Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’morchilik
Tabiiy fanlar. Rus zoologi va sayyohi, darvinizm tarafdori N.Seversev
(1827-1886) «dunyo tomi» - Pomir tog’ tizimini o`rgandi, zoologiya, botanika, minerallarga doir namunalar to`pladi. Rus geografi P.Semyonov-Tyanshanskiy (1827-1914) Tyanshan’ tog’ tizimi bayonida geografiya bilimlariga asos solib, muzlik va vulqonlar haqida manba to`pladi. Rus tabiatshunosi A.Fedchenko (1844- 1873) Farg’ona vodiysi va Oloyni, Zarafshon vodiysi va Qizilqumni tekshirib chiqdi. Shimoliy Tyanshan’ tizmalarining geologik asoslarini ko`rsatib bergan geolog va geograf I.Mushketov (1850-1902) Turkistonning birinchi mineralogik xaritasini (G.Romanovskiy bilan) va foydali qazilmalar ro`yxatini tuzdi hamda «O`rta Osiyoni o`rganish tarixi» asarini yozdi. V.Dokuchaev O`rta Osiyo tuproqlarining tarkibini o`rganishga ko`p mehnat sarf qildi. Toshkentda 1867 yil meteorologiya stansiyasi va Turkiston xalq kutubxonasi, 1874 yil observatoriya ochildi. 1870 yil tuzilgan Osiyo olimlari jamiyati o`z oldiga O`tra Osiyo tarixi, geografiyasi, etnografiyasi, statistikasi, iqtisodiga oid ma’lumotlarni to`plashni maqsad qilib qo`ydi. Turkistonda hammasi bo`lib 15 ga yaqin ilmiy jamiyatlar ish olib bordi. Me’morchilik. XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Buxoroda Obloqul va Ibrohim Hofizovlar, Mo`minjon Solihov, Shirin Murodov kabi mashhur ustalar etishib chiqdi. Buxoroda XX-asr boshlarida qurilgan Sitorai Mohi Xosa qurilishida G’arb va Sharq me’morchiligi an’analaridan foydalanildi. Mohi Xosadagi maxsus 332 (oq saroy) zalga pardoz berishni Usta Shirin Murodov boshchiligidagi usta va ganchkorlar amalga oshirdi. Buxoro me’morchilik uslubida uylar asosan qo`sh sinchli bo`lib, yozlik uylar, boloxonalar qurilgan. Buxoro va Samarqand binokorligida ganch, yog’och va marmartoshga naqsh o`yib ishlov berish san’ati ommalashgan edi. Qishloq uy- joy qurilishida oilalarning asosiy istiqomat joyi ichki va tashqi hovlidan iborat bo`lgan. Atrofi paxsa devor bilan o`rab olingan qishloq hovlisi qo`rg’on deb atalgan Xorazm me’morchilik maktabining sarkori Odina Muhammad Murod edi. Usta kulol Nurmuhammad, Abdujabbor uning o`g’li So`fimuhammad Niyoz va Abdulla pardoz va naqshinkor parchinlarni joylashtirish ustalaridir. XX asr boshida Asfandiyorxonning bosh vaziri Islom Xo`ja homiyligida qurilgan Islom Xo`ja minorasi Xivaning faxri hisoblanadi. Xivada XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida Qozi kalon madrasasini huquq ilmining O`rta Osiyoda e’tirof qilingan bilimdoni shaxulislom Salimoxun qozi kalon qurdirgan. Salimoxunni Rahimxon II o`ziga Piru ustoz tutgan va u bilan faxrlangan. Turkmanlar sardori Junaidxon Salimoxunning vafotini eshitib 40 kunlik marosimi o`tguncha Xivaga hujumni to`xtatgan. Mulla O`roz Xo`jamuhammedov va Nurmuhammad Boboev Salimoxun qo`lida tahsil olib turkman xalqining siyosiy arboblari bo`lib etishgan. Qo`qon xonligi 1876 yil tugatilgach, rus uslubida binolar qurishga e’tibor kuchaydi. Qo`qonlik ustalar Muhammad Aminxo`ja, Muhammad Muso va uning o`g’illari Isoxon va YUsufali Musaevlar milliy me’morchilik uslublarini saqlab qolishga intildilar. Qo`qon va Toshkentda «Qashqarcha» deb nom olgan yozgi- qishki binolar keng rasm bo`ldi. XIX-asr oxirida qurilgan Andijon jome’ masjidi yuksak me’morchilik namunasi bo`ldi. Evropa me’morchiligiga xos bo`lgan ayrim uslublar Buxoro amirining yozgi saroyi Mohi Xosa va Xiva xoni Rahimxon II ning Nurillaboy saroyi (1904-1912) ko`zga tashlanadi. 333 San’at. O`zbek milliy qo`shiqchiligi XIX asr oxiri - XX asr boshlarida asosan 4 yo`nalishda: Xorazm, Buxoro-Samarqand, Farg’ona-Toshkent, Surxandaryo-Qashqadaryo yo`lida rivojlandi. Surxandaryo-Qashqadaryo yo`li o`zining dostonchiligi bilan farqlanar edi. Buxoro-Samarqand uslubi kasbiy va xalq musiqalariga asoslanib, fol’klorning turli janr va mavzularini o`z ichiga olgan. Buxoro musiqasida mavrigixonlik ham mavjud edi. O`zbek musiqa va qo`shiqchilik san’atini Sharq va Evropaga tanitgan samarqandlik hofiz hoji Abdulaziz Abdurasulov Eron, Afg’oniston, Iroq, Hindiston va Yunonistonda tanilgan edi. Toshkentlik hofiz Mulla To`ychi Toshmuhammedovning (1868 y. tug’ilgan) ovozasi Turkistondan tashqari Sharqiy Turkiston, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Evropa va Amerika qit’alariga tarqalgan edi. To`ychi hofizning ashulalarini yozib olish uchun 1905 yil Riga «Gramofon» jamiyati uni Latviyaga taklif qildi. Chorizm zulmi kuchaygach xalqning dardini ifodalovchi dastalar vujudga keldi. Skobelev (Farg’ona) shahrida 1916 yil Muhiddin Qori Yoqubov milliy musqa sozlari orkestrini tuzdi. Usta Ro`zmat Isaboev Namanganda, Hamza Qo`qonda dasta tashkil qildi. Xorazmshoh Otsiz musiqa nazariyasi amaliyoti bilan chuqur shug’ullangan. SHoh, shoir, tarixchi, musiqashunos va fan-madaniyat homiysi Muhammad Rahimxon II - Feruz Xivani Turonzaminda ikkinchi Hirot madaniy-ma’rifiy muhit darajasiga etkazdi. Maqomlarni kelajak avlodlarga asl holatda etib borishi zarurligini anglagan Feruzshoh 1882 yil maxsus farmon chiqardi. Farmoni oliyda «maqomlarni kamsitganlar va uni buzib ijro etganlar qattiq jazolansin» deyilgan. Dostonchilikning rivojlanishi baxshilar ijodi bilan mutlaq bog’langan. Turkiston general-gubernatori 1870 yil Samara teatrini rus qudratini Turkistonda namoyish etishga undaydi. Rus olimlari N.Mironov, A.Eyxgorn, V.Leysek, N.Karseva, T.Verbovskiy, Yu.Shefferling, V.Mixalek mahalliy san’atni ilmiy o`rgangan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling