Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Qarshilik harakatining mag’lubiyat sabablari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -§. Xorazm Xalq Sovet Republikasi va Buxoro Xalq Sovet Republikasi tuzilishi. Sovet hokimiyatiga qarshi ozodlik harakatlari
- Isfandiyorxon
- Jo`naidxon
Qarshilik harakatining mag’lubiyat sabablari. Madaminbek “Mening
millatim – mening jon-u dilim” - deb xitob qilgan. Shermuhammadbek “Turkiston 355 – turkistonliklar vatanidir, boshqa hech kim hukmronlik qilishga haqli emas” - degan. Sovet hokimiyatiga qarshi kurash mag’lubiyatga uchrashining asosiy sabablaridan biri - harakat etakchiligining barcha tabaqalarni jipslashtirishga qodir bo`lgan yagona milliy g’oyaga ega emasligidir. Qo`rboshilar siyosiy kurashda toblangan jadid namoyondalarini ham o`zlaridan chetlashtirgan edi. Qo`rboshilar harakati yagona kurash dasturi asosida tashkil etilmagan edi. Sovet mutasaddilari ayyorlik bilan yon berib vodiy aholisini o`z tomoniga ag’darib olish uchun tadbirlar o`tkazdi. Ular 20-yillar boshlarida dehqonlarga er berish, ularni afv etish, soliqlar miqdorini kamaytirish, Madaminbek kabi qo`rboshilar bilan kelishish, o`zaro yon berish kabi tadbirlar bilan ahvolni o`z foydalariga o`zgartirib bordilar. Sovet qo`shinlari tasarrufida 1919 yil avgust oxirida 115376 nafar jangchi, 11112 ta pulemyot, yuzlab to`p va bronepoezdlar, o`nlab samolyotlar mavjud edi. Tayanch so`zlar: Turkiston muxtoriyati, M.Tinishpayev, I.Shoahmedov, A.O`razaev, M.Cho`qaev, U.Xo`jaev, Yu.Agaev, O.Mahmudov, S.Gersfel’d, Turkkomissiya. 2-§. Xorazm Xalq Sovet Republikasi va Buxoro Xalq Sovet Republikasi tuzilishi. Sovet hokimiyatiga qarshi ozodlik harakatlari Yosh xivaliklar uyushmasi XX asr boshlarida vujudga kelib, mustabid tuzumni isloh qilish, xalqning ahvolini yaxshilash, uning manfaatlarini ro`yobga chiqarish uchun kurash olib bordi. 1917 yil fevral inqilobidan keyin Xivada ilg’or demokratik harakatlar avj oldi va Xiva mustaqillikka intildi; demokratik harakatlarga Yosh xivaliklar tashkiloti rahnomalari etakchilik qildi. Rossiyadagi 1917 yil boshidagi o`zgarishlar ta’sirida Yosh xivaliklar faoliyati kuchayib o`z dasturiy vazifalarini belgilab, xonlikdagi siyosiy vaziyatni o`zgartirish va demokratik islohatlarni amalga oshirishga harakat qildi. 356 Yosh xivaliklar rahbarlari tinchlik yo`li bilan, mutlaq monarxiyadan konstitusion monarxiya boshqaruviga o`tishga qaratilgan manifest ishlab chiqdi. Manifestda xonning vakolatlarini cheklash, xalqqa zulm qilgan amaldorlarni jazolash va vazifasidan mahrum etish, iqtisodiyot, ta’lim va madaniyatni isloh qilish talablari aks ettirildi. Xiva xoni Isfandiyorxon 1917 yil 5 aprelda manifestni imzolashga majbur bo`ldi. Xonlikda konstitusion monarxiya tuzumi o`rnatildi. Xon hokimiyati vakolatlarini ma’lum darajada cheklovchi xalq vakilligi boshqaruvi organlari - tarkibi 30-50 kishidan iborat ruhoniylar va savdo-sanoat vakillaridan saylangan Majlis hamda Nozirlar Kengashi tuzildi. Bu vakillik organlari boshqaruviga Yosh xivaliklar tashkiloti rahnomalaridan Bobooxun Salimov - Majlis raisi, Xusayinbek Matmurodov - Nozirlar Kengashi raisi etib saylandi. Xon xazinasi va uni tasarruf qilish ustidan nazorat o`rnatildi. Xon temiryo`l qurish, pochta-telegraf aloqalari o`rnatish, yangi jadid maktablari ochish to`g’risida va’da berdi. Yuqoridan amalga oshirilgan bu o`zgarishlarning vaqtinchalik xarakteri 1917 yil iyuniga kelib ma’lum bo`ldi. Isfandiyorxon Rossiya muvaqqat hukumatining Xivadagi vakili, general Mirbadalov yordamida Matmurodov boshliq Yosh xivaliklar rahbar guruhini qamoqqa oldi. Xivada 1917 yil iyulda Rossiya Muvaqqat hukumatining komissari lavozimi ta’sis etildi. Yosh xivaliklarning xonlik tuzumiga qarshi kurashining 1-bosqichi muvaffaqiyatsiz tugadi. Ular boshqa kuchlar bilan ittifoq tuzmay maqsadga erishib bo`lmasligini tushunib etdi. Xivaning mutaassib rejimini Muvaqqat hukumat o`z himoyasiga olganligi fakti ham Yosh xivaliklar ko`zini ochdi. Yosh xivaliklar bunday vaziyatda xonlik istibdodiga qarshi kurashda yanada sobit bo`lish, o`z tarafdorlarini ko`paytirish, chetdan, avvalo Turkiston demokratik kuchlaridan madad olish va ular bilan aloqa bog’lashga intildi. 1917 yil kuzida Rossiyada yuz bergan oktyabr o`zgarishi va Muvaqqat hukumat o`rniga bolsheviklar hokimiyati o`rnatilishi, Rossiya tasarrufida bo`lgan 357 Xiva xonligidagi voqealarga sezilarli ta’sir qilib, siyosiy ahvoli keskinlashib bordi. Bolsheviklarning Sovetlar hokimiyati Turkistonda, Xivaga chegaradosh bo`lgan Amudaryoning o`ng sohili - Petroaleksandrovsk (To`rtko`l) va uning atroflarida zo`ravonlik bilan o`rnatildi. Sovet Rossiyasi Xivaning davlat mustaqilligini rasman tan olsada, biroq uning ichki ishlariga aralashishni davom ettirdi. Isfandiyorxon yuritgan kaltabin siyosati, ilg’or kuchlarni quvg’in qilishi, Yosh xivaliklarni tor-mor qilishi xonlikni tang ahvolga duchor etdi. Qo`ng’irot, Ko`hna Urganch, Xo`jayli, Taxta, Porsu bekliklarida aholi xonlik tuzumiga qarshi bosh ko`tarib, haddidan oshgan amaldorlardan o`ch oldi. 1918 yil boshida Toshhovuz bekligining kambag’allari beklik mahkamasiga hujum uyushtirilib boy va savdogarlarning mulki, doni tortib olindi. Vaziyatni boshqara olmay qolgan Xon 1918 yil yanvarda o`z raqibi, ancha ta’sirli kuch egasi, turkmanlar sardori Jo`naidxonni Xivaga chaqirib, o`z qo`shiniga bosh qo`mondon (sardori karim) etib tayinlaydi. Junaidxon Asfandiyorxonni qatl ettirib, o`rniga irodasiz akasi Said Abdulloni xon qilib ko`tardi. Amalda Junaidxon yakka hukmron bo`lib oldi va Sovetlarga qarshi ochiq kurashga kirishdi. Junaidxon harbiy kuchlarini 10 mingga etkazdi. Buxoro bilan aloqa bog’ladi, Angliyadan harbiy madad olishga intildi. Junaidxon Amudaryo bo`limi va Nukus atrofida sovet kuchlaridan mag’lubiyatga uchradi. U o`rnatgan harbiy diktaturadan aholi norozi bo`lib Turkiston ASSRga boruvchi qochoqlar ko`paydi. Bu voqealarni kuzatib borgan sovetlar xonlik aholisining norozilik harakatiga inqilobiy tus berdi va qochoqlardan jangovar qismlar tuzib xonlik tuzumini ag’darishga safarbar etdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling