Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`zg’olon bostirilishi.
Qo`zg’olon boshlanishi. Rus maxfiy xizmati qo`zg’olon boshida Dukchi
eshon turganini bilib Eshonni yo`qotish rejasini ishlab chiqdi, qirg’iz va o`zbeklarni birlashtirmaslik, qo`zg’olon pala-partish boshlanishini ta’minlashga zo`r berdi. Rus maxfiy xizmati qo`zg’olonni oldini olish uchun 1898 yil 17 mayda Eshonning hovlisiga bostirib kirib, qo`zg’olon boshlashni talab qildi va jiyani Abdulazizni emas Eshonni xon deb e’lon qildi. Muhammad Ali boshchiligidagi qo`zg’olon Tojik qishlog’idan boshlanib 17 may kechqurin Andijonga yurishdi. Qo`shinning ilg’or qismga mulla Ahmad qirg’iz, Eshon qo`shini ikkiga bo`linib, biriga Ziyovuddin Maxsum bosh bo`ldi. Qo`zg’olonchilarga Qutchi qishlog’ida 200 kishi, mingboshi G’oyibnazar yigitlari bilan, savdogar Aliboy 150 285 yigiti bilan qo`shildi. Eshonga qo`shilgan yigitlarga avval ruslarda xizmatkor bo`lib, keyin Eshonga murid bo`lgan Muhammad Zulum rahbarlik qildi. Qo`zg’olonchilar Andijonning Eski shahariga kirib, 163 kishi 20-Turkiston liniya batal’on kazarmasiga hujum qildi. Qo`zg’olonchilarning xatolari quyidagilardan iborat edi: uyushmagan olomon to`lqini Eshonni oddiy ishtirokchiga aylantirib qo`ydi; qo`zg’olonni harbiy intizom asosida boshqarib bo`lmadi; qirg’iz Chibil bo`lis Eshonga qo`shilmasdan rus dehqonlariga yurish qildi; Inoyatxon eshon Marg’ilonga, Umarbek dodxox esa O`shga hujum uyushtira olmadi. Muhammad Ali 1898 yil 17 mayda muridlari bilan pala-partish, ochiqchasiga hukumatga qarshi qo`zg’olon ko`targanligi rus mustamlakachilari uchun ayni muddao bo`ldi. Chunki siyosiy- diniy arbob o`zini oshkor qilgan edi, endi Eshonni yo`qotish va qatli om qilish mumkin edi. Qo`zg’olon bostirilishi. Qo`zg’olondan xabar topgan podsho Nikolay II Turkistondagi noibi baron Vrevskiyni lavozimidan chetlatdi, general- gubernatorlik vakolatini vaqtincha Sirdaryo viloyati general gubernatori Korol’kovga yukladi. Bosh shtab unga jazo ekspedisiyasiga rahbardik qilish, yozgi mashqlarni bekor qilish, ko`ngilli komanda qo`shinlarini Farg’ona tumanlariga yuborish, ruslarni qurollantirish, ishonchli erli amaldorlarga yorliq bilan ov miltiqlari berish ishlarini yukladi. Korol’kov 1898 yil 20 mayda «bo`shanglik qilgan» Farg’ona viloyat harbiy gubernatoriri, tuman hokimi, Asaka uchastka pristavini lavozimidan chetlatdi. Rus amaldorlari Eshonni tutib kelganga Andijon shahriga starshiy oqsoqol qilishni va’da qilishdi. Muhammad Ali va 3 ta muridini Arslonbob yaqinidagi Toshko`prikda Qo`qonqishloq mingboshisi Qodirqul, bozor sarkori Yoqub qurboshi, shtabs-kapitan Og’abekovlar ruslarga tutib berishdi. Yangi tayinlangan general-gubernator Duxovskiy Harbiy Vazir Kuropatkinga yuborgan raportida «Bu alanga Farg’onada ko`tarilgan bo`lsada, o`lkaning o`zga hududlarida ham g’azovotga xayrixoxlar ko`p. G’alayon tuman doirasidan tashqariga yoyilib ketdi» - deb yozgan edi. 286 1898 yil 19 mayda Yakkatutda qurollangan dehqonlar jazo otryadiga qarshilik ko`rsatdi. Namanganda qirg’izlar; Qo`qon tumanida, Beshariq va Ko`gart volostlarida qo`zg’olonchilar kurashni davom ettirdi. Jarkent tumanida g’azovotga Ili orti volost’ boshqaruvchilari ham qo`shilib ketganini Sibir’ harbiy okrugi shtab boshlig’i Zarubaev 1898 yil 28 iyunda ma’lum qilgan. Farg’ona viloyati shimolida Eshonning safdoshlari Chibil bo`lis va Shodibeklar harakatni davom ettirdilar. Susamir viloyatidagi erlilar Shodibek boshchiligida g’azovot e’lon qilishdi. General-gubernator 1898 yil 5 avgustdagi raportida «so`nggi g’alayonlarda» Andijon va Marg’ilon shaharlari «eng ashaddiy» g’azovotchilarni etishtirib berganini yozgan. General-gubernator Mingtepa, Asaka, Quva, Shaxrixon, Aravon, Yakkatut, Yozyovon, Buloqboshi, Ko`gart, Susamir, Kengko`l-Qoraqir volostlari qo`zg’olonchilar «uyasi» ekanini xabar qiladi. Jazo ekspedisiyasi boshlig’i Korol’kov o`z hisobotida Eshondan keyin qo`zg’olonning eng zo`r etakchilari sifatida 14 kishining nomini keltiradi. Muhammad Ali (Eshon) Andijondagi Yangi shahar hibsxonasiga qamalgandan keyin o`zbek, qirg’iz, qipchoq, qoraqalpoqlar «eshonga qarashli yordamchilar» deb o`ldirildi. Mustamlakachilar Andijon shahri va tumani fuqarolarini eshon bilan «tili» bir deb, xavfsiraganlar. Rus mustamlakachilari Andijondagi qo`zg’olon bahonasida qatag’on uyushtirib, eshon va uning yaqin qarindoshlarini qatl etishi intiqomdan bir ko`rinish edi. Rus amaldorlari Muhammad Ali siymosida faqat qo`zg’olonchilar raxbarini emas, balki o`zlari uchun xavfli islom ulamosini ko`rdilar. Muhammad Ali va uning safdoshlari 1898 yil 25 iyunda YAngi shahar Tuproqqo`rg’oni oldida qatl qilindi. Qo`zg’olon xarakteriga ko`ra milliy-ozodlik ko`rinishida yuz berishining sababi, chunki bu qo`zg’olonning asosiy kuchi xalq ommasi edi. Qo`zg’olonchilar toptalgan haq-huquqlari, dinu diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordilar. Eshonning jiyani, Qo`qon xoni taxtiga mo`ljallangan 14 yoshli Abdulaziz Andijon turmasiga solinganini 1898 yil 3 iyunda Korol’kov xabar qiladi. Muhammad Ali hibsga olingach, uni tasdiqlagan guvohlardan biri Mirza Ma’sud 287 edi. Eshonni tergov qilganda mirzaboshi Mulla Ismoil qatnashgan. Harbiy sud raisi va Eshonning gaplarini uezd (tuman) mahkamasining tarjimoni Eshmuxammad to`ra Toshmuxammedov tarjima qilib turgan. Rus mustamlakachilari 1898 yil Turkiyaning Yunoniston ustidan qozongan g’alabasini qutlayotgan musulmon olamida o`ziga xos diniy intiqom olish uchun ham Andijon qo`zg’oloni bahonasida Eshon va uning maslakdoshlarini qatl etish marosimi bu intiqomdan bir ko`rinish bo`ldi. Muhammad Ali «Ibrat ul-g’ofilin» (G’ofillar uchun ibratlar) nomli asar yozgan. Mustamlakachilar 1898 yil 12 iyundagi qo`zg’olonchilar qatlida maktab bolalarining ham qatnashuvi majburiy ekanligi uqtirilgan alohida buyruq e’lon qildilar. Yosh bolalar ko`p yillar Rusiya podshohining siyosatini aytib yuradilar, degan gubernator Chaykovskiy. Qatl fojeasini ko`rgan bolalrdan biri Fozilbek Otabek o`g’li keyinchalik 1927 yil «Dukchi Eshon voqeasi» kitobini nashr qilgan. Andijondan tashqari Marg’ilon, O`sh va Namangan qo`zg’olonchilari tergov qilinib, qatl va Sibirga surgun qilindi. Korol’kov Eshon va uning muridlaridan olingan intiqom etarli emasligini ta’kidlab Mingtepadan Andijongacha bo`lgan aholini imperiyaning ichkari hududlariga surgun qilishni taklif qildi. Mingtepa qishlog’i er bilan yakson qilinib, rus mujiklari uchun 450 xonalik posyolka qurish uchun mahalliy aholi mardikor sifatida jalb qilindi. Xo`qanddagi Avg’on bog’ degan ziroat tajribagoxidagi agronomni 18 mayda qo`zg’olonchilar o`ldirgani uchun 500 xonadonning imorat va bog’lari tekislab tashlandi. Andijonning Xo`qand qishlog’ida «Duxovskiy maydoni» deyilgan rus posyolkasi barpo bo`ldi, o`zbeklar uni «Vayrona-vayrona» degan. «Yarim podsho» 400 ta rus xonadoniga Mingtepa qishlog’ini «Marhamat» qildik degani uchun Mingtepa Marhamat deyildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling