Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ma’muriy-polisiya boshqaruvi. Andijon qo`zg’olonidan keyin Korol’kov 
ruslashtirishning tezkor usulini ishlab chiqdi. Bunga ko`ra madrasalarda rus tilini 
o`qitish, rus tiliga davlat tili maqomini berish, mahalliy amaldorlar 5 yil ichida rus 
tilini o`rganishi, 15 yildan keyin faqat ruschani biladiganlarni yuzboshi, qozi, 
oqsoqol lavozimiga tayinlash taklifini aytdi.


288 
Turkiston general-gubernatori Duxovskiy 1898 yil 6 noyabrda harbiy 
gubernatorlarga ko`rsatma berib, mahalliy ma’muriyat rus amaldorlari bilan 
yozishmalarda rus tili davlat tili sifatida e’lon qilinishini bildirishni va bu tadbir 
muhokamadan o`tguncha oqsoqollar va mingboshilar idoralariga rus mirzalari 
tayinlanishini aytdi. Ruschani o`zlashtirgan musulmonlardan barcha sohalarda 
keng foydalanish fikrini Turkiston general gubernatori yordamchisi N.Ivanov 
Toshkentdagi erlar gimnaziyasida, 1899 yil shahar jamoatchilik yig’inida ochiq 
aytdi. 
Rus shovinistlari Andijon qo`zg’oloni bahonasida o`zlarining dillaridagi eng 
mudhish niyatlarini endi oshkora amalga oshira boshlashdi. Korol’kov imperatorga 
taqdim etgan erli aholi turmushiga ma’naviy-ruhiy ta’sir o`tkazish dasturida o`lka 
xotin-qizlarini va bolalarni ruscha hayot tarziga o`rgatish alohida o`rin egallagan. 
U o`z dasturida o`lkada xotin-qizlar ambulatoriyalarini ko`paytirishni, Rossiyadagi 
ayollar monastirlarini Turkiston ayollariga «pravoslav rus qarashlarini singdirish 
uchun» xizmatga jalb etishni taklif qildi.
O`lkaning nufuzli amaldori, sharqshunos V.P.Nalivkin «Ma’muriy beboshlik 
hech qaerda 90-yillar oxiri va 1900 yillarda Andijon nohiyasidagidek keng avj 
olmagan edi» - deb aytgan. Ma’muriy beboshlikka o`lka boshlig’i Duxovskiyning 
o`zi bosh bo`lgan edi. Duxovskiy Andijonga kelganda Eski shahar aholisini non-
tuzini qabul qilmay bir to`p hind va yahudiylarning non-tuzini qabul qilib, ularga 
«sizlar hozircha menga sartlardan ko`ra yaqinroqsizlar», deb aytadi.
Korol’kov ishlab chiqqan dasturni general-gubernator Duxovskiy yangi 
fikrlar bilan yanada kuchaytiruvchi hujjat tayyorlab Rossiyaga jo`natdi. 
Duxovskiyning dasturida musulmonlarga yahudiylarga nisbatan o`rnatilganga 
o`xshash munosabatlarni joriy qilish va musulmon maktablariga yahudiylar 
haqidagi 1893 yil 1 mart qonunini qo`llash taklifi bildirildi. Dasturda takliflarning 
umumiy asosini belgilab, «nodon osiyoliklar uchun islom kuchli ta’sir qilishini» va 
bu ta’sir uzoq davom etishini ta’kidladi.
Kolrol’kov va Duxovskiy rejalari bo`yicha: mustamlaka apparati 
kengaytirilib harbiy va mirshablik mansablari ko`paytirildi; general-gubernator 


289 
yordamchisi (1900), bosh boshqarma diplomatik maslahatchisi (1899) lavozimlari 
joriy etildi; harbiy gubernatorlar maoshi yiliga 10 ming so`mga oshirildi; jabha 
(uchastka) pristavlari soni yana 49 kishiga ko`paytirildi; general-gubernator 
mahkamasi xarajatlari uchun qo`shimcha 10 ming so`m, o`lka boshlig’i maoshi 
oshirildi; sud prokuror va harbiy sudlarga katta huquqlar berildi.
1886 yilgi «Nizom»ga o`zgartishlar kiritilib, Turkiston general-
gubernatorligi «Ma’muriy-polisiya boshqaruvi» deb o`zgartirildi. Bunga 90-
yillardagi xalq harakatlari, xususan Andijon qo`zg’oloni sabab bo`ldi. Peterburg 
Harbiy Vazirligi o`lkada «harbiy-polisiya boshqaruvi»ni tikladi. 
Tayanch so`zlar: “Vabo isyoni”, Inog’omxo`ja Umriyoxo`jaev, 
Muxammad Yoqub, Muhammad Ali – Dukchi eshon, Nalivkin, Kolrol’kov, 
Duxovskiy. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling