Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. XIX asr oxirida Turkistonda ozodlik harakati


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
3-§. XIX asr oxirida Turkistonda ozodlik harakati. 
Milliy-ozodlik harakatlari boshlanishi va sabablari 
Mustamlakachilik zulmi kuchayishi. Rossiya Turkistonni bosib olgach
buyuk rus davlatchilik g’oyasini amalga oshirishda milliy davlatchilik tuyg’ularini 
so`ndirishni asosiy vazifa deb hisoblaydi. Rus davlatchilik g’oyasining xunuk 
oqibatlari haqida professor N.I.Veselovskiy «hukmronligimizga qarshi g’alayonlar 
ro`y bersa, ajablanishga o`rin yo`q» - degan edi. Ruslarning o`zga xalqlarni 
ruslashtirish siyosatining bosh yo`nalishi haqida mojar (venger) sayyohi Xerman 
Vamberi «ruslarning bunday ko`payishi ko`p tug’ilishdan emas, aksincha bosib 
olgan o`lkalardagi aholini tezkor ruslashtira olishlari bilan izohlanadi» - degan edi. 
Ruslar O`rta Osiyoni o`zlashtirish maqsadida aholi ro`yxatini olishga kirishdilar.
O`lkani taftish qilgan maxfiy maslahatchi Girs Turkiston aholisini armiyaga 
butkul chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. 6 yilda harbiy bilimni egallagan 
turkistonliklar okrugdagi qo`shinlar sonidan ortib ketadi, buning o`rniga harbiy 
soliq solish maqsadga muvafiq, deydi u. Girs 1882-1884 yy. o`lka aholisini 
o`rganib «xalqda rus hokimiyatiga qarshi qo`zg’olon ko`tarish befoyda va 
halokatli, degan tushuncha chuqur ildiz otgan» - degan xulosaga keladi. «Ilgari 
Turkistonda askarlikka havas bo`lar edi, hozir askarlikdan ozod etilgach shijoatlari 
so`nib, bo`shashib ketdilar» - deb, yozgan edi Ahmad Zaki Validiy.
XIX asr 80-yillar oxiri va 90-yillarda xalq turmush tarzi keskin pasayishi va 
er-mulk boylar va katta savdogarlar qo`lida to`plana borishi savdo-sudxurlik 
kapitali mavqeining kuchayishiga, kam erli va yarim qaram dehqonlar hamda 
chorikorlarning ko`payishiga sabab bo`ldi. XIX asrning 80-yillaridan boshlab 
Moskva va Lodz’ firmalari Bol’shaya Yaroslavskaya manufakturasi bo`limlari, 
aka-ukalar Kraft va Shlesberg savdoxonalarining bo`limlari, Poznan’ qog’oz 
manufakturasi jamiyatlari bo`limlari Farg’ona paxtasini sotib olishni keng yo`lga 
qo`ydilar.


279 
Davlat banki yiliga xususiy banklar va paxtachilik firmalariga 5,5% hisobida 
kredit berib turardi. Ekspluatatorlar dehqonlarni itoatda tutish va boylik 
to`plashning eng maqbul yo`li deb dehqonlarni qarzdor qilib ushlab turishni 
bildilar. Dehqonlar qarz va nasiyalar tufayli erdan mahrum bo`lib, erni sotishga 
majbur bo`ldilar. Firma va savdo birlashmalari bergan qarz evaziga dehqonlar 
hosilning yarimidan ko`pini berishga majbur bo`lardi. Qarzdor dehqonlar Farg’ona 
vodiysi aholisining 60 % ni tashkil qilardi 
Paxta maydonlarining ayrim kishilar qo`lida to`planishi va paxtachilikka 
ruju qo`yilishi oziq-ovqat ekinlari qisqarib, ocharchilik xavfi paydo bo`lishiga 
sabab bo`ldi. Rossiya sanoati ishlab chiqargan uy-ro`zg’or buyumlari, ayniqsa 
to`qimachilik mahsulotlari bilan O`rta Osiyo bozorlarining to`ldirilishi natijasida 
hunarmandchilik turlari inqirozga uchradi, qashshoqlar yana ko`paydi. Rasmiy 
soliqlardan tashqari volost’ boshqaruvchilari, mirzalar, jamoa oqsoqollari, miroblar 
uchun «jamoa yig’imlari» ko`payib ketdi. Soliq undiruvchi soliqlarni o`z vaqtida 
to`lamaganlarning mol-mulkini sotib yuborish, o`zlarini qamab qo`yishga haqli 
edi.
Ijtimoiy va milliy mustamlaka zulm natijasida boshlangan qo`zg’olonlarning 
harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarman-kosiblari, kambag’allar 
bo`ldi. Xalq norozilik harakatida yana vatanparvar ruhoniylar, boy zamindorlar 
ham ishtirok etdilar. «Turkning butun tarixi davomida irqiy xususiyatlaridan biri 
askar bo`lib kelganligi, intizomsevarligidir» - deb yozgan edi Axmad Zaki Validiy.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling