Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paxta yakkahokimligi boshlanishi
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli Ijtimoiy-siyosiy ahvol. Xiva xonligini ruslar bosib olgach (1873) Amudaryoning o`ng tomonidagi erlar (76000 kv.km.) Rossiya tarkibiy qismiga kiritilib, Turkiston general-gubernatorligi tomonidan idora etildi. Bu erda Rossiya tartiblarini joriy etish uchun Amudaryo bo`limi tashkil etildi, uning markazi Petro- Aleksandrovsk shahri qurilib, ma’muriyati Xiva xonligining faoliyatini ham nazorat qilib borar edi. Amudaryo bo`limi rasman 1874 yil tashkil etilgan bo`lib, Nukus va Chimboy pristavliklaridan iborat edi. Amudaryo bo`limi boshlig’i Sirdaryo viloyati harbiy gubernatoriga bo`ysunuvchi tumanboshi hisoblanib, boshqa tumanboshilarga nisbatan ancha keng huquqlarga ega bo`lib, u Turkiston general-gubernatorining Xiva xoni huzuridagi muxtor vakili ham hisoblangan. Rossiya tomonidan 1873 yil Xiva xonligiga 2200 ming so`m jarima solingan. Imperatorga sadoqatli xizmatlari uchun Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruzshoh) rus hukumati tomonidan «zoti oliylari» maqomiga ko`tarilib, general-mayor unvoniga ega bo`lgan. Xiva xonligi xuddi Buxoro kabi Rossiyaning boj tizimiga o`tkazilib, pul islohati amalga oshirilgandan so`ng imperiyaning iqtisodiy tizimiga to`la qaram bo`lib qoldi. Rahimxon II ma’rifatparvar va donish hukmdor sifatida milliy pul qadrini rubl bilan teng ushlab qolishga urindi, aholi sonini kamaytirib ko`rsatib Rossiyaga to`lanadigan tovonning yillik miqdorini oshirishga imkon bermadi. Bu uning xalqparvarligini, nozik siyosatchi bo`lganligi va dushmanni chalg’itganligini ko`rsatadi. 312 Paxta yakkahokimligi boshlanishi. Xivaning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari Xiva – Orenburg, Mang’ishloq - Krasnovodsk karvon yo`llari orqali olib borilar edi. Xiva Rossiya bilan temir yo`llar orqali tutashmagan davrda karvon va suv yo`li (Amudaryo) transporti muhim ahamiyatga ega edi. Paxta tolasi ortilgan karvon 1869 yil Krasnovodskdan yo`lga chiqdi. Xiva xonligidan Rossiyaga jo`natilgan paxtaning hajmi 1870 y.- 50 ming pud , 1915 y.- 900 ming pudga etdi. Xiva xonligida qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarga Moskva savdo-sanoat aksionerlik jamiyatlari va tijorat banklari bo`limlari asos soldi. Mahsulotlarni karvon bilan tashish murakkabligi tufayli 1910 yildan boshlab Orol kemachiligi (qishdan tashqari) yo`lga qo`yildi. Orol kemachiligi Xiva xonligini Orenburg – Toshkent temir yo`li stansiyalari bilan bog’ladi. Xivadan Rossiyaga asosiy chiqariladigan mahsulot paxta, ipak va qorako`l teri edi. XX asr boshidan sug’oriladigan ekinlarni paxta siqib chiqarishi rus kapitalining Xivaga kirib kelishiga keng yo`l ochib yubordi. Yangi Urganchda Rabenek, Sindel’, Poznanskiyning «Bol’shaya Yaraslavskaya manufaktura» sining filiali, aka-uka Nobel’, Moskva savdo-sanoat jamiyatining mahkamalari, «Kavkaz va Merkuriy», «Umid», «Rossiya transport», «Sharqiy» jamiyatlar bor edi. Savdo-sudxo`rlik ishlarida paxta sotib oluvchilar, tarozidorlar, aravakashlar va paxta zavodi xo`jayinlari katta boylik orttirdilar. Avaz Yoqubov, Polvon Niyoz, Sag’irchi, Muhammad Vafo Yusupov, bosh vazir Islomxo`ja kabi mahalliy burjua- kapitalist vakillar etishib chiqdi. Mahalliy burjua vakillari AQSH va Evropa mamlakatlari bilan savdo ishlarini yo`lga qo`ydilar. Islomxo`ja mahalliy burjua vakillarining nufuzini mustahkamlash uchun yangi tadbirlarni amalga oshirdi. XIX asr oxiridan Amerika paxta navi ekilishi tufayli Xivada miqdor va sifat o`zgarishi bo`ldi. Rus-Osiyo banki yordamida Xiva xonligidan beda urug’i Germaniya va AQSH ga yuborildi. Rus burjuaziyasi katta foyda beruvchi pillachilik sohasiga e’tibor berdi. Petro-Aleksandrovsk shahrida ipak qurti urug’i stansiyasi ochdi. Yangi Urganchda 1889 yil «Bol’shaya Yaraslavskaya manufaktura» shirkati birinchi paxta tozalash zavodini qurdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling