Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Turkiston Muxtoriyatining halokati
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- M.Cho`qay
- 1918 yil 19-21 fevral
- Turkiston ASSR tashkil topishi. Iqtisodiy va madaniy siyosat Turkiston ASSR tuzilishi
- Turkiston ASSR
- Markaziy Ijroiya Qo`mitasi
Turkiston Muxtoriyatining halokati. Turkiston Muxtoriyati o`zini himoya
qilaolmadi, avvalo qisqa umr ko`rgani (72 kun) uchun ko`p narsalarni bajarishga ulgurolmadi, qolaversa muxtoriyatchilar orasida birlik yo`q edi. 1918 yil 18 fevralda “Sho`royi Ulamo” jamiyati tashabbusi bilan muxtoriyatda to`ntarish qilindi. M.Cho`qayning muxtoriyat hokimiyati ag’darilib, uning boshqaruvi Qo`qon mirshablari boshlig’i Kichik Ergashga berildi. Muxtoriyat tashqi olamdan ajralib qoldi, amaliy yordam beruvchi birorta xorijiy davlat bilan aloqa o`rnatishga ulgurmadi. Bu omillar Turkiston Muxtoriyati ahvolini tanglashtirib, uni faoliyatsizlikka mahkum etdi. Turkiston sovet hukumati bu vaziyatdan foydalanib 1918 yil 14 fevralda Farg’ona viloyatida favqulodda harbiy holat joriy etdi. Uning Qo`qondagi mahalliy hokimiyati – ishchi va askar deputatlari soveti 17 fevralda muxtoriyat vakillarini taslim bo`lishga da’vat qildi. Sovet hokimiyati Qo`qonga hujum qilish uchun Toshkentdan Perfilev boshchiligida qizil qo`shin olib kelindi hamda Qo`qondagi millatchi arman dashnoqlari ham jalb qilindi. Qo`qon shahri 1918 yil 19-21 fevralda o`t ichida qolib, kunpayakun bo`ldi. Turkiston Muxtoriyati hukumati tor-mor etildi. Sovet davlati arboblaridan biri D.Manjara “Milliy siyosatdagi xatolarimiz tufayli Qo`qon Muxtoriyati vujudga 345 keldi. Uni yo`qotish paytida yana bir xato qildik” - degan. Sovet Turkistoni nashri – “Znamya svobodi” (Ozodlik bayrog’i) gazetasi 1918 yil yanvarda “Rus bolsheviklar muxtoriyatni tan olmadi, mazlum xalqlar o`z huquqini o`zlari belgilamoqchi bo`lganida yo`l qo`ymadi” - degan. Turkiston ASSR tashkil topishi. Iqtisodiy va madaniy siyosat Turkiston ASSR tuzilishi. Sovet hokimiyati Turkiston Muxtoriyatiga o`xshash xalq hokimiyati qayta tiklanishiga izn bermaslik uchun sovet hokimiyatchiligiga milliy, mahalliy shakl berishni maqsad qildi va Turkistonda Sovet avtonom respublikasini tuzishga kirishdi. Sovet hukumatining favqulodda komissari R.Kobozev, RSFSR millatlar ishi komissarligi xodimlari X.Ibragimov, A.Klevleyev bu ishga bosh-qosh bo`ldi. Turkiston Sovet Avtonomiyasi (muxtoriyati)ni tashkil qilish masalasi 1918 yil 20 aprel - 1 mayda Toshkentda bo`lgan Turkiston sovetlarining V-s’ezdida ko`rib chiqildi. Bolsheviklar fraksiyasi taklifi asosida s’ezd qabul qilgan “Turkiston sovet respublikasi to`g’risida qoidalar”da RSFSR tarkibida Turkiston ASSR - Turkiston avtanom sovet sosialistik respublikasi (TASSR) ekanligi e’lon qilindi. Turkiston ASSRning oliy qonun chiqaruvchi organi sifatida ishchi, askar, dehqon va musulmon-dehqonlar sovetlari sezdi belgilandi. Turkiston ASSRning doimiy faoliyat yurituvchi organi qilib Markaziy Ijroiya Qo`mita (MIQ) belgilandi. O`lkaning boshqaruvi, uning ijroiya funksiyalari Xalq Komissarlari Kengashi tasarrufiga berildi. Joylarda mahalliy sovetlar va ularning ijroiya qo`mitalari hokimiyat funksiyalarini bajarishlari kerakligi ta’kidlandi. Sezd hukumat qoshida Milliy ishlar xalq komissarligini tashkil qildi, joylarda bo`limlarini tuzib, millatlar orasida milliy manfaatlarni himoyalash yuklandi. Turkiston ASSR hukumati sinfiylik tamoyillariga asoslanib, davlat boshqaruvida hokimiyat sovetlar ixtiyoriga berilgan edi. Ular evropalik vakillardan tashkil topgan ishchi, askar va dehqon deputatlari sovetlari bo`lib, musulmon- 346 dehqon deputatlari sovetlari ularga bo`ysungan. Turkiston ASSR tuzilishida bir tomonlama faqat hududiy tamoyillar hisobga olinib, o`lka xalqlarining milliy tamoyillari hisobga olinmadi. Sezdda Turkiston Respublikaning hokimiyat organlari tuzildi. Qonun chiqaruvchi organ - Markaziy Ijroiya Qo`mitasi deyildi (TASSR MIQ). Uning Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling