Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Mahalliy ishchilar shakllanaishi. Turkistonda temir yo`l qurilishi va sanoat 
korxonalarining vujudga kelishi tufayli mahalliy ishchilar sinfi shakllana boshladi. 
Mahalliy ishchilar xonavayron bo`lgan hunarmandlar va qashshoqlashgan 
dehqonlardan tarkib topgan edi. Hunarmandlar rus sanoat mahsulotlari raqobatidan 


291 
xonavayron bo`ldi. Kapitalistik munosabatlar tufayli qishloqlarda tabaqalanishning 
kuchayishidan dehqonlar qashshoqlashdi.
Turkiston aholisining 90 % ini tashkil qilgan dehqon va chorvadorlar turli 
mavsumiy ishlar bilan shug’ullana boshladi. Ishchilar safini XX-asr boshlarida 
dehqon va hunarmandlar to`ldira boshladi. Mahalliy ishchilar sinfining 
shakllanishida quruvchi ishchilar asosiy zaminlardan biri edi. Rus amaldorlari 
ig’vogarona maqsadlarni ko`zlab Turkistondagi rus ishchilariga imtiyoz berib
istilochilarga xos mavqe yaratib berdi.
Rus mujiklari va ishchi-xizmatchilariga yaratilgan yuqori imtiyozlar «katta 
og’alik» tuyg’usini vujudga keltirdi. Rossiyada dvoryan-pomeshchiklar bilan 
dehqonlar, burjuaziya bilan ishchilar o`rtasida kurash avj oldi. XIX asr oxiri - XX 
asr boshlarida Turkiston xalqlari milliy o`z-o`zini anglay boshladi. Turkiston 
general-gubernatori Rossiya ichki ishlar vaziriga yo`llagan maxfiy xatida 
Turkistondagi rus aholisining hukumatga qarshi harakati Turkistonga surgun 
qilingan siyosiy kishilar hamda temir yo`l qurilganidan so`ng ishchilar paydo 
bo`lgach boshlanganiga to`xtaladi.
Rus podshosining noibi mahalliy aholi o`rtasida «inqilobiy tashviqot hali-
beri ildiz otolmaydi», mahalliy aholi hukumatga «xayrixox» bo`lib, «mahalliy 
aholi bilan inqilobiy tashviqot o`rtasida ulkan to`siq - ikki tomonning til 
bilmasliklari», - degan xulosaga keladi. General-gubernator, agar rus inqilobiy 
firqalari mahalliy aholini inqilobga tortsa, ularning harakati «Barcha ruslarga 
qarshi qaratiladi yoki Kavkazdagiga o`xshab qaroqchilik tusini oladi», - deb 
bashorat qiladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling