Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ozodlik harakatlari boshlanishi. Mingtepada chorizmning siyosiy va 
iqtisodiy zulmiga qarshi 1878 yil Etimxon boshchiligida g’alayon ko`tarildi. 1879 
yil kuzda (570 kishi) g’alayonchilar Farg’ona viloyat boshqarmasiga kelib, 
Marg’ilon uezdida soliqni kamaytirishni talab qildilar. Komissiya qo`zg’olon 
sababi viloyatda paxta ekishning avj oldirilishi natijasida boshqa ekinlar keskin 
kamayganligida, deb ma’lum qiladi. Xo`jand va O`ratepada Raxmonqulihoji va 
Mirkarimboy boshchiligida namoyish bo`lishiga sabab uezd boshlig’i Putinsev 
1880 yil noyabrda qo`shimcha er solig’i e’lon qilishi edi. Talovchilik, soliq va 


280 
zulmning avj olishi sababli Namangan aholisi 1882 yil boshlarida ma’murlarga 
qarshi bosh ko`tardi.
Aholi 1882 yil O`shda, 1883 yil Chustda ma’murlarga qarshi bosh ko`tardi. 
Farg’ona vodiysida 1885 yil yozida qo`zg’olon yana avj olib ketdi. Kurash usullari 
o`zgardi, boylar va volost hokimlarining qo`rg’onlariga o`t qo`yib, hujum 
uyushtirdilar. «Qo`zg’olonning asosiy sababi o`rinsiz soliqlarga qarshi aholining 
noroziligidir» - deb aytgan edi Farg’ona viloyat prokurori Medinskiy. Andijon 
uezdining Qo`rg’ontepa volostida Darveshxon harakati tor-mor qilinib
yordamchisi Mo`minboy dorga osildi.
Oqsoqollar, ellikboshilar va mingboshilar saylovi g’alayonga aylandi: 1890 
yil yanvarda Namangan uezdi Kapa volostining Qumqo`rg’on jamoasi; 1893 yil 
fevralda Qo`qon volosti Qashqar va Niyoz qishloqlari, Omoncho`ri jamoasi; 1893 
yil Namangan uezdining Oqsuv-Shaxrixon volostidagi Naymanchi, Ko`hna Mozor, 
Langarbob, Saroy qishloqlarida; 1895-1896 yy. Kengko`l-Qoraqir, Olmos, 
Sariqsuv, Oqsuv-Shaxrixon volostlarida g’alayonlar bo`ldi.
Mustamlakachilar keyinchalik rus va mahalliy qishloqlarni birlashtirib
uning rahbarlarini rus volost’ starshinalaridan qo`ya boshladi. General-gubernator 
mahkamasi maxsus bo`limi boshlig’ining fikri «to`polon va isyonga moyil» 
Farg’ona aholisiga harbiy sud o`lim jazosini oshkoro ijro etishi yagona vosita 
sifatida qabul qilindi. 1892 yildan rus mustamlakachilari oddiy fuqarolarni 
ma’murlarga qarshilik ko`rsatgan taqdirda dala sudiga berishi va qatl qilishiga 
ruxsat etildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling