Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Jadidlar harakatining vududga kelishi. Dumaga saylov


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Jadidlar harakatining vududga kelishi. Dumaga saylov 
Jadidchilik shakllanishi. Mustamlakachilikning ruscha shakli mahalliy 
xalqni jaholatda, savodsizlikda, qashshoqlikda ushlab turish orqali tashkil qilindi. 
Mustamlakachilar Turkistonni uzoq vaqt saqlab qolish uchun chinovniklar, 
harbiylar, ruhoniylar, muhandis-texniklar, olimlar va ishchilarni safarbar qildi. 
O`rta Osiyo kapitalistik bozor munosabatlariga ishchilar, ilmiy kuchlar, ishlab 
chiqarish vositalarining faol ishtirokida tortildi. Ana shu jarayonda uzbek milliy 
burjuaziyasi – savdo-sanoat egalari shakillana bordi. Chorizm mahalliy 
burjuaziyaning paydo bo`lishini aslo istamasdi, chunki unga to`la ishonmasdi.
Millat ravnaqini o`ylovchi taraqqiyparvar kuchlar - hunarmandlar, 
dehqonlar, burjuaziya, ruhoniylar – barcha tabaqa orasida mavjud edi. Ular 
xalqning milliy ongini oshirish va o`zligini anglatishni eng avvalo ma’rifat, ilmu 
urfondan qidirdilar. Ziyolilar mustaqillik uchun kurashga xalqni uyg’otishni 
dastlab ma’rifatdan boshladi.
Musulmon va turkiylarni jahon taraqqiyotidan uzilib qolganligiga barham 
berib, ma’rifat orqali taraqqiyotga erishish zarurligini turkiy qrim-tatar xalqining 
farzandi Ismoil G’aspirali (1851-1914) birinchi bo`lib tushunib etdi. G’aspirali 
butun turk dunyosidagi Jadidchilik harakatining «g’oyaviy otasi» hisoblanadi. Bir 
nechta chet tillarni bilishi va jahon ilm-fani yutuqlari bilan tanishuvi tufayli 
G’aspirali Sharq va G’arbni taqqoslash, xulosaga kelish imkoniga ega bo`ldi. U 
Rossiyaga mustamlaka bo`lgan barcha musulmon huddudlardagi maorifini isloh 
qilish, ularda dunyoviy fanlarni o`qitish masalasini ko`tardi va 1884 yil Qrimdagi 
Boqchasaroy shahrida jdadid maktabiga asos soldi.
G’aspirali dastur tuzib, o`zi yozgan darslik yordamida 40 kun ichida 12 
o`quvchining savodini chiqardi. Bu usul «usuli savtiya» – harf tovushi usuli, ya’ni 
«usuli jadid» nomi bilan shuhrat qozondi. G’aspirali maktab va madrasalarda diniy 


296 
ta’limot, arab, fors, rus tili bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nabotat, nujum, 
handasa fanlarini o`qitishni ilgari surdi. Uning g’oyalarini yoyishda «Tarjimon» 
gazetasining xizmati katta bo`ldi. G’aspiralining 1888 yil nashrdan chiqqan 
«Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo`ldosh» kitobida jadid maktablarining 
qurilishi, darsni tashkil qilish, jihozlanishi, dars jadvali, ta’til, imtihon bayon 
qilingan.
G’aspirali musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini 1892 yil 
Turkiston general-gubernotori Rozenbaxga yubordi, lekin u loyihani rad qildi. 
G’aspirali 1893 yil Turkistonga kelib, Samarqand, Toshkent va Buxoroda bo`ldi. U 
Buxoro amiri Abulahadxon huzurida 1893 yil 8 iyunda bo`ldi, amir zo`rg’a bitta 
jadid maktabi ochishga ruxsat berdi. Uning Buxorodagi shogirdlari: mudarris va 
tarixchi Marjoniy, g’ijduvonlik domla Fozil, Mo`minxo`ja Vobkandiy, mulla 
Xudoyberdi jadid maktablarini ko`paytirish maqsadida amirni qistay boshladi. 
Johil ruhoniylar amirni ularga qarshi qayrashlari tufayli Marjoniy Qozonga ketdi 
va uning safdoshlari zindonga tashlandi. G’aspirali bundan xabar topib 1904 yil 
Buxoroga yana kelib amir bilan muzokara olib borgach amir o`z otasi nomi bilan 
ataluvchi «Muzaffariya» jadid maktabi ochishga ruxsat berdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling