bo`lgan Ubaydullaxo`ja 1913 yil Toshkentga qaytgach jadidlar bilan uyushib «Taraqqiyparvar» nomli o`zbek ziyolilarining mustaqil firqasini tuzishdi. Ubaydullaxo`ja dastlabki qadamini Umumturkiston ijtimoiy-siyosiy gazetasini tashkil qilishdan boshladi. Gazeta chiqarishga Turkiston general- gubernatori Samsonov ruxsat bersada, Turkiston maxfiy siyosiy polisiyasiqarshi bo`ldi. Jadidlar bir yil urinib «Taraqqiyparvar» firqasining 1914 yil «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalarini chiqarishdi. 1913 yil «Oyina», 1915 yil «Al-Isloh» jurnali chiqdi. U.Asadullaxo`jaev muharrirlik qilgan «Sadoi Turkiston»ga Munavvar qori, Qodiriy, Avloniy, Hamza, Olimiy, Cho`lpon uyushgan edi. «Sadoi Turkiston»da eng ko`p Behbudiyning 300 ta maqolasi, Mirmuhsin Shermuhammedovning 100 dan ziyod asar va maqolalari chop etildi. Jadidlar 1913 yil «Turon» jamiyatini tuzgach, Qo`qonda «G’ayrat», Andijonda «Taraqqiyparvar» jamiyatlari tuzildi. 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi Kolizey teatri binosida o`zbek milliy teatrining birinchi rasmiy mavsumi ochildi. Birinchi mavsumda teatr rejissyori Zoki Boyazidskiy-Valeev rahbarligida Munavvar qori, Ubaydullaxo`ja, N.Xo`jaevlar Behbudiyning «Padarkush» p’esasini tomoshabinlarga ko`rsatdi. Munavvar qori teatrning ochilishida nutq so`zlab, teatrni «Xalq dardiga davo beruvchi tabibga» o`xshatdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling