Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1920 yil 2 fevralda
- Jumaniyoz Sultonmurodov
- Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
- Polvonniyoz Yusupov
Xiva xonligi tugatilishi. Sovet Turkistoni rahbarlarining Amudaryo bo`limi
(To`rtko`l)da N.Shaydakov va N.Sherbakov boshchiligida shimoliy va janubiy dasta (guruh)lar tuzib, ularni xonlik tuzumiga qarshi harakatga yo`llashi xonlik hokimiyatini ag’darish uchun ochiq zo`ravonligi edi. Xonlikdagi zulmdan norozi bo`lgan aholidan tashkil topgan qo`zg’olon dasta (guruh)lari ham harakatga keldi, ular 3 mingdan oshardi. 358 Sovet qo`shinlari va ularga qo`shilgan mahalliy qo`zg’olonchilarning harbiy yurishi 1919 yil dekabrning so`nggi dekadasida boshlandi. 1920 yil yanvarda Junaidxonga zarba berib, Xiva tomon siljib bordi. Sovet qo`shinlari 1920 yil 2 fevralda Xivani egalladi va qo`g’irchoq xon Said Abdullo taxtdan voz kechdi. Junaidxon Qoraqum sahrosiga chekindi, qizil armiya madadi bilan Xiva xonligi ag’darildi. Hokimiyat yangidan tuzilgan 5 kishidan iborat Muvaqqat Inqilobiy qo`mitaga o`tdi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar va turkman urug’-qabilalaridan 2 tadan vakillar kiritildi. Inqilobiy qo`mita raisi etib Jumaniyoz Sultonmurodov saylandi. Tez orada Yosh xivaliklar ishlab chiqqan manifest e’lon qilindi. Manifestda mamlakatning demokratik rivojlanish yo`lini aks ettirgan keng sosial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar nazarda tutilgan edi. Bu tadbirlar: Xon va uning hukumati mamlakatni boshqarishini barham toptirish; Ular mulkini xalq mulki deb e’lon qilish; kambag’allar hayotini yaxshilash yo`lida yirik zamindorlar eridan foydalanish; bepul maktab va shifoxonalar ochish; kambag’allardan tortib olingan mulklarni qaytarib berish; majburiy mehnat (begor)ni yo`q qilishdan iborat edi. Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilganligi 1920 yil 27-30 aprelda Xivada bo`lgan xalq vakillari 1-Butun Xorazm qurultoyida e’lon qilindi. Qurultoy XXSRning muvaqqat Konstitusiyasini qabul qildi. Unda “Xorazmning davlat tuzumi sovetlar respublikasi ekanligi, xalqi o`z vakillari yordamida mamlakatni boshqarishi” ta’kidlanadi. XXSRning oliy hokimiyati yilda 1 marta chaqiriladigan Qurultoy bo`lib, eng yirik vazifalarni hal etadi. Qurultoy XXSRning 15 kishidan iborat hukumati - Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. XXSRning birinchi Hukumati raisligiga Yosh xivaliklar rahbari Polvonniyoz Yusupov saylandi. Hukumat tarkibi ham Yosh xivaliklar va turkman urug’-qabilalari boshliqlaridan tashkil topdi. Xalq hokimiyatiga saylovlar umumiy bo`lib, qurultoy yoki mahalliy sovetlarga 18 yoshga etgan fuqarolar dini, millati, jinsidan qat’i nazar saylash va saylanish huquqiga ega bo`ldilar. Faqat Xon va oila a’zolari, ruhoniyat vakillari, 359 sudxo`rlar saylov huquqlaridan mahrum etildi. Konstitusiya shariat sudi tizimini saqlab qoldi. Xivada Xorazm kommunistik partiyasining (XKP) ta’sis konferensiyasi 1920 yil iyunda bo`ldi. Unda XKPning tashkiliy rasmiylashuvi amalga oshadi. Xorazm kommunistlari 1000 kishi bo`lib, ular 22 ta partiya yacheykalariga birlashgan edi. Xorazmda 1920-1921 yy. boshlarida kasaba uyushmalari, “Qo`shchi” uyushmalari, inqilobiy yoshlar ittifoqi yuzaga keldi. “Qo`shchi” tashkilotlarida 6 mingdan ziyod dehqonlar bor edi. Sovetlar ko`magi bilan XXSRning vujudga kelishi Rossiya Federasiyasi va Turkiston ASSR uchun ayni muddao bo`ldi. Ularning maqsadi Xorazmda sovet tartiblarini tashkil etish orqali uni bolsheviklar hokimiyati qo`l ostiga kiritish edi. Rossiya bilan XXSR o`rtasida ittifoq shartnomasi 1920 yil 13 sentyabrda imzolandi. SHuningdek ikki respublika o`rtasida harbiy-siyosiy va iqtisodiy kelishuv imzolandi. XXSR va RSFSR o`rtasida tuzilgan ittifoq shartnomasi hamda harbiy- siyosiy va iqtisodiy ahdlashuv: 1) Xorazm respublikasi mavqeining mustahkamlanishiga; 2) uning qudratli sovet davlatiga siyosiy qaramligini yanada kuchayishiga xizmat qilardi. Milliy siyosat yuritgan Xorazm hukumati tarkibi Moskvaga ma’qul kelmagani uchun 1921 yil 3 marta (mart, sentyabr, noyabrda) o`zgartirildi. P.Yusupov, M.Ibniyaminov, O.Muhammadrahimov hukumati tarkibi jazoga mahkum etildi. Sovet Rossiyasi Turkistondagi milliy respublikalarni bo`ysundirish uchun 1923 yil martda Toshkentda Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari ishtirokida konferensiya o`tkazdi. Konferensiyada mazkur respublikalarni iqtisodiy jihatdan birlashtirish maqsadida O`rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi. Xorazm Respublikasi yangi Konstitusiyasi 1923 yil oktyabrda 4-Butun Xorazm qurultoyida qabul qilindi. Bu Konstitusiya o`zining sinfiylik mohiyati bilan ajralib turardi. Qurultoyda barcha sohalar o`z rivojlanishida sosialistik bosqichga kirganligi ta’kidlandi va XXSRni Xorazm Sovet Sosialistik Respublikasi – XSSR deb e’lon qildi. 360 Konstitusiya erga bo`lgan xususiy mulkchilikni bekor qildi, barcha erlar umumxalq mulki deb e’lon qilindi; vaqf mulklari Maorif nozirligi ixtiyoriga o`tdi. Majburiy sosialistik o`zgarishlar va mulkiy tabaqalarga nisbatan zo`ravonlik mahalliy xalq noroziligiga sabab bo`ldi. 1924 yil yanvarda xalq qo`zg’olonlari yuz berdi, qo`zg’olon bostirilsada 30-yillar o`rtasigacha davom etdi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling