Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Adabiyot. Shoir, satira va yumor janri ustasi Muhammad Aminxo`ja 
Mirzaxo`ja o`g’li - Muqimiy (1850-1903) ijodi gullagan davr Qo`qon xonligining 
Rossiya tomonidan bosib olinishiga to`g’ri keldi.
Lirik shoir va publisist Zokirjon Xolmuhammad o`g’li - Furqat (1858-1909) 
jaholat va qoloqlikka qarshi kurashib, ilg’or g’oyalar tarafida turdi. Furqat ko`rib, 
hayratga tushgan voqealarni 1890 yil «Turkiston viloyati gazeti» ning qator 
sonlarida e’lon qildi. General-gubernatorlik Furqatga Sharqiy Turkistonda Rossiya 
foydasiga ish olib borib, maxfiy ma’lumot jo`natib turish vazifasini topshirdi.
Demokratik g’oyalar ruhida ijod qilgan shoir Ubaydulla Solih - Zavqiy 
(1853-1926) Muqimiy va Furqat an’analarini davom ettirib, ijodi xalqchil va 
mehnatkashga hamdard bo`ldi. U «Ajab ermas» she’rini 1916 yilgi milliy-ozodlik 
harakatiga bag’ishlab yozdi.
Xivalik shoir-demokrat Avaz O`tar (1884-1919) «YOsh xivaliklar» bilan 
aloqa o`rnatib, qadimiylar guruhiga qarshi o`tli misralar bitdi. 
Taraqqiyparvar guruhining faollaridan biri Sadriddin Ayniy (1878-1954) 
XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi adabiy muhitda o`z o`rniga va ovoziga ega 


327 
bo`lgan adibdir. Ayniy amirlikda demokratik islohatlar zarurligini ilgari surishi 
bilan Ahmad Donish izidan bordi.
Butun kuchini bolalarning ilmu urfondan bahramand bo`lishiga sarflagan 
Hamza Hakimzodi Niyoziy (1889-1929) XX-asr boshlarida taraqqiyparvar ziyoli 
adiblar safiga kelib qo`shiladi. U dunyo ahvolatidan xabardor bo`lish uchun 
Afg’oniston, Hindiston, Eron, Arab, Rossiyaga safar qildi. Ilm-fan qudratini idrok 
qilgan Hamza pedagog, shoir, musiqashunos, aktyor sifatida tanildi.
Adolatsizlikka qarshi kurash tug’yoni, xalqni faollikka undagan shoira 
Anbar otin (1870-1906) ijodida ham yaqqol sezildi.
Matbuot. 1905 yilgi rus burjua-demokratik inqilobi Turkistondagi mustabid 
va harbiy-polisiya tizimiga zarba berdi. Inqilobdan qo`rqqan «oq podsho» 1905 yil 
17 oktyabrda chiqargan Manifestda mustamlaka xalqlarga ham erkin yashash
bilim egallash, o`z milliy matbuotiga ega bo`lish kabi va’dalar mavjud edi. 1905 
yilga qadar Turkistonda faqat general-gubernatorlikning rasmiy organi 
«Turkestanskie vedomosti» va «Turkiston viloyat gazeti» bor edi. 1870-1917 yy. 
davomida chiqib turgan «Turkestanskie vedomosti»ning muharriri 1877-1917 yy. 
olim va jurnalist N.Ostroumov edi.
Jadidlar 1905-1907 yy. Ismoil Obidov muharrirligida chiqarilgan 
«Taraqqiy», «Shuhrat», «Xurshid» gazetalari chorizm tomonidan yopib qo`yildi. 
CHorizmning milliy matbuotga bo`lgan munosabati reaksion bo`lganligini eserlar 
Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling