Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Temir yo`l qurish. Rossiya katta hududni saqlab qolish, ozodlik kurashini 
bostirish hamda jangovor kuchlarni etkazish uchun Turkistonda temir yo`l 
qurishga kirishdi. Rossiya Turkistonda temir yo`l qurishdan ko`zlagan maqsad va 
vazifalari: 1) harbiy maqsadni ko`zlagan edi; 2) Chegaralar bo`ylab mudofaa 
inshootlari qurish vazifasi turardi; 3) boyliklarni tashlab ketish zaruratidan iborat 
edi.


277 
Dastlabki poezdlar harakati 1880 yil sentyabrda Mixaylova postidan 
Mullaqorgacha bo`lgan 26 km. temir yo`lda boshlandi. Mixaylova postidan Qizil 
Arvotgacha - 232 km. yo`l bo`yicha qatnov 1881 yil 20 sentyabrda ishga tushdi. 
Temir yo`l yana 1885 yil Axshobodga, 1886 yil Marv, Chorjuy va Amudaryogacha 
borib etdi va Qoraqum orqali Samarqandga tutashdi. 1898 yil Marv-Kushka, 1899 
yil Farg’ona-Toshkent temir yo`li qurildi. Toshkent-Orenburg temir yo`li 1900-
1906 yy. qurildi. Orenburgga 2, Moskvaga 4 sutkada boriladigan bo`ldi. 1915 yil 
Buxoro-Qarshi, Termez-Qarshi, Shahrisabz-Kitob temir yo`li qurilgan. O`rta 
Osiyoda strategik yo`nalishlarda temir yo`l qurish tugallandi. 
Temir yo`l ijobiy hodisa bo`lsada, xalqning ahvoli o`zgarmadi; boylikni 
talon-taroj qilishga imkon berdi; paxtachilik tumanlari Rossiyadagi to`qimachilik 
markazlari bilan bog’landi; paxtaning hammasi temir yo`lda tashiladigan bo`ldi. 
Kazalinsk va Orenburg orqali o`tuvchi ilgarigi karvon yo`li ahamiyatini yo`qotdi. 
Farg’ona vodiysiga minglab kelgindi mujiklar joylashtirildi.
«Siyosiy-harbiy 
sababga 
ko`ra» 
Kaspiyorti 
viloyati 
boshlig’i 
A.N.Kuropatkin mahalliy ishchilarni ruslar bilan almashtirishni talab qildi. U 
Harbiy Vazir bo`lgach (1898-1903) temir yo`ldan «g’ayriddinlarni bo`shatdi» va 
«saralab» ishga oldi. 1899 yildan turkistonliklarni gen. gubernator ruxsati bilan 
temir yo`lga olishga ko`rsatma berildi. Temir yo`lda ishlagan D.Manjara «mahalliy 
ishchilar soni O`rta Osiyo temir yo`lida 15% dan oshganini» - yozgan.
Temir yo`l Rossiya uchun ruslashtirish jarayonini tezlashtirdi, Turkistonda 
Rossiyaga xizmat qiluvchi sanoat korxonalarining paydo bo`lishiga turtki bo`ldi. 
Dastlab, paxtani dastlabki qayta ishlash bilan bog’liq sanoat korxonalari tashkil 
etildi. Paxta tozalash zavodlaridan so`ng yog’, choy qadoqlash, aroq-vino 
tayyorlovchi korxonalar ham ishga tushdi. 1867-1900 yy. 175 ta sanoat korxonalari 
ishga tushirildi, barchasi paxta tozalash zavodlari edi. Yalpi sanoatining 80% 
paxtani dastlabki ishlash sohasiga to`g’ri keldi. 
Tayanch so`zlar: temir yo`l, Kazalinsk,
Qizil Arvot,
Avliyoota, rus qishlog’i, 
agrar, zavod. 


278 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling