Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


partiyasining yashirin chop etilgan «Molot» gazetasi yozgan. «Molot» gazetasidagi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi


partiyasining yashirin chop etilgan «Molot» gazetasi yozgan. «Molot» gazetasidagi 
maqolada «Oq podsho»ni Rus Vatikani, deb atagan. Ikki yil (1905-1907) 
davomida «Russkiy Turkestan», «Turkestanskaya jizn’», «Turkestan», «Vperyod», 
«Rabotnik», «Fergana», «Samarkand», «Novыy Samarkand», «Tashkentskiy 
kur’er» gazetalari yopildi.
Milliy ong va o`zlikni anglashda 2 yil davomida (1914-1915) faoliyat 
ko`rsatgan «Sadoi Turkiston» gazetasining xizmatlari katta bo`ldi. O`zbek milliy 
jurnalistikasi maktabi shakllanib Cho`lpon, Munavvar qori, Behbudiy, Xurshid, 
Miskin, Hamza, Xolid, L.Omiliy, Sh.Sharafiddinov, M.Shermuhammedov, 
M.Muhammadjonov bu maktabda ijod qildi.


328 
Ijtimoiy va tabiiy fanlar. San’at 
Falsafiy-tarixiy fikrlar rivojida XIX asr oxiri XX asr boshlarida falsafiy 
fikrga nisbatan tarixiy ilmlar sohasida siljish ancha kuchli edi. Olim va mutafakkir 
Ahmad Donish (1827-1897) falsafiy va tarixiy fikrlar rivojiga hissa qo`shdi. U 
amir elchisi sifatida Sankt-Peterburgga bir necha bor sayohat qilgan. Donish o`z 
falsafiy qarashlari bilan demokratik va ilg’or jabhani egallab, amir Buxorasida 
xalqchillik asosida davlat boshqaruvini isloh qilish loyihasini ishlab chiqdi. U 
amirlik tarixiga oid «Navodir ul-vaqoe’» (Nodir voqealar), «Amir Doniyoldan to 
Abdulahadgacha bo`lgan Buxoro amirlarining tarjimai ahvoli» risolalarini yozdi.
Buxorolik o`lkashunos tarixchi olim Mirzo Abduazim Somiy Bo`stoniy 
(1833-1914) Buxoro amiri Muzaffarning shaxsiy munshiysi bo`lgan. Amir 
Abdulahad (1885-1910) davrida podsholikka qarshi fikrlari uchun S. Bo`stoniy 
saroydan chetlatilib, nochorlikda umr kechirdi. Somiy «Mir’ot ul-xayol» (Xayol 
ko`zgusi), «Insho», «Tuhfayi shohiy», «Tarixi solotini Mang’itiya» kabi adabiy va 
tarixiy asarlar yozgan. Uning «Tarixi salotini Mang’itiya» asarining muhim tomoni 
unda Buxoro va O`rta Osiyoning Rossiya bosib olishi arafasidagi iqtisodiy-siyosiy 
ahvoli, Buxoro-Rossiya munosabatlari yoritilgan.
Xorazmda uzoq vaqtlardan davom etib kelayotgan an’ana shajaraviy 
tarixnavislikdir. El-ulus o`tmishini keyingi avlodlarga yozib qoldirish an’anasi 
o`lkada «Avesto» dan boshlanadi. Al-Xorazmiy, Beruniy, Muhammad Solih, 
Munis Xorazmiy, Ogahiyning tarix yozish ishini Muhammad Yusuf Bayoniy (1840-
1923) davom qildi. U mustamlakachilik tarixini haqqoniy yozishdek og’ir vazifani 
o`z zimmasiga olib, Xorazm, Turkman hududlarini Eron sarhadlarigacha yayov 
kezib chiqdi. Bayoniy tarix fani – moziy ilmiga ma’rifat va haqiqat chirog’i deb 
qaradi. U 2 ta tarixiy asar yozdi: «Xorazm tarixi» va «Shajarayi Xorazmshohiy». 
Bayoniy Xiva xonligini Rossiya tomonidan bosib olinishini haqqoniy va sodda 
xalq tilida yozgan yirik tarixchi.


329 
Buxoro amirining 1884-1885 yy. Turkiston general-gubernatori huzuridagi 
vakili Mirza Salimbekning ilmiy-tarixiy, o`lkashunoslik faoliyati diqqatga sazovor. 
Buxoroda 1850 yil tug’ilgan M. Salimbek «Kashkuli Salimiy», «Tarixiy Salimiy», 
«Hikoyat Abdulla ibn al Muborak», «Ka’b al-axbor hikoyalari» kabi tarixiy 
risolalar yaratdi.
XIX-asrda tarixnavislik rivojiga mashhur «Samariya» (Samarqand) asarini 
yozgan o`lkashunos tarixchi Abu tohirxoja (1874 y. vafot etgan) katta hissa 
qo`shdi. XIX asrning ikkinchi yarmida tarixchi sifatida tanilgan olim Mulla Olim 
Mahmud hoji manbalarining boyligi bilan ajralib turuvchi qimmatli manba «Tarixi 
Turkiston» asarini yozgan.
Toshkentning «Qor yog’di» mahallasida 1830 yil tug’ilgan (vafot 
noma’lum) tarixchi va geograf Muhammad Solih Rahim Qoraxo`ja o`g’li o`z 
shajarasini Shayx Xovandi Tohurga (XIV asr) borib ulanishi haqida asar yozgan. 
Muhammad Solihning otasini Toshkent ahli ulug’lab «ulamolar nodiri, davr 
muallimi», deb atashgan. M.Solih 1840-1863 yy. Toshkent, Qo`qon va Buxoro 
madrasalarida bilim olib arab va fors tillarini o`rgandi. Solih tabobat bilan 
shug’ullanish bilan birga 25 yil (1863-1888) o`lka tarixini o`rganib tarixiy-
jug’rofiy «Tarix jadidayi Toshkand» (Toshkandning yangi tarixi) asarini yozdi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling