Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SSSR Xalq Komissarlari Soveti
- Milliy-hududiy chegaralanish.
- 1924 yil 27 oktyabr
SSSRni tuzish to`g’risida Deklorasiya va Ittifoq shartnomasi Moskvada
1922 yil 30 dekabrda Butunittifoq Sovetlarining 1-sezdida tasdiqlandi. S’ezd yangi ittifoq – SSSRning yuqori hokimiyat organlari - MIQni va Hukumatini tuzdi. SSSR MIQ Raislari etib: RSFSRdan M.Kalinin, Ukrainadan G.Petrovskiy, Belorussiyadan A.Chervyakov, ZSFSRdan N.Narimonov saylandi. SSSR Xalq Komissarlari Soveti (SSSR XKS) raisi etib V.Lenin tasdiqlandi. 1917 yil oktyabr to`ntarishidan 5 yil o`tgach, 1922 yil 30 dekabrda SSSR tuzildi. Uning ta’sischilari: RSFSR, BSSR, USSR, ZSFSR hukumatlari bo`ldi. Bu ittifoq (SSSR) davlati tarkibi XX asr 30-40 yillarida 15 ta respublikadan iborat bo`ldi. Natijada er yuzi hududining 1/6 qismini egallagan Sovetlar saltanati vujudga keldi. Milliy-hududiy chegaralanish. O`rta Osiyoda qadimdan yashayotgan xalqlarda “Biz ildizi, tomirlari bir xil xalqmiz” degan g’oya avloddan avlodga o`tib keladi. “Bizning ota-bobalarimiz ham, momolarimiz ham bir” - deb ta’kidlagan edi I.Karimov. Sovet hokimiyati qondosh xalqlarni ajratish, ularni davlat tuzishiga izn bermaslik maqsadida Turkistonni milliy o`ziga xoslik, til birligi asosida bo`lib tashlash g’oyasi ilgari surildi. Turkiston ishlari bo`yicha maxsus komissiya – Turkkomissiya zimmasiga Markaz Turkiston o`lkasida Milliy-hududiy chegaralanishni o`tkazish, Turkistonda bir nechta Sovet respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklagan edi. Bu sohaga RKP(b) Markazqo`mi kotibi Ya.E.Rudzutak bosh mutasaddi etib belgilangan edi. Mustaqil Turkiston g’oyasi uchun kurashgan vatanparvar milliy ziyolilarga Markaz tomonidan millatchilikda, turkparastlikda, islomparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandi. O`rta Osiyoni alohida milliy-hududiy respubliklarga bo`lish masalasi bir necha marta Markazda va yana Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida hamda ularning faoliyatini 367 muvofiqlashtiruvchi organ – RKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosi plenumlarida muhokama etildi. Milliy-hududiy chegaralanish masalasi yana 1924 yil 5 aprelda RKP(b) MQ Siyosiy byurosida, 1924 yil 11 mayda RKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosi komissiyasida ko`rib chiqildi. Unda O`rta Osiyoda milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzilib, loyiha RKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1924 yil 2 iyundagi yig’ilishida ma’qullandi. Bundan norozi bo`lgan mahalliy rahbarlar: Xorazm KP MQ kotibi Odinaev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Yoqubov; Turkiston va Buxoro vakillari S.Xo`janov, S.Asfandiyorov Turkistonni bo`lish maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdi. Ular Turkiston xalqlari birligini saqlashga qaratilgan “O`rta Osiyo federasiyasini tuzish to`g’risida” taklif kiritdi. Xorazm respublikasini bo`lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deb 1924 yil 8 mayda RKP(b) MQga kelib tushgan “Xorazmda milliy masalani hal etish to`g’risida” xatda aytildi. Mahalliy xalqlarning talabini inobatga olmagan RKP(b) MK Siyosiy byurosi 1924 yil 12 iyunda “O`rta Osiyo respublikalarini milliy chegaralash to`g’risida” va uni o`tkazish to`g’risida qaror qabul qildi. Munozaralar kuchayib ketgach vaqtincha Xorazm respublikasida milliy-hududiy chegaralanishni to`xtatib turishga qaror qilindi. Bu orada Xorazm rahbarlariga ta’sir o`tkazib borildi, ko`pchiligi vazifasidan olindi, qolganlari partiya qaroriga qo`shilishga majbur bo`ldi. Oqibatda Xorazm respublikasi rahbarlari Xorazm uchun ham milliy chegaralanishning zarurligini “e’tirof” etadi. O`rta Osiyo byurosi 1924 yil 15 iyulda milliy chegaralanish loyihasini tayyorlash va uni 1924 yil oktyabrda o`tkazish zarur degan qat’iy xulosaga keldi. Maxsus Markaziy hududiy komissiya tuzilib u 1924 yil sentyabr boshida o`z ishini tugalladi. Bu masalani 1924 yil 25 sentyabrda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi, 1924 yil 9-11 oktyabrda RKP(b) Markaziy Qo`mitasi (MQ) ko`rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishga qaror qildi. Bu qaror 1924 yil 14 oktyabrda SSSR Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo`mitasi (SSSR BMIQ) tomonidan ham ma’qullandi. 368 Sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920-1924 yy. O`rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg’on va’dalar bergan “Lenincha milliy siyosat”ni hayotga tadbiq etish kabi amaliy ishlari yakun topdi. 1924 yil 24 oktyabrda RKP(b) MQ plenumida Turkistonni kichik milliy bo`laklarga bo`lish ishlari yakuniga nuqta qo`yildi. 1924 yil 27 oktyabrda bo`lgan SSSR BMIQ 2-sessiyasida O`rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o`tkazish tadbirlari to`la ma’qullandi. O`rta Osiyoda mavjud bo`lgan 3 davlat: TASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o`rnida: O`zbekiston SSR (O`zSSR), Turkmaniston SSR hamda O`zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg’izlar yashaydigan hududlar Qoraqirg’iz (Qirg’iziston) muxtor viloyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga kiritildi. Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog’iston ASSR ixtiyoriga berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor (avtonom) viloyatiga birlashtirilib Qozog’iston ASSR tarkibiga kiritildi. Turkiston o`lkasida 5 ta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling