Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Sho`royi Islomiya va Sho`royi Ulamo


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Sho`royi Islomiya va Sho`royi Ulamo. Turkistonda 1917 yil boshlarida yuz 
bergan tarixiy o`zgarishlar silsilasida mahalliy vatanparvar va taraqqiyparvar 
kuchlarning bo`lg’usi kurashlar oldidan birlashish sari intilishi ustvor bo`lib bordi. 
Tub aholining ko`pchiligi jadid yo`lboshchilar yo`lidan uyushib bordilar, buning 


338 
uchun obro`li siyosiy tashkilot tuzish zaruriyati tug’ilgandi, shunday tashkilotgina 
bo`lg’usi milliy hokimiyatning vakolatli organi bo`la olardi.
Musulmon aholining vakolatli organi (musulmonlar kengashi) sifatida uning 
irodasini 1917 yil 14 martda Toshkentda jadid arboblari tashabbusi bilan tuzilgan 
Sho`royi Islomiya” tashkiloti ifoda etdi. Rayosat tarkibi 15 kishidan iborat bo`lib, 
yurt rahnamolaridan: Munavvarqori (etakchi), Abduvohidqori, M.Mo`minboev, 
A.Temirbekov, U.Asadullaxo`jaev, S.Tillaxonov o`rin oldi.
Mahalliy aholi orasida o`lkaning turli joylarida tuzilgan “Sho`royi 
Islomiya”ning quyi sho`balari faoliyat yuritdi. “Sho`royi Islomiya” ta’sirida 
joylarda turli nomlarda tashkilotlar vujudga keldi: Toshkentda “Turon”, Ittihodi 
taraqqiy”; Andijonda “Ozod xalq”, “Hurriyat”, “Ma’rifat”; Samarqandda “Mirvaj-
ul Islom”, “Klub Islomiya”, “Musulmon mehnatkashlari ittifoqi”; Kattaqo`rg’onda 
“Ravnaqul Islom”, “Guliston” kabi. Bu tashkilotlar jadidchilik g’oyalarida ish 
yuritib Behbudiyning “Haq olinur, berilmas”, Munavvarqorining “Hurriyat 
berilmas, olinur” shiorlari kurash bayrog’iga aylandi.
“Sho`royi Islomiya” ta’sirida bo`lgan ulomalarning bir qismi qadimchilar 
nomi bilan atalardi. Ular islom ta’limotining murosasiz tarafdorlari sifatida 
muxtoriyat talabiga qarshi chiqqanlar. Qadimchilar 1917 yil iyunda “Sho`royi 
Islomiya” bilan aloqani uzib, bo`linib ketdi. 
Buning asosiy sababi, eng avvalo Turkiston mustaqilligi yo`lida ikki xil 
qarama-qarshi taktik yondashuv chiqishidir. 1) Konservativ, mutaassib ulomachilar 
(Sho`royi Ulamo) Turkiston mustaqilligini faqat mustamlakachilarga qarshi 
g’azovot boshlash, ya’ni qurolli qarshilik ko`rsatish yo`li bilan qo`lga kiritishni 
yoqladilar.
2) Ilg’or ziyolilar – jadidlar Rossiyada yuzaga kelgan qulay sharoitdan, 
siyosiy vositalardan foydalanib, qon to`kmasdan bosqichma-bosqich mustaqillikka 
erishishni yoqladilar. Jadidlarning Rossiya Federasiyasi tarkibidagi Turkiston 
Muxtoriyati talabi ham shu maqsadni ko`zda tutardi. “Sho`royi Ulamo”chilarning 
nashri – “Al-Izoh” jurnalida millatning ilg’or, vatanparvar ziyolilariga nisbatan 
adovat va xusumat qildilar.


339 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling