Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


I va II Umumturkiston qurultoylari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

I va II Umumturkiston qurultoylari. Turkistonda inqilobiy-demokratik 
harakatlardagi turli tabaqalarni birlashtirishda 1917 yil davomida bo`lib o`tgan 
Umumturkiston musulmonlari I va II qurultoylarida qabul qilingan dasturiy 
hujjatlarning roli katta bo`ldi. Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi 1917 
yil 16 aprelda “Sho`royi Islomiya” tashabbusi bilan chaqirildi, kun tartibiga 16 
masala qo`yildi.
Qurultoy ancha vakolatli anjuman bo`lib, uning ishida M.Cho`qay, 
Munavvarqori, Behbudiy, U.Asadullaxo`jaev, Sh.Lapin, T.Norbo`tabekov, 
Validiy, S.Yusupov, I.Shoahmedov qatnashdi. Qurultoy o`lkaning bo`lajak davlat 
qurilishiga alohida to`xtalib, Turkistonga keng muxtoriyat huquqini beradigan 
demokratik Rossiya Federasiyasi tuzilishi g’oyasi ilgari surildi.
Qurultoyda Markaziy rahbar organ - Turkiston o`lka musulmonlar 
sho`rosini tuzish to`g’risida qaror qabul qilindi. Uning 1-yig’ilishida ijroiya organi 
- Markaziy Sho`ro tuzildi. M.Cho`qay Markaz raisi, Munavvarqori rais muovini, 
Validiy kotib, Behbudiy, U.Asadullaxo`jaev va boshqalar a’zo etib saylandi.
Markaziy Sho`ro zimmasiga o`lkadagi tarqoq, dasturi bo`lmagan 
tashkilotlarni birlashtirish vazifasi yuklandi. Bu vazifani Markaziy Sho`roning 
joylardagi sho`balari bajardi: Toshkent sho`basini Munavvarqori, Samarqand 
sho`basini Behbudiy, Farg’ona sho`basini Nosirxon To`ra Kamolxon To`ra o`g’li 
boshqardi.
Turkistonda shu tariqa uch hokimiyatchilik vujudga keldi: 1) Muvaqqat 
hukumatning Turkiston qo`mitasi. 2) Ishchi va soldat deputatlari Soveti. 3) 
Turkiston o`lka Musulmonlar Sho`rosi.
Jadidlar 
mahalliy-hududiy 
manfaatlar 
bilan 
cheklanmay, 
boshqa 
mintaqadagi musulmonlarning ilg’or vakillari bilan yaqinlashish maqsadida 1917 
yil 1-2 mayda Moskvada bo`lgan Butunrossiya musulmonlari I qurultoyida ishtirok 
etdi. Qurultoyda musulmonlar manfaatini himoya qiluvchi davlat qurilishi shaklan 
milliy-hududiy, federasiya asosidagi demokratik respublika bo`lishi aytildi. 
Qurultoyda Butunrossiya Musulmonlar sho`rosining Ijroiya qo`mitasi ta’sis etildi, 
unga Turkistondan U.Asadullaxo`jaev, I.Shoahmedov a’zo etib saylandi.


340 
Rossiya musulmonlarining ozodlik harakatini muvofiqlashtirishda Turkiston 
vakillari ishtirok etgan va 1917 yil 21-31 iyulda Qozonda bo`lgan Butunrossiya 
musulmonlari II qurultoyi muhim qadam bo`ldi. Qurultoyda Turkiston, Kavkaz va 
Qrimda davlat boshqaruvini mehnatkashlar hal etishi, musulmonlar kurashini 
tashkil etish uchun Butunrossiya harbiy sho`rosini ta’sis etish to`g’risida qarorlar 
qabul qilindi.
Turkiston xalqlari hayotida 1917 yil 17-20 sentyabrda Toshkentda bo`lgan 
Umumturkiston musulmonlari II-qurultoyi muhim rol o`ynadi, unda 500 ta vakillar 
ishtirok etdi. Qurultoyning maxsus qarorida Rossiya konstitusiyasiga mos holda 
shariat asosida ish ko`ruvchi 12 kishilik Turkiston O`lka qo`mitasi, 24 kishilik 
“Mahkamai Shariat” (parlament) tashkil etilishi ta’kidlandi. Qurultoyda “Sho`royi 
Islomiya”, “Sho`royi Ulamo”, “Turon” kabi milliy tashkilotlarni birlashtirib, 
yagona “Ittifoqi Muslimin” (Musulmonlar Ittifoqi) siyosiy partiyasini tuzish 
g’oyasi ilgari surildi.
Qurultoyda Behbudiy hammani birlikka da’vat qildi. “Ulug’ Turkiston” 
gazetasi qurultoy ruhini aks ettirib Turkistonning ichki ishlarini mustaqil hal 
etishga qodir bo`lgan o`lkaning milliy muxtoriyatini tuzish g’oyasini asosiy 
o`ringa qo`ydi. Biroq Turkistonda ayricha faoliyat yuritgan, qarashlarida 
muxolifatchilik ustuvor bo`lgan ayrim mahalliy tashkilotlar bu noyob 
imkoniyatdan foydalana olmadi, bu bolsheviklarga qo`l keldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling