Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

O`zSSR 1925 yil 13 mayda SSSR (Ittifoq) tarkibiga kiritildi. SSSR 
Konstitusiyasi O`zSSRda bevosita ishlaydigan bo`ldi. O`zSSRning 1927 yil qabul 
qilindi 1-Konstitusiyasi va 1937 yil qabul qilingan 2-Konstitusiyasi amalda SSSR 
Konstitusiyasining ko`chirma nusxasi edi. O`zbekiston qog’ozdagi “suveren” 
respublika bo`lib, amalda Markazga tobe va qaram bir o`lka edi.
Ichki va tashqi siyosatni, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini Markaz hal 
qilgan. O`zbekistonning roziligini so`ramasdan Tojikston ASSR O`zbekiston 
tarkibidan chiqarilib 1929 yil Tojikiston SSRga aylantirildi va SSSRga qabul 
qilindi. O`zbekiston SSR amalda Markazga to`la bo`ysunuvchi, arzon xomashyo 
mahsulotlari etkazib beruvchi bir o`lka bo`lib qolaverdi.


370 
Iqtisodiy siyosat, er-suv islohotlari. 
Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS). XX asrning 20-yillari boshlarida Turkiston 
o`lkasi hayoti nochor ahvolda bo`lib, birinchi jahon urushi asoratlari, sovet 
tuzimining zo`rlik siyosati ko`zga tashlanib turardi. Sovet tuzimini saqlab qolish 
maqsadida amalga oshirilgan favqulodda siyosati: oziq-ovqat razvyorstkasi va 
harbiy kommunizm siyosati (1918-1920) ham o`lka hayotini mushkul ahvolga 
solib 
qo`ydi. 
O`lkadagi 
ijtimoiy-siyosiy 
va 
iqtisodiy 
vaziyatning 
murakkablashishiga favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning 
erkini cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay qo`yishi sabab bo`ldi.
Vaziyat sovet hokimiyati oldiga ahvolni o`nglash, tang vaziyatdan chiqish 
va xo`jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko`ndalang qilib qo`ydi. 
Mamlakat fuqarolar urushidan keyin (1918-1920) tinch xo`jalik yuritish pallasiga 
kirgan ekan iqtisodiy siyosatning davr talabiga javob beradigan yangi 
yo`nalishlarini ishlab chiqishi zarurat bo`lib qoldi. Bu vazifalar 1921 yil martda 
RKP(b) X sezdi belgilab bergan Yangi iqtisodiy siyosat (YaIS)da o`z ifodasini 
topdi.
YaIS ning muhim bo`g’inlari: oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig’i 
bilan almashtirish, savdoni erkinlashtirish, sanoat, xizmat ko`rsatish va mayda 
hunarmandchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga 
solish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat 
bo`ldi. YaIS shahar bilan qishloq o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni izga solishga, 
yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar sinfi 
o`rtasidagi ittifoqni, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi.
YaISning bosh maqsadlaridan biri – bu dehqon xo`jaligini rivojlantirish edi. 
Chunki busiz sanoatni ham, xalq xo`jaligining boshqa sohalarini ham yuksaltirib, 
etarli xomashyo bazasini yaratib bo`lmasdi. Oziq-ovqat solig’i talabiga ko`ra ekish 
mavsumi oldidan davlat bilan yakka dehqon xo`jaligi o`rtasida alohida shartnoma 
tuziladigan bo`ldi. Bu shartnoma yil oxirigacha, ya’ni hosil olgunga qadar 


371 
o`zgarmas edi. Bu esa dehqonlarni erdan ko`proq hosil olish uchun astoydil 
mehnat qilishga undardi.
Endilikda dehqonning ortiqcha g’allasi tortib olinmaydigan bo`ldi va 
dehqonga o`zi etishtirgan ortiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi. 
Ortiqcha mahsulot deganda - dehqonning davlat buyurtma rejasida belgilangan 
hajmdagi mahsulotni topshirgandan keyin ortib qolgan qismi tushuniladi. Ma’lum 
cheklashlar asosida ayrim sanoat korxonalari avvalgi sobiq egalariga qaytarib 
berildi; shuningdek narx-navo tartibga solindi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling