Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkistondagi 
demokratik 
harakatlar
Rus 
sosial-demokratlari 
Turkistonga surgun qilingan siyosiy muhojirlar markaziy tashkilotlar bilan aloqa 
o`rnatib, inqilobiy gazeta-jurnallar va siyosiy adabiyotlarni tarqatib Turkistonda 
markaziy tashkilotning yacheyka guruhlarini tuzdi. Turkistonda dastlabki sosial-
demokratik to`garaklar 1902 yil Toshkentda, 1905 yil Samarqandda, so`ngra 
Qozonjiq, Qizil-arvat, Krasnovodsk, Pishpak, Qo`qon, Kogonda tuzildi.


292 
Rossiyadagi 1905 yil «Qonli yakshanba» va Umumrossiya oktyabr 
stachkasi, Dekabr qurolli qo`zg’oloni Turkistonda ham inqilobiy harakatlar 
boshlanishiga turtki bo`ldi. 1905 yil yanvarda Toshkent va Samarqandda 
ishchilarning siyosiy ish tashlashlari boshlanib boshqa shaharlarga tarqaldi, o`zbek 
ishchilari ham qatnasha boshladi.
Toshkentda 1904 yil «Sosial-demokratlar va sosial inqilobchilarning ittifoq 
guruhi» tashkil topdi. «Ittifoq guruhi» varaqalarida «Kurashda sen o`z huquqingni 
qo`lga kiritasan», - deb yozilgan edi. «Ittifoq guruhi» birinchi siyosiy chiqishni va 
1905 yil fevralda Toshkent ishchilarining birinchi ish tashlashini uyushtirdi. 
«Ittifoq guruhi» uzoq «yashamadi», undan 1905 yil martda sosial-demokratlar 
ajralib chiqib, RSDRP ning Toshkent guruhi tashkil topdi. Toshkentdagi 1905 yil 1 
may voqealarini RSDRP ning Toshkent guruhi amalga oshirdi. RSDRP Toshkent 
guruhi Boku qo`mitasi bilan hamkorlikda ish ko`rdi. 1905 yil 8 sentyabrda 
Bokudan kelgan A.Buzanskiy ma’ruza qiladi.
Podsho 1905 yil 17 oktyabrda fuqarolarga erkinlik berganligi haqida 
Manifest e’lon qildi. Manifestga ishonchsizlik bildirgan RSDRP ning Toshkent 
guruhi uni «qog’ozdagi qonun», - deb atadi. Toshkent guruhi O`rta Osiyo 
Toshkent Bosh temir yo`l ustaxonasi oldida miting o`tkazib, siyosiy mahbuslarni 
ozod qilish va hukumatga qarshi kuch ishlatishga da’vat etdi. Sirdaryo harbiy 
gubernatori Fedotov 1905 yil 19 oktyabrda Toshkent shahar Dumasi oldidagi 
namoyishni o`qqa tutishni buyurdi. Eserlarning tashviqoti bilan 1905 yil noyabrda 
Toshkent to`p ombori va ustaxonalarida va 1-Turkiston zaxira batal’oni Toshkent 
qo`rg’onida qurolli qo`zg’olon ko`tarildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling