Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI-bob. O`zbekiston 1920 - 1930-yillarda 1-§. Milliy siyosat va davlat qo`rilishi. Iqtisodiy siyosat, er-suv islohotlari
- Turkiston g’oyasi
BSSR tuzilishi. 1924 yil sentyabrda bo`lgan 5-Butun Buxoro qurultoyida
BXSR - Buxoro Sovet Sosialistik Respublikasi (BSSR) deb e’lon qilindi. 1924 yil o`tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish natijasida Buxoroning hududlari O`zbekiston va Turkmaniston SSR tarkibiga qo`shib yuborildi. Sovetlarning bu zo`ravonlik siyosatiga qarshi boshlangan Buxoro mehnatkashlari harakati XX asrning 30-yillari o`rtalariga qadar davom etdi. Tayanch so`zlar: XXSR–XSSR , P.Yusupov, M.Ibniyaminov, O.Muhammadrahimov, BXSR–BSSR, F.Xo`jaev, U.Xo`jaev, O.Xo`jaev, Q.Po`latov, M.Qulmuhammedov, A.Yoqubov, A.Muhiddinov, N.Husainov. 364 XVI-bob. O`zbekiston 1920 - 1930-yillarda 1-§. Milliy siyosat va davlat qo`rilishi. Iqtisodiy siyosat, er-suv islohotlari Milliy siyosat. Bolsheviklar partiyasi bosh bo`lgan Sovet hokimiyati Turkistonda XX asrning 20-yillari boshlaridan “orani buz, hokimlik qil” qabilidagi o`z milliy siyosatini amalga oshirishga kirishdi. Sovet mutasaddilari yolg’on va’dalari bilan “yagona Turkiston uchun” kurash g’oyasini yo`qqa chiqarishga intildi. Turkiston Kommunistik Partiyasining 5-o`lka konferensiyasi 1920 yil yanvarda bo`ldi. Unda Turkiston ASSR MIQ raisi T.Risqulov mushtarak Turkiston g’oyasini ilgari surdi. T.Risqulov konferensiyada Turkiston ASSRni Turk Sovet Respublikasi deb, Turkiston Kompartiyasini Turkiy xalqlar Kompartiyasi deb o`zgartirishni taklif qildi. Markazda RKP(b) MQ Siyosiy byurosida “Turkiston masalasi” 1920 yil mart-iyun oylarida bir necha bor muhokama qilindi. 1920 yil 13 iyunda T.Risqulov, N.Xo`jaevdan iborat Turkiston xalqlari delegasiyasi o`z amaliy taklifi bilan Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin qabulida bo`ladi, bu ular uchun so`nggi umid edi. Turkistonlik delegasiya iltimosnomasi RKP(b) MQ Siyosiy byurosida 1920 yil 29 iyulda ko`rildi va rad etildi. Sovet hukumati “RKP(b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to`g’risida” bir nechta qarorlar qabul qildi. RKP (b)ning “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to`g’risida” maxsus qarorida Turkistonda Butun Rossiya MIQ, RSFSR XKS va RKP(b) MQning doimiy vakolatxonasi bo`lishi zarur deyildi. Bu qaror Turkiston ustidan nazoratni kuchaytirish va sovet hokimiyatini mustahkamlashga xizmat qildi. Turkiston xalqlarining umidlarini ro`yobga chiqarishga muvaffaq bo`la olmagan Turkiston ASSR MIQ raisi T.Risqulov iste’foga chiqishga majbur bo`ldi. 365 Markaz tashabbusi bilan tuzilgan Turkkomissiya, O`rta Osiyo Byurosi, O`rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi Turkistonning barcha sohalarini o`z nazoratiga olishga harakat qildi. Bolsheviklar boshliq Sovetlar hokimiyati mazlum millatlarni yagona qizil saltanatga birlashtirish va qudratli ittifoq davlatini barpo etishni bosh maqsad qilib qo`ydi. Podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini davom ettirgan Sovet rejimi Sovet respublikalari ittifoqini tuzishga va ularni RSFSR atrofiga jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. Yosh sovet respublikalarining birinchi jahon urushi (1914-1918) va Fuqarolar urushi oqibatlari, o`z milliy davlatchiligi va iqtisodiy-ijtimoiy hayotini qurish, xo`jalik ishlarini tashkil etish, kadrlar masalasi, o`z hududiy yaxlitligini saqlash kabi vaqtinchalik qiyinchiliklarga duch kelganligi bolsheviklarga qo`l keldi. RSFSR hukumati yangi sovet respublikalariga 1918-1922 yy. diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moliyaviy ta’sir o`tkazdi. Ukraina KP MQ kotiblari X.Rakovskiy va D.Pyatakov Yagona ittifoq davlati g’oyasiga qarshi chiqib, umumittifoq hokimiyat organlari bo`lmagan “konfedrasiya” tuzishni yoqlab chiqdi. Gruzin ziyolilari ham yagona ittifoq tuzishni qo`llamadi. Sovet hukumati arbobi I.Stalin “avtonomlashtirish” g’oyasini ilgari surdi. Unga ko`ra sovet respublikalari muxtor (avtonom) respublika maqomi bilan RSFSR tarkibiga kirishlari kerak edi. Bu taklifga milliy respublikalar xohish bildirmasligini anglagan Lenin, yangi ittifoq RSFSRdan yuqori bo`ladi va unga RSFSR ham boshqa milliy respublikalar kabi teng huquqlar bilan kiradi degan hiylakor fikrni bildirdi. RKP(b) tazyiqi natijasida Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkaze Federasiyasi (ZSFSR) Kompartiyalari va bu respublikalarning sovetlar s’ezdlari “SSSRni tuzish to`g’risida”gi taklifni qo`lladi. 1922 yil 26 dekabrda Sovetlarning Butun Rossiya 10-sezdi Sovet respublikalarini yagona Sovet davlatiga birlashishni zarur, deb topdi. Sezd o`zi saylagan delegasiyasiga USSR, BSSR, ZSFSR delegasiyalari bilan birgalikda Sovet Sosialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ni tuzish to`g’risidagi Deklorasiya loyihasini va Ittifoq sharnomasini tayyorlashni topshirdi. SSSRni tuzish to`g’risida 366 RKP(b) MQ Plenumi tasdiqlagan Deklorasiya va Shartnoma loyihasi 1922 yil 29 dekabrda Moskvada to`rt respublika vakolatli delegasiyalarining Konferensiyasida ma’qullandi va 1922 yil 30 dekabrda imzoladi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling