Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosati


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Sovet hokimiyatining iqtisodiy siyosati. Rossiyadagi kabi Turkistonda ham 
bolsheviklar mulkni va ishlab chiqarish tarmoqlarini umumlashtirish va 
milliylashtirish vazifalarini hal etishni bosh maqsad qilib qo`ydi. Turkistondagi 
ishlab chiqarish ustidan 1917 yil kuzidan qat’iy ishchi nazorati o`rnatila boshlandi. 
Shu paytdan sanoat tarmoqlarini milliylashtirish ham boshlandi.
Turkistondagi sanoatning etakchi tarmoqlari: paxta tozalash, yog’-moy 
zavodlari, bosmaxonalar, banklar, temiryo`llar, ko`mir va neft konlari 1918 yil 
dastlabki oylarida milliylashtirilib, davlat tasarrufiga olindi, ularning soni 330 ta 
edi. Er to`g’risidagi dekeret asosida er mulklarini musodara qilish va 
milliylashtirish o`tkazilishi joylarda keskin noroziliklar chiqishiga sabab bo`ldi.


349 
Markaz hukumati ishlab chiqqan “harbiy kommunizmsiyosatini 
Turkistonga keng ko`lamda qo`llashga kirishildi. Uning asosiy yo`nalishi barcha 
mulklar va korxonalarni umumlashtirish, xalq xo`jaligini boshqarishni qattiq 
markazlashtirish edi. Bu siyosat ocharchilikdan qiynalayotgan aholini emas, balki 
“sosialistik inqilob” va yangi tuzumni frontda himoya qilayotgan qizil askarlarni 
va sovet hokimiyati tayanchi bo`lgan ishchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlashni 
maqsad qilgan edi.
Turkistonda 1920 yil oxirida 1075 ta sanoat korxonasi (ko`pi mayda 
korxonalar) zo`rlik bilan milliylashtirildi. Davlat korxonalari barcha ishchilarning 
90 % ini, sanoatdagi mexanik dvigatellarning 80 % ini qamrab oldi, yalpi sanoat 
mahsulotining 3/4 qismi davlat sektori ulushiga to`g’ri kelardi. O`lka ishlab 
chiqarishining an’anaviy tarmog’i – hunarmandchilik turlari birlashtirilib 
hunarmandchilik artellariga aylantirildi. 1920 yil oxirida Turkistonda 800 ga 
yaqin artellar bo`lib, ular asosan davlat va harbiy tashkilotlar buyurtmalarini 
bajarardi.
“Harbiy kommunizm” siyosatining tarkibiy qismi sifatida umumiy mehnat 
majburiyatining joriy etilishi kutilmagan favqulodda hodisa bo`ldi. SHu asosda 16 
yoshdan 55 yoshgacha erkak va ayollar majburiy mehnatga jalb qilindi. Aholi 
noroziligiga sabab bo`lgan umumiy mehnat majburiyati ko`pchilikni ishchilar 
boshqa hududga ko`chirildi, oilalarni bir-biridan judo qilib, og’ir moddiy sharoitga 
duchor etdi.
Bu siyosatning mohiyatini mahalliy rahbarlardan N.To`raqulov 1921 yil 
so`zlagan ma’ruzasida “mehnat safarbarligini shunday o`tkazishdiki mehnatga 
yaroqli shahar aholisining yarmi qishloqlarga qochib ketdi. Mehnat safarbarligiga 
odam topish uchun masjidlarda odamlar tutib olindi” - deb ta’rifladi. “Harbiy 
kommunizm” siyosati tufayli Turkistonda 1918 yil oxiriga kelib 1 mln.dan ziyod 
aholi ocharchilikka duchor bo`ldi.
1919 yil boshlaridan joriy etilgan oziq-ovqat razvyorstkasi Turkiston 
aholisini, ayniqsa qishloq mehnatkashlarini og’ir ahvolga solib qo`ydi. 
Razvyorstka sovet hokimiyati organlariga aholining ortiqcha oziq-ovqat 


350 
mahsulotlarini tortib olish, g’allani sotishni taqiqlash, bozor savdosini yopib 
qo`yish kabi keskin choralar ko`rishiga imkon berdi. 
Sovetlarning bu siyosatini mahalliy rahbarlar T.Risqulov, N.Xo`jaev, 
M.Qori keskin qoraladi. N.Xo`jaev 1920 yil oxirida Turkiston MIQ majlisida 
qilgan ma’ruzasida “Qishloq aholisi o`t-o`lanlar bilan ovqatlanadi, shu tufayli 
o`lim yuz bermoqda, ayniqsa bollalar o`limi ko`p” - deb aytgan. N.Xo`jaev 
ma’ruzasida keltirishicha Farg’ona viloyatida aholining 35-40 % i, shu jumladan 
Marg’ilon uezdida - 60% i, Qo`qon uezdida – 50 % i ochlikka duchor bo`lgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling