Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Turkistonda Sovet hokimiyati o`rnatilishi
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovet hokimiyati
- Turkiston Xalq Komissarlari Soveti
Turkistonda Sovet hokimiyati o`rnatilishi
1917 yil Oktyabr voqealari va Turkistonga ta’siri. Rossiyada 1917 yil fevral inqilobi tub o`zgarishlarga olib kelmadi. Muvaqqat burjua hukumati tor manfaatlari tufayli tub masalalarni hal etishga ojizlik qildi. Siyosiy tuzimda o`zgarish bo`lgani holda muhim masalalar: ijtimoiy-iqtisodiy, agrar, milliy, sulh masalalari amalda echilmay qola berdi. Rossiyaning birinchi jahon urushida ishtirokining davom etishi va rus armiyasining mag’lubiyati umumxalq noroziligi va g’azabini tobora kuchaytirmoqda edi. 341 Rossiyaning iqtisodiy va ijtimoiy inqirozi Muvaqqat hukumatning obro`sizlanishiga, xalqdan yakkalanib qolishiga, vaziyatning keskinlashuviga olib kelayotgan edi. Bu vaziyatdan V.I.Lenin boshliq bolsheviklar foydalanib 1917 yil 24-25 oktyabrda Petrogradda davlat to`ntarishi qildi va Muvaqqat hukumatni ag’darib hokimiyatni egalladi. Proletariat diktaturasi nomi bilan atalgan Sovet hokimiyati vujudga keldi. Turkistonni qo`ldan chiqarmaslik uchun bolsheviklar 1917 yil 31 oktyabrdan 1 noyabrga o`tar kechasi Muvaqqat hukumatning Turkiston qo`mitasi qarorgohi joylashgan Tuproqqal’a qo`rg’onini qizil askarlar ishg’ol qildi. Turkistonda sovet hokimiyatining zo`rlik bilan o`rnatilishi. Farg’ona vodiysida sovet hokimiyatini o`rnatish chog’ida Marg’ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 ming, Bozorqo`rg’on va Qo`qonqishloq (Paxtaobod) atrofida 4,5 mingdan ziyod kishi qirg’in qilingan. Sovet hokimiyati hujjat va shiorlarida xalqlarga huquqiy tenglik, o`z taqdirini o`zi belgilash, milliy davlatchilik tuzish va ajralib chiqish kabi yolg’on huquqlar va’da qildi. Oktyabrning “Rossiya xalqlari huquqlari Deklorasiyasi”, “Ezilgan va ekspluatasiya qilinuvchi xalq huquqlari Deklorasiyasi”, “Rossiya va Sharqning mehnatkash musulmonlariga” kabi hujjatlarida xalqlarning ozodlikka erishuvini rasman qo`llab, amalda to`sqinlik qildi. 1917 yil 12-15 noyabrda Toshkentda bo`lgan Turkiston musulmonlari III- qurultoyi qabul qilgan qarorlarda “Hokimiyat mahalliy aholiga begona – harbiy, ishchi, dehqonlar tashkilotlari qo`lida bo`lishi demokratik qoidaga javob bermaydi”- deb aytildi. Bu e’tiroz bolsheviklarga ta’sir etmadi. Bolsheviklar o`z maqsadiga erishish uchun Toshkentda 1917 yil 15-20 noyabrda Turkiston ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovetlarining III-o`lka qurultoyini chaqirdi. Qurultoyda Turkiston musulmonlari vakillari ishtirok eta olmadi. Qurultoyda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti (TXKS) hukumati tuzildi. Bu hukumat bol’shevik (kommunist) F.Kolesov raisligida 7 bolshevik, 8 so`l eser kommunistdan tuzildi. Uning tarkibiga aholining 95 % ini tashkil qilgan mahalliy xalqlar vakili kiritilmadi. 342 Turkiston o`lka Sovetlarining IV qurultoyida (1918, 19 yanvar) xalq komissari, shovinist Uspenskiy “O`rtoq musulmonlar biz katta og’alaringmiz, siz kichiksiz, bizga bo`ysunishingiz kerak” - degan. Sovet etakchilaridan A.Kazakov “Turkistonda 95 % musulmon va 5 % ruslar yashaydi, shu 5 % hokimiyatni ushlab turibdi. Musulmonlar tayyor bo`lgach boshqarishni topshiramiz” - degan. Bunday murakkab vaziyatda Turkistonning mahalliy taraqqiyparvar kuchlari tashabbusni qo`lga olib, bolsheviklar bosh bo`lgan Sovet hokimiyatiga qarshi tura oladigan, demokratik xalq hokimiyatchiligiga asoslangan milliy davtat tuzish yo`lini tutdi. Tayanch so`zlar: “Mahkamai Shariat” (parlament), Qurultoy, “Sho`royi Islomiya”, “Sho`royi Ulamo”, “Turon”, “Ittifoqi Muslimin”. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling