362
bayon etilgan edi. Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920 yil iyunda Toshkentda
chiqa boshlagan “Uchqun” gazetasida ham ilg’or g’oyalar ilgari surildi.
Buxoro amirligini ag’darish ishlari sovet Turkistoni va uning Frunze
boshliq Turkiston fronti qo`mondonligi tomonidan boshlandi. Qizil qo`shinlar
1920 yil iyun o`rtalarida Buxoro chegaralariga keltirildi.
Buxoroda qurolli
qo`zg’olonni o`tkazish yuzasidan tashkil etilgan harbiy-inqilobiy byuro tarkibiga
Turkkomissiya vakillari M.Frunze va V.Kuybishev, Turkiston Kompartiyasi vakili
N.To`raqulov, VKP MQ raisi N.Husainov, Yosh buxoroliklar
partiyasi rahbari
F.Xo`jaev kirgan.
1920 yil 29 avgustda Sovet qo`shini Buxoroga urush boshlashiga Chorjo`yda
amirga qarshi “xalq qo`zg’oloni” boshlanishi bilan,
kelishuvga binoan Beshim
Sardor boshchiligidagi inqilobiy qo`mita sovet hukumatiga murojaat qilishi bahona
bo`ldi. Sovet qo`shini tarkibi 10 ming askar, 40 ta to`p, 230
ta pulemyot, 10 ta
zirhli avtomobil, 5
ta zirhli poezd, 12 ta samolyotdan iborat edi. Turkiston fronti
qo`shini bilan birga yana kimlar 5 ming kishiga yaqin buxorolik “inqilobiy
tuzilmalar” ham ishtirok etdi. Amir qo`shini son jihatidan (20 ming) ko`p bo`lsada,
qurollanish darajasi zaif edi.
Sovet qo`shini Amirlikning Chorjo`y, Qarshi, Kitob, Shahrisabz hududlarini
egallab Buxoro tomon siljib bordi.
Sovet bosqinchilari 1920 yil 2 sentyabrda
Buxoroni egalladi.
Hokimiyat Butun Buxoro Muvaqqat Inqilobiy Qo`mitasi
(BBMIQ) qo`liga o`tdi. Amirlik “xalq qo`zg’oloni” yo`li bilan ag’darildi
deyilsada, aslida sovet qo`mondonligining harbiy kuchi hal qiluvchi rol o`ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: