Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Qoraqalpoqlarda soliq va majburiyatlar. Xalq qo`zg’olonlari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq qo`zg’olonlari.
- Ernazarbiy
- Bobo Go`klan
Qoraqalpoqlarda soliq va majburiyatlar. Xalq qo`zg’olonlari
Soliq va majburiyat turlari. Aholidan er solig’i – solg’ut, ruhoniylar foydasiga - ushr solig’i undirilgan. Urush paytlarida qoraqalpoqlar “qozon puli” solig’i to`lagan. Chorvachilik bilan shug’ullanuvchi har bir oila chorva mollarining 1/40 qismini zakot solig’i tariqasida to`lagan. XIX asr ikkinchi yarmidan aholidan pul miqdorida 40 bosh qoramol uchun 9 so`m, 40 bosh qo`y va echki uchun 2 so`m 319 50 tiyin zakot olingan. Majburiyatlardan eng og’iri har oiladan bitta erkak 12 kun Ariq qazishda qatnashishi edi. Urush paytida har bir jamoa 1000-2000 tagacha askar berishi lozim bo`lgan; askar bera olmagan jamoa 180-250 ming so`m pul yig’ib bergan. Xalq qo`zg’olonlari. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1845-1855) hukmronligining oxirlarida Rossiyaning O`rta Osiyoga harbiy tahdidi kuchayib ketdi. Rossiya turkman sardorlari, qoraqalpoq oqsoqol va biylarini Xiva xoniga qarshi qo`yib, xonlikni parokandalikka uchratishga undirdi. Xiva va Buxoro o`rtasida yana hududiy nizolar ham mavjud edi. Xiva xoni mudofaani kuchaytirish uchun soliqlarni oshirdi. Rossiya yana turkiy xalqlarni bir-biriga qarshi qo`yib, urug’ boshliklarini sotib olish siyosatini ham ishga soldi. Bu jaryonlar natijasida 1855 yil qoraqalpoqlarning Qo`ldovli qabilasidan bo`lgan Ernazarbiy boshchiligida qo`zg’olon boshlandi. Qoraqalpoqlar Xiva xonligiga bo`ysunmasligini e’lon qildilar. Ernazarbiy Rossiya ta’sirida bo`lgan qozoq urug’i boshlig’i Zariqni xon qilish va Rossiya tobeligiga o`tishga intilardi. Said Muhammad 1856 yil Xiva xoni bo`lgach Ernazarbiy qo`zg’olonini bostirish uchun yasavulboshi Muhammadniyozni yubordi. Ernazarbiy o`zi qurdirgan Qozoqdaryo qo`rg’onida mudofaa jangiga tayyorlandi. Xivaning katta qo`shini qamal qilganini ko`rgan qo`zg’olonchilar orasida o`zaro kelishmovchilik chiqib, Ernazarbiy otib tashlanadi. Ernazarbiyni qo`llagan guruh, ruslar 1853 yil bosib olgan Oqmachit qal’asidan panoh topdi va Rossiya fuqaroligiga o`tishni so`rab murojaat qildilar. Ayrim qaroqalpoq oqsoqol yoki biylarining murojaatini Rossiya tashqi ishlar va harbiy vazirliklari “Rossiyaga butun turkiy qabilalar o`zlarini qo`shib olishni so`rab murojaat qilayotirlar, ular na Xiva, na Qo`qon xonlari tarkibida bo`lishni istamayapti” degan bahona bilan oqlashga urindi. Qoraqalpoq urug’laridan ayrimlari 1858-1859 yy. yana qo`zg’olon ko`tardi. Qo`ng’irot shahri qo`zg’olon markaziga aylandi. Xiva xoni qo`zg’olonchilarni tor-mor qilishni turkman jangovor kuchlari boshlig’i Otamurodxonga topshirdi, qo`zg’olon bostirildi, Qo`ng’irot shahri vayron etildi. 320 Rossiya tomonidan Xiva xonligi protektoratga aylantirilgach Amudaryo bo`limidagi qoraqalpoqlarga nisbatan zulm kuchaydi. Ruslarga qarshi xalq qo`zg’oloni Biybozor va Nukus volostida Bobo Go`klan boshchiligida jiddiy tus oldi, qo`zg’olon 10 yilcha (1881-1891) davom etdi. Dehqonlarning ahvoli og’irlashgach 1900 yil Nukus volosti va Qo`ng’irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling