Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Bolsheviklar hokimiyatining kuchayishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Bolsheviklar hokimiyatining kuchayishi. Turkistondagi sovet hukumati 
dastlab ikki partiya vakillari – bolsheviklar va so`l eserlardan tashkil topgan edi, 
biroq bu tartib uzoq davom etmadi. Turkiston bol’sheviklari 1919 yil mart oyi 
boshlarida so`l eserlarni mahalliy sovet hukumatidan siqib chiqardi.
Sovet hokimiyati “aksilinqilobiy”dushmanlar va yot unsurlarga qashi 
kurashuvchi Favqulodda organlar (ChK) yoki Kambag’allar qo`mitasini tuzdi. Bu 
organlar cheklanmagan vakolatlarga ega bo`lib, keskin jazo choralarini qo`llashda 
sovet hokimiyati nomidan ish ko`rar, kerak bo`lsa hokimiyat organlari – 
sovetlarning vazifalarini ham bajargan, bu esa joylarda sovetlarning noroziligiga 
sabab bo`ldi. Andijon, Namangan, Marg’ilonda 1919 yil bahorda musulmon 
mehnatkashlari sovetlari tarkibida favqulodda organlari sifatida Muvaqqat 
inqilobiy qo`mitalar tashkil etildi. Bunday organlar 1919 yil o`rtalarida ko`plab 
shahar va qishloqlarda ham tashkil topdi.
Kuchayib borayotgan bolsheviklar yakkahokimligiga qarshi 1919 yil 19 
yanvarda Harbiy komissar K.Osipov boshchiligida harbiy isyon uyushtirildi. 14 ta 
Turkiston komissarlari otib tashlandi. Sovetlarga sadoqatli mahalliy ishchi va askar 
deputatlari sovetlari, Toshkent temir yo`l korxonalari ishchilarining otryadlari 
Osipov isyonini bostirib, sovet hokimiyatini saqlab qoldi. Turkistonning yangi 
rahbarlari bu isyondan xulosa chiqarib mahalliy millat ziyolilari va kommunistlari 
vakillarini ham sovet organlariga tortishga hamda ularning o`z mahalliy 
tashkilotlarini tashkil qilishiga yo`l berdi.
1919 yil martda Turor Risqulov (1894-1938) raisligida O`lka musulmon 
kommunistlari byurosi (Musbyuro) tashkil etildi. Uning organi – “Ishtirokiyun” 
gazetasi nashr etildi. Mahalliy kommunist va yurt rahnomalaridan: T.Risqulov, 


348 
N.To`raqulov, 
N.Xo`jaev, 
A.Rahimboev, 
Q.Otaboev, 
S.Tursunxo`jaev, 
S.Segizboev, O.Bobojonov, A.Ikromov partiya va sovet boshqaruviga jalb qilindi.
1920 yil yanvar-iyulda Turkiston MIQ raisi bo`lgan T.Risqulov hududiy-
sinfiy avtonom respublika o`rniga “Turk respublikasi” tuzish g’oyasini amalga 
oshirish uchun kurashdi. U Moskvaga borib bu masalani hal etolmagach iste’fo 
berdi. 
T.Risqulov 
o`rniga 
Turkiston 
MIQ raisi lavozimini 
egallagan 
A.Rahimboevning faoliyati ham natijasiz yakun topdi.
1919 yil oktyabrda Turkistonga sovet hukumati va RKP(b) MQ nomidan 
cheklanmagan favqulodda vakolatlar bilan Turkkomissiya yuborilgan. Uning 
faoliyati o`lkada sovet va partiya qurilishini jadal olib borish, yangi tuzumni 
o`rnatishga qaratildi. Turkkomissiya Turkistonda faqat ichki masalalar bilan 
shug’ullanishdan tashqari yana qo`shni davlatlar bilan turli sohalarda tashqi 
aloqalar bog’lash, shartnomalar tuzish huquqlariga ham ega edi.
Turkistondagi partiya va hokimiyat funksiyalarini o`z tasarrufiga olgan 
Turkkomissiya a’zolari e’tiborini sovet tuzumiga qarshi harakatlarni tugatishga 
qaratdi. Uning a’zolari V.Bokiy, F.Goloshchekin, V.Kuybishev, Y.Rudzutak, 
M.Frunze, Sh.Eliava edi. Turkkomissiya a’zolari “Turk Respublikasi”, “Turk 
Kompartiyasi” g’oyasini amalga oshirishga intilgan T.Risqulov, A.To`raqulov, 
Q.Otaboevlarni yo`q qilish yo`lini tutdilar.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling