Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Buxoro Amirligi ag’darilishi. BXSR tashkil topishi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buxoro Amirligi ag’darilishi. BXSR tashkil topishi 
 
Rossiyaning yarim mustamlakasi bo`lgan Buxoro Amirligiga ham 
Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua demokratik inqilobi va podshoning ag’darilishi, 
hokimiyatning boshqa siyosiy kuchlarga o`tishi o`z ta’sirini o`tkazdi. Buxoroda bu 
davrda ichki ziddiyatlar jiddiy tus olib borishining boisi, amirlikning moliyaviy-
iqtisodiy hayoti va savdo aloqalari Rossiya iqtisodiyotiga bo`ysundirilganida edi.
1917 yil inqilobiy voqealaridan foydalanib siyosiy o`zgarishlarni ro`yobga 
chiqarishga harakat qilgan Buxoro jadidlari: A.Burhonov, U.Xo`jaev (Usmonxo`ja 
Po`latxo`jaev), F.Xo`jaev, A.Fitrat, S.Ayniy, M.Mansurov, A.Muhiddinov edi. 
Ular amirga tazyiq o`tkazib uni ko`p masalalarda xalqqa yon berishga, siyosiy 
tizimni o`zgartirishga, xususan konstitusion monarxiya joriy etishga undadi.
Yosh buxoroliklar rahbarlari ishlab chiqqan islohat loyihasida: amir 
huzurida va joylarda xalq vakillari bo`lishi; ma’muriyat yaxshilanishi va u xalq 
vakilligi nazoratida bo`lishi; amaldagi soliqlardan tashqari boshqa soliqlar bekor 
qilinishi; maktab va matbuot erkinligi; johil amaldorlarni almashtirish talablari 
ilgari surilgan edi.
Amir Said Olimxon 1917 yil 7 aprelda Manifest chiqarishga majbur bo`ldi, 
unda amirlik tuzumining tub negizlariga daxl qilmagan holda bir qator demokratik 
o`zgarishlar o`tkazish ko`zda tutilgan edi. Bu o`zgarishlar: soliqlarni tartibga 
solish; turli tabaqa vakillaridan Majlis tashkil qilish; maorif, tibbiyot, sud tizimini 
yaxshilash; ma’muriy boshqaruvni takomillashtirishdan iborat edi. Yosh 
buxoroliklar bu manifestni ma’qullab kutib oldi. Biroq hukmron konservativ 
kuchlar islohatga qarshi turib, namoyishga chiqqan islohat tarofdorlarini qirg’in 


361 
qildi. Yosh buxoroliklar Turkiston ASSRga ketishga majbur bo`ldi. Islohiy 
harakatlarning 1-bosqichi muvffaqiyatsiz yakun topdi.
Rossiyadagi 1917 yil Oktyabr davlat to`ntarishi va bolsheviklarning 
hokimiyatga kelishi Buxoroda ham aks sado berdi. Buxoroga tutash rus 
manzilgohlarida sovet tuzumi o`rnatildi. Bolsheviklar Buxoroga sosialistik 
g’oyalarni yoyishga urindi. Rossiya va sovet Turkistoni muxolifatchi kuchlarni 
qo`llab Amirlik tuzumini qulatish uchun 1918 yil martda “Kolesov voqeasi” nomli 
qonli voqeani sodir qildi.
Turkiston ASSR hukumati raisi F.Kolesov Yosh buxoroliklar talabini 
quvvatlagan bo`lib 1918 yil 2 martda Kogon temiryo`li yoqalab qizil qo`shinlar 
bilan hujum qildi. Buxoro aholisi bolsheviklarga qarshi kurashib Kolesov hujumini 
qaytardi. Bu esa amirga barcha inqilobiy-demokratik kuchlardan o`ch olishi uchun 
bahona bo`ldi. Yosh buxoroliklar qirg’in qilindi, ko`pchiligi muhojirlikka ketdi. 
F.Xo`jaev aytishicha qirg’inda 1,5 mingga yaqin kishi halok bo`lgan. 1918 yil mart 
voqealari va amirlik tevaragidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar Buxoroni tanazzulga 
duchor etdi. Rossiyaga yuborilgan qimmatbaho mollar sotilmay omborlarda 
taxlanib qoldi. Rossiyadan mahsulotlar kelishi to`xtab qoldi.
Sovet Turkistoni vaziyatdan foydalanib Buxorodan kelgan inqilobiy va 
demokratik kuchlarning tashkilotlari tuzilishiga yordam berib “Buxoro inqilobi”ni 
tayyorlab bordi. Moskva va Toshkentda Buxoro rahbarlari F.Xo`jaev, U.Xo`jaev, 
O.Xo`jaev, 
Q.Po`latov, 
M.Qulmuhammedov, 
A.Yoqubov, 
A.Muhiddinov, 
N.Husainovning inqilobiy faoliyati ma’qullanib, ularning inqilobiy dasturlari 
ishlab chiqildi. Buxoroning muhojir inqilobchilari 1918 yil sentyabrda Toshkentda 
Buxoro kommunistik partiyasi va uning Markaziy Qo`mitasini tuzdi. Uning raisi 
A.YOqubov, o`rinbosari M.Qulmuhammedov edi.
Toshkentda 1920 yil yanvarda F.Xo`jaev boshchiligida “Yosh buxorolik 
inqilobchilar partiyasi Turkiston Markaziy byurosi” tashkil etildi. Uni 
Turkkomissiya, RSFSR hukumati va RKP(b) MQ e’tirof etdi. Yosh buxoroliklar 
Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling