Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

1917 yil fevral inqilobi va Turkiston. Rossiya samoderjaviyasiga qarshi 
kurash 1917 yil fevralda g’alaba qozondi. Rossiyani 3 asr boshqargan Romanovlar 
hukmronligi va mutlaq monarxiya tugadi. Rossiyada 1917 yil mart oyi boshlarida 
burjuaziya vakillaridan tashkil topgan Muvaqqat hukumat faoliyat ko`rsata 
boshladi.
Petrograd va boshqa joylarda ishchi, askar va dehqon deputatlari Sovetlari 
hokimiyati ish yurita boshladi. Shu tariqa ikki hokimiyatchilik boshqaruvi vujudga 
keldi. Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy voqealarga Rossiyadagi Fevral inqilobi, 
siyosiy tuzumning o`zgarishi, demokratik jarayonlarning yuzaga kelishi ijobiy 
ta’sir ko`rsatdi.
Turkistonda yuz bergan muhim siyosiy o`zgarishlardan biri - Turkiston 
general-gubernatorligi mahkamasining tugatilishi bo`ldi. Uning o`rniga 
Muvaqqat hukumatga bo`ysunuvchi Turkiston qo`mitasi tashkil etildi. 
Viloyatlardagi harbiy gubernatorlik ham tugatilib, uning o`rniga viloyat 
komissarliklari tuzildi. Fevral o`zgarishi eng muhimi Turkiston xalqlariga 
muayyan demokratik jarayonlarni baxsh eta bordi, xalqning turli ijtimoiy 
qatlamlari faol harakatga kela boshladi.
Turkistonning yirik shaharlarida tashkil topgan va asosiy tarkibi mahalliy 
millat vakillaridan iborat kasaba uyushmalari va turli kasb kishilarini birlashtirgan 
uyushmalar ham aholining tub manfaatlari, iqtisodiy va siyosiy talablarini himoya 
qilib faoliyat yuritdi. Rossiyaning g’arbiy hududiga mardikorlikka safarbarlikdan 


337 
qaytib kelgan yurtdoshlarimiz ham 1917 yil mayiga kelib demokratik kuchlar 
safini to`ldira bordi.
Fevral o`zgarishidan keyin inqilobiy-demokratik tashkilotlar, siyosiy 
firqalar, kasaba uyushmalari Turkiston xalqlari hayotida muhim rol o`ynab, 
ularning siyosiy faolligini oshirdi. Turkistonda ham Rossiyadagi siyosiy partiyalar 
– eserlar, sosial-demokratlar va boshqa partiyalarning mahalliy tashkilotlari o`z 
dasturiy g’oyalarini aholining turli ijtimoiy tabaqalari ongiga singdirdi.
1917 yil martda Toshkentda ishchi va soldat deputatlari Soveti tashkil etildi. 
Turkistonda mart oxirida ishchi va soldat deputatlarining 75 ta Soveti faoliyat 
yuritdi, biroq deputatlarning ko`pchiligi evropaliklar edi. Turkistondagi voqealar 
va 
o`zgarishlarning 
yalovbardorlari 
jadid 
rahnomalari 
edi; 
ular 
mustamlakachilarning tez o`zgaruvchan siyosatidan boxabar bo`lib, o`z kurash 
dasturiga ega ega.
Rossiya Muvaqqat hukumatining ikkiyuzlamachilik siyosati, inqilobning tub 
masalalarini: urush va tinchlik, 8 soatlik ish kuni, agrar va milliy masalalarni hal 
etishni turli bahonalar bilan chetga surishi jadid arboblarini inqilobiy-demokratik 
yo`nalishda kurashishga da’vat etdi. Bu davrda jadidlar faoliyatida vaqtli matbuot 
nashrlarini yo`lga qo`yib inqilobiy-demokratik maqolalar chop etish va ommaga 
etkazish muhim o`rin tutgan 
Jadidlar Toshkentda “Turk eli”, “Najot”, “Kengash”, “Ulug’ Turkiston”, 
“Turon; Samarqandda “Hurriyat” vaqtli nashrlarni nashr qildi. Toshkentda 
A.Avloniy 1917 yil aprelidan chiqargan “Turon” gazetasining ilk sonida “Yashasin 
xalq jumhuriyati” shiori birinchi marta yangragan edi. Unda “musulmonlar orasida 
bid’atni bitirmak, jumhuriy idoraga xalqni tayyorlamoq” g’oyasi ilgari surilgan. 
“Najot” gazetasining 1917 yil 26 mart sonida Munavvarqorining “Hurriyat 
berilmas, olinur” degan xitob bosilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling