Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Partiya va sovet hukumati Turkistonda YaIS sinfiy kurashning


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi


Partiya va sovet hukumati Turkistonda YaIS sinfiy kurashning 
keskinlashuviga olib kelmoqda, boylar, burjuaziya qoldiqlari, yirik savdogarlar
musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlanmoqda deb, ularga 
qarshi mafkuraviy tashviqot va targ’ibotni kuchaytirdi. Bu hol o`lkada YaIS 
yo`lidan chekinishga olib kelib, dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular 
qishloq xo`jalik artellariga birlashtirildi. 20-yillarning oxiriga kelib Ittifoq va 
O`zbekistonda 
ma’muriy-buyruqbozlik 
boshqaruvi 
tizimining 
kuchayishi 
natijasida YaIS o`z mazmun-mohiyatini yo`qota bordi.
Er-suv islohati. Turkiston xalqlari uchun er-suv, undan foydalanish 
masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi; aholining ancha qismi ersiz bo`lib 
boylar, yirik zamindorlar mulkida chorakorlik qilar edi. Chor Rossiyasi bosqinidan 
so`ng unumdor erlar Rossiyadan kelganlarga majburan olib berildi. Turkiston 
qishlg’idagi bu siyosat ersiz, batrak dehqonlar ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. 
Mahalliy aholi sovet hokimiyatining “Er – dehqonlarga” degan va’dalariga, uning 
er to`g’risidagi dekretining amalga oshuviga umid qilib kelayotgan edi.
Sovet hokimiyatining “Er to`g’risida”gi dekreti 1917 yil 25 oktyabrda qabul 
qilingan edi. Unda kambag’al, batrak, ersiz dehqonlarni er bilan ta’minlash, yirik 
er-mulklarni musodara qilish va milliylashtirish vazifalari e’lon qilingan edi. 
Sovetlarning er-suv islohati masalasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi yirik 


373 
xususiy er-mulklarni musodara qilish, milliylashtirish orqali ularni tugatib, 
jamoalarga berib, yirik jamoalashgan sosialistik xo`jaliklarni qaror toptirish edi.
Turkistonda er-suv islohati masalasi 1920 yil sentyabrda Turkiston 
Sovetlarining XI sezdida ko`rib chiqildi. Unga ko`ra boylar qo`lidagi katta erlarni 
musodara qilish, evropaliklar bilan erli xalqlar o`rtasida er-suv masalasida 
tengsizlikka barham berish, mehnatkashlarni sovetlar tevaragida jipslashtirish 
vazifalari zarur deb topildi. Er ishlari xalq komissarligi rejasiga ko`ra tortib olingan 
erlar kam erli va ersiz mahalliy batrak va dehqonlarga bo`lib berilishi aytilgan edi. 
Bu jarayon boy xo`jaliklarga ma’muriy choralar va tazyiq o`tkazish yo`li bilan olib 
borildi.
Bu tadbirlarga batrak-dehqonlar ham jalb qilindi. Qishloq va ovullarning 
ersiz, kambag’al qismini birlashtiruvchi «Qo`shchi» uyushmalari tuzildi. Bu 
uyushmalar kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylandi. Turkiston 
ASSRda 1921 yil davomida tuzilgan “Qo`shchi” uyushmalari 160 ming a’zolarni 
birlashtirgan edi. 1921 yil dekabrda Toshkentda bo`lgan “Qo`shchi” 
uyushmalarining 1-respublika qurultoyida “bu uyushmalar mehnatkashlarni 
sovetlar yordamida xo`jalik qurilishiga tortish vositasidir” deyildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling