Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Toshkent va Andijon qo`zg’oloni


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
4-§. Toshkent va Andijon qo`zg’oloni 
«Vabo isyoni» (Toshkent voqeasi). Qobul va Hirotda vabo tarqalib 1892 
yil iyunda Toshkentga etib keldi. Vabo bilan og’riganlarni ruslar yo`qotar emish 
degan mish-mishlar xalqda vahima tug’dirdi. Toshkentdagi 12 ta qabriston yopilib, 
shahardan uzoqda 1 ta qabriston ochildi. Norozilik boshlanishi bahonasida Eski 
shahar oqsoqoli Inog’omxo`ja Umriyoxo`jaev o`rniga poraxo`r Muxammad Yoqub 
tayinlandi.
Muxammad Yoqub pora olish maqsadida boshqa kasallikdan o`lganlarni 
ham vabo uchun ochilagn qabristonga ko`mishni buyurishi qo`zg’olon 


282 
boshlanishiga sabab bo`ldi. Pristav yashirincha ko`milganlar go`ridan qazib 
olinishini ma’lum qilib, ularni ko`mganlar 1892 yil 24 iyunda hibsga olingach, 
qo`zg’olonchilar hokim to`ra Putinsev, oqsoqol M.Yoqub va mirshablarni 
do`pposladi.
«Ayb o`zimizda «sart»larning fe’lini o`rganmayapmiz. Ayb faqat vaboda 
emas, noroziliklar qo`zg’olonga aylandi» - deb aytgan N.P.Ostroumov 1892 yil 29 
iyulda yozgan maktubida. «Bir chekkasi-ruslar zulmi, bir chekkasi-kambag’allik, 
va o`lat aholining tinkasini quritib, nihoyat, xalq ko`tarildi. Mashhur «Toshotar 
voqeasi portladi» - deb ta’riflagan edi akademik shoir G’.G’ulom. Rus 
mustamlakachilari ziyoli-ma’rifatparvar-millatparvarlarni ham qatag’on qildilar. 
Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N.I.Grodekov 1892 yil 1 iyulda general-
gubernatorga yuborgan axborotida 24 iyun’ voqealari rahbarlari deb shahar 
oqsoqoli I.Umriyoxo`jaev, Shayxontohur qozisi Sharifxo`ja, Beshyog’ochlik 
B.Xolmuxamedov, B.Dadajonboevlarni aytgan, ular 24 iyunda qamoqqa olingan. 
Inog’omxo`ja Umriyoxo`jaev (1833-1896) asli qo`qonlik savdogar, Shayxontohur, 
keyin Toshkent shahar bosh oqsoqoli, turmada vafot etgan. Sharifxo`ja 
Poshshaxo`ja (1814-1904) Toshkentda qozikalon, Vobkentda qozi, Xoja Ahror 
madrasasida mudarris, Shayxontohur qozisi, rus-tuzem maktabida faxriy nozir 
bo`lib ishlagan, surgun qilingan. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling