Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xotima. Uch xonlik davriga kelib «Ipak yo`li» ahamiyatining pasayib 
ketishi umumiy iqtisodiy inqiroz va madaniy hayot rivojiga salbiy ta’sir qildi. Rus 


334 
ziyolilari A. Gersen va N. Ogaryov Londonda turib Rossiyaning O`rta Osiyodagi 
bosqinini fosh etuvchi maqola e’lon qildi. L.Tol’stoy bir qancha qissa va 
hikoyalarida (Hojimurot) ruslarga qarshi kurashgan tub erlik qahramonlar 
siymosini tasvirlab, «Yuvuqsiz Rossiya» ustidan ayovsiz hukm chiqardi.  
Amerika jurnalisti Mak-Gaxan xotiralarida chor istibdodining qonli 
manzaralarini haqqoniy chizib beradi. Turkistondagi harbiy harakatlarda ishtirok 
etgan V.Nalivkin begunoh qon to`kilishini ko`rib chor armiyasini tashlab ketadi va 
Nanay qishlog’idan er olib tirikchilik qilishni ma’qul ko`radi. Turkistonliklarni 
shafqatsiz qirgan generallar Skobelev, fon Kaufman, Golovochev, Duxovskiy, 
Chernyaev, Troiskiy, Abramov, Ivanovlarni xalq abadiy la’natlaydi.
Tayanch so`zlar:
Rus-tuzem maktablari, «Turkestanskie vedomosti», 
«Turkiston viloyat gazeti», «Taraqqiy», «Shuhrat», «Xurshid», general-gubernator, 
uezd, volost, uchastka, protektorat, Nikoloy, Chernaev, Skobelev, Kaufman, 
Muhammad Raximxon, Abdulahadxon, Nasrulloxon. 


335 
V bo`lim. SOVETLAR DAVRI 1917-1991 yillar 
 
XV -bob. Turkistonda sovet hokimiyati o`rnatilishi. 
Sovet hokimiyatiga qarshi harakat 
 
1-§. Turkistonda Sovet hokimiyati o`rnatilishi. 
Turkiston Muxtoriyati. Turkiston ASSR 
 
Turkiston 
xalqlarining 
asriy 
orzusi. 
Sovet 
davri 
(1917-1991) 
tariximizning eng murakkab va ziddiyatli yillaridir, chunki bu davr: 1) Vatan 
ozodligi uchun bobolarimiz mustamlakachilarga qarshi kurashdilar. 2) Vatan 
ravnaqi yo`lida xalqimiz katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar; 3) sovet 
mustamlakachiligi xalqimizga kulfat va yo`qotishlar keltirgan davrdir. 
Ma’rifatparvar, taraqqiyparvar jadidlar 1917 yil tinchlik yo`li bilan, huquqiy 
asosda Turkiston Muxtoriyati uchun kurashdilar. Buxoro va Xiva xonligida Yosh 
buxoroliklar va Yosh xivaliklar demokratik islohatlar o`tkazish talablarini ko`tarib 
chiqdilar.
Turkistonning so`nggi general-gubernatori A.Kuropatkin “Biz 50 yil tub joy 
aholini taraqqiyotdan jilovladik, uni maktablar va rus hayotidan chetda tutdik” deb 
aytgan. Rus generali Skobelev “Millatni yo`q qilish uchun qirish shart emas, uning 
madaniyatini, tilini yo`q qilsang, tanazzulga uchraydi” degan. Andijon qo`zg’oloni 
etakchisi M.Eshon sudda 1898 yil rus amaldorining “seni oq podshoga qarshi 
chiqishga nima majbur qildi” degan savoliga “Sizlarning mahalliy xalq boshiga 
solgan zulmingiz, uning erkini tahqirlayotganingiz” - deb javob bergan.
Istiqlol uchun kurashgan, qatag’on qurboni, ma’rifatparvar A.Fitrat “Vatan 
sajdagohimdir” - deb aytgan. “Xaq olinur, berilmas” shiori o`lka jadidlarining 
rahnamosi M. Bexbudiyga tegishli. I.Karimov 1996 yil “Bu yillar tarixi – bu 
bizning tariximizdir. Tarixdan voz kechib bo`lmaydi”, “O`zbekiston istiqlolini 
qanday himoya etishni bobolarimizdan meros qilib olishimiz.. darkor” - deb aytgan 
edi.


336 
XX asr boshlariga kelib Turkiston xalqlarining ozodlik uchun kurash g’oyasi 
yangi pallaga kirdi. Yangi asr boshlarida o`z hayotini yurt, millat ozodligiga baxsh 
etgan darg’alar – jadidlar etishib chiqdi. Turkiston ozodligi, millat ta’limi, 
tarbiyasini isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko`tarish uchun Behbudiy
Fitrat, F.Xo`jaev, A.Avloniy, Munavvarqori, A.Shakuriy kurashdi. Butun 
Turkistonni larzaga keltirgan hamda Rossiya mustamlakachilarini sarasimoga 
solgan O`lka xalqlarining 1916 yilgi milliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligi 
yo`liga bag’ishlangan edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling