Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

1916 yil qo`zg’oloni. Rus imperatori Nikolay II ning 1916 yil 25 iyun 
farmoni «front orqasidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazda 19 
yoshdan 43 yoshgacha bo`lgan erkaklarni safarbar qilish» ni ko`zlagan edi. 
Farmonni bunday tarzda Turkistonga tadbiq etib bo`lmasligini sobiq harbiy vazir 
A.N.Kuropatkin va general Frolov tushungan edi. Farg’ona viloyati mardikor 
yuborish bo`yicha ancha engil majburiyat oldi, har 5 xonadondan 1 mardikor 
beradigan bo`ldi. Farg’onadan ko`p mardikor olish paxta tolasining kamayishiga 
va ustama foydaning pasayishiga zarar ko`rsatar edi.
1916 yil 2 iyulda Toshkentda o`tgan Oliy amaldorlar kengashida paxta 
yakkahokimligi o`z kuchini ko`rsatib, zarur ishchi kuchi miqdorinini saqlab qolish 
masalasi birinchi o`ringa chiqarildi. Mardikorlikka olish tartibi paxtachilik ekin 
maydonlarining 50 % ni tashkil qilgan rayonlarda belgilangan mardikorlarning 1/6 
qismi, 25 % ni tashkil etgan joylarda 50 % olinadigan bo`ldi. Mardikorlar 


306 
ro`yxatini tuzishda quyi ma’muriyatning o`zboshimchaligi uchun Farg’ona viloyat 
harbiy gubernatori Gippius vazifasidan chetlatildi.
Qo`zg’alon shohidi Masharif Husaynov xotiralarida 1916 yil qo`zg’alon 
tilga olinadi. Rus hokimiyati vakillarining noqobilligini o`lkada 40 yil yashab 
Samarqand harbiy gubernatori bo`lgan N.Likoshin ta’riflagan. Farg’onada 10 yil 
gubernator bo`lgan bosh shtab general-leytenanti A.Gippiusning «xalq ishonchini 
qozonish» va «podsho amrini tinch yo`l bilan bajarish» uchun qilgan barcha 
harakatlari zoe ketdi. U general-gubernatorga podsho farmonini Farg’onada qo`llab 
bo`lmasligini yozadi. Markaz Gippiusni farmonni buzishda va musulmonlarga yon 
bosishda ayblab vazifasidan bo`shatgach, uning o`rniga shovinist polkovnik 
P.Ivanov qo`yildi.
1916 yil yozidagi podshoning mardikor olish haqidagi farmoni xalqning 
noroziligini kuchaytirib yubordi. 4 iyulda Xo`jand shahrida va Samarqand uezdida 
norozilik namoyishlari boshlandi. Toshkent shahrida 11 iyulda g’alayon boshlandi. 
Toshkent qo`zg’olonini jazo qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Saviskiy va 
general Galkin bostirdi. Noroziliklar Rossiyaning asosiy paxtakor rayoniga 
aylantirilgan Farg’ona vodiysida tobora kuchaya boshladi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling