Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkiston Muxtoriyati
- Muhammadjon Tinishpayev
Turkiston Muxtoriyati. Turkiston ASSRning tashkil topishi. Turkistonda Sovet hokimiyatiga qashi harakatlar Turkiston Muxtoriyati. Turkiston o`lka musulmonlarining favqulodda IV- qurultoyi Qo`qonda 1917 yil 26-28 noyabrda bo`ldi. Unda 5 viloyatdan 200 nafardan ziyod vakil ishtirok etdi. Qurultoy ishida “Sho`royi Islomiya”, “Sho`royi Ulamo”, Musulmon harbiylari sho`rosi, O`lka yahudiylar jamiyati vakillari qatnashdi. Qurultoy hay’atiga M.Cho`qay, U.Asadullaxo`jaev, Yu.Agaev, O.Mahmudov, A.O`razaev, I.Shoahmedov, Kamol qozi, Karimboev, jami 13 kishi saylandi. Qurultoy 3 kun davom etib (26-28 noyabr) yakunida Turkiston Muxtoriyati tuzildi. Ta’sis majlisigacha hokimiyat Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi (54 kishidan iborat) qo`lida bo`lishi ta’kidlandi. Qurultoyda Turkiston Muxtoriyati Muvaqqat Kengashi - hukumati tuzilib, uning tarkibga 12 a’zo saylandi: 1) Muhammadjon Tinishpayev - Bosh vazir va Ichki ishlar vaziri. 2) I.Shoahmedov - Bosh vazir o`rinbosari. 3) A.O`razaev - Ichki ishlar vaziri o`rinbosari. 4) M.Cho`qaev - Tashqi ishlar vaziri (keyin Bosh vazir). 343 5) U.Xo`jaev - Harbiy vazir. 6) Yu.Agaev - er-suv boyliklari vaziri. 7) O.Mahmudov - Oziq-ovqat vaziri. 8) S.Gersfel’d - Moliya vaziri. Evropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko`rsatilgach hukumat tarkibiga yana 4 kishi keyinchalik kiritilishi belgilandi. Bu hukumatda Saidnosir Mirjalol o`g’li xazinachi lavozimini egalladi. Qurultoyning yana bir katta xizmati - Turkiston Xalq Majlisi (parlamenti) tarkibining tuzilganligi bo`ldi. Milliy Majlis tarkibiga saylanganlar orasida Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari atoqli arboblardan T.Norbo`tabekov, S.Sharifxo`jaev, N.Kamolxonto`ra o`g’li, Behbudiy, T.Musaboev, S.Yusupov, O.Umarov bor edi. Qurultoyning Turkiston Muxtoriyatini qabul qilish haqidagi qarorida “Turkistondagi turli millat Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o`z huquqlarini o`zlari belgilash irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya respublikasi tarkibida Muxtor deb e’lon qiladi” - deb aytildi. Qurultoy “Turkistonda yashab turgan milliy ozchilik aholi hududlarining” muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qiladi. 1917 yil dekabr boshlarida Toshkent, Namangan, Jalolobod, Qo`qon, Samarqand shaharlarida minglab odamlar miting va namoyishlar uyushtirib Muxtoriyatni qo`llab-quvvatladi. Toshkentning Eski shahar qismida 1917 yil 6 dekabrda Turkiston Muxtoriyati tuzilganligiga bag’ishlab ko`p ming kishilik miting o`tkazildi. Unda M.Qori, M.Odil mufti, S.G’anixon, P.A’lam Turkiston Muxtoriyati tashkil etilgani bilan qutladi. 1917 yil 5 dekabrda “Hurriyat” gazetasida e’lon qilingan Fitratning “Muxtoriyat” maqolasida “Qurultoy o`z ishini qildi, qolgani millatning vazifasi. Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch va aqcha kerak” - deb yozgan. Turkiston Sovet hukumati Turkiston Muxtoriyatiga dastlabki suiqasdni uyushtirdi. 1917 yil 13 dekabrda Toshkentda Muxtoriyatni yoqlab o`tkazilgan katta mitingni o`q otib tarqatdi, ko`plar qurbon bo`ldi. Turkiston Muxtoriyati og’ir damlarni kechirayotganda 1917 yil 25 dekabrda Qo`qonda o`lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I favqulodda qurultoyi ish boshladi, unda 200 ga yaqin vakillar qatnashdi. Qurultoyda o`lkaning qonuniy 344 hukumati tarkibini musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari qurultoyi vakillari hisobiga to`ldirishga qaror qilindi. Qurultoy so`nggi ish kunida - 27 dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti Raisiga telegramma yo`llab Turkiston Muxtoriyatini e’tirof etish va faoliyat ko`rsatishiga izn berishni so`ragan. Bolsheviklar va sovetlar yo`lboshchisi telegrammaga munosabat bildirmadi, bu talab qondirilmadi. Aksincha ochiq va yashirin faoliyat yuritayotgan Muxtoriyatni tugatish haqida ko`rsatma berildi. Qurultoy Petrogradga yo`llagan telegrammada “Turkiston xalqi ikki qurultoyda Turkiston Muxtoriyatini e’lon qildi. Saylangan Xalq Kengashida ruslar va evropaliklar aholining 2 % ini tashkil etsada, 33 % o`rin ajratdik” - deb aytilgan, ushbu telegramma matni 1918 yil “Ishchilar dunyosi” nashri 2-sonida e’lon qilingan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling