Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Arxeologiya jamiyatiga qabul qilingan toshkentlik savdogar Akrom 
Asqarovning tangashunoslik sohasidagi faoliyati Rus arxeologiya jamiyati 
tomonidan kumush nishon bilan taqdirlanib, Fransiya Arxeologiya jamiyatiga a’zo 
qilib saylandi. Shayboniyxon madrasasi mudarrisi Abu Said Maxsum qadimgi 
buyumlar havasmandi bo`lgan. N.Veselovskiy ta’kidlashicha u «musulmon 
adabiyotida eng o`qimishli kishilardan biri» bo`lgan. U Go`ri Amir, Shohi Zinda 
kabi yodgorliklarda saqlanib qolgan va o`qish qiyin bo`lgan yozuvlardan nusxa 
olishni sinab ko`rdi. Abu Said Maxsum Ulug’bek rasadxonasining aniq o`rnini 
olim Vyatkinga ko`rsatdi.
Ettisuvda arxeologiyaga oid narsalarni 16 yil to`plagan Turdi Mirg’iyosov 
A.Divaevga irrigasiya ishlari olib borilayotgan To`qmoq rayoni chekkasida 
qadimgi shahar vayronalari borligini xabar qilgan.


330 
Savdogar Mirza Abdulla Buxoriy 1878 yil Toshkentdagi va 1886 yil 
Turkiston ko`rgazmasida ishtirok etib, noyob kiyimlar to`plamini taqdim etadi. 
Savdogarlar Mirza Abdulla va Muhammad Shokir «Ipak buyumlar ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirgani» 
uchun 
oltin 
nishonga 
sazovor 
bo`ldi. 
N.Veselovskiy Mirza Abdulla bilan tanishib, undan noyob buyumlarni sotib olgan. 
M.Abdulla o`z tashabbusi bilan Moskva va Peterburgga sayohat qilgan: Kreml va 
Tret’yakov galereyasini ko`rdi, olimlar bilan uchrashdi. Imperator arxeologiya 
komissiyasi M.Abdulloning kolleksiyasini ko`rish uchun Turkiston general-
gubernatori G.Rozenbax orqali murojaat qildi.
Rus sharqshunos olimi va tarixchi N.Veselovskiyning (1846-1918) «Biz 
osiyoliklarga madaniyat, tinchlik berdik deb o`zimizni ovutamiz, ammo bulardan 
ham yuksak bir oliy tuyg’u borki, bu-millat va uning milliy iftixoridir» – degan 
iqrori ruslashtirish siyosatini ochib tashladi. Turkistonni madaniy-iqtisodiy 
taraqqiyotdan chetda tutib turganligini Turkiston general-gubernatori Kuropatkin 
e’tirof etgan.
Chorizm madaniyat targ’iboti bahonasida Turkistonga shovinistik g’oyasini 
yoydi. General-leytenant Masievskiy «Sharqshunoslik jamiyati Sharqni fan va 
Sharq manfaati uchun emas, balki mahalliy aholini chor Rossiyasiga singdirib 
yuborish, ya’ni ruslashtirish maqsadida o`zlashtirilishi lozim» – deb aytgan. 
Rossiyalik sharqshunoslar to`plagan noyob asarlarni Rossiyaga jo`natmasdan 
Turkiston general-gubernatorlik huzurida 1870 yil ochilgan kutubxonaga 
topshirishi lozim edi.
Osiyo xonliklari qimmatbaho buyumlar makoni ekanligi Rossiyaga Pyotr I 
zamonidayoq ma’lum edi. Rossiya Turkistonni bosib olgach moddiy-ma’naviy 
boyliklarni Rossiyaga jo`natish uchun 1876 yil Toshkentda muzey ochilib, osori-
atiqalar turlarga ajratildi. Qimmatbaho buyumlarni to`plash haqida rus armiyasi 
qismlari uchun ishlab chiqilgan «Tavsiya» - ko`rsatmada tarixiy buyumlarga 
alohida e’tibor berish uqtirildi.
Qo`lga kiritilgan buyumlarni Peterburgga jo`natish general-gubernatorning 
maslahatchisi, sharqshunos A.Kun zimmasiga yuklatildi. 1873 yil Xiva xonligi 


331 
saroy xazinasi osori atiqalari va noyob kitoblar Peterburgga jo`natildi. 1876 yil 
Qo`qon xonligi tugatilib, saroydagi barcha boyliklar tashib ketildi.
San’at darajasidagi naqsh o`ymakorligi namunasi bo`lgan M.Rahimxonning 
(Xiva) taxti 1874 yil Moskvadagi qurol-aslaha palatasiga topshirildi. Rus 
amaldorlarining Xivaga safari 1900 yildan kuchaydi, maqsadi sovg’a ilinjida yurtni 
talash edi. A.Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi 1895 yil Peterburgga olib 
ketildi. Temur maqbarasidagi oyna 1903 yil Nikolay II talabi bilan Peterburgga 
jo`natildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling