Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujum ” harakati
O`rta maxsus ta’lim o`quv yurtlari: hunar-texnika ta’limi maktablari,
texnikumlar, maxsus bilim yurtlari O`zbekistonning bu davrdagi ta’lim tizimida foydali va alohida o`rin egallaydi. Respublikada 20-yillarda maxsus o`quv yurtlari: 6 ta qishloq xo`jalik texnikumi, 1 ta tibbiyot texnikumi, 16 ta hunar-texnika maktabi tashkil qilindi, ularda 6800 nafar yoshlar o`qidi. Shu vaqtda 5 ta pedagogika texnikumi, 2 ta pedagogika bilim yurti, 1 ta xotin-qizlar bilim yurti mavjud edi. O`zbekistonda 20 asr 40-yillari boshida maxsus bilim yurtlari soni 92 taga etdi, ularda 12,6 ming nafar o`quvchi bor edi. Ilm-fan sohasida 30-yillarda Q.Niyoziy, A.Sa’diy, A.Avloniy, I.Mo`minov, YA.G’ulomov, T.Sarimsoqov, X.Rahmatullin, H.Abdullaev, S.Yunusov kabi o`z ilmiy maktabiga asos solgan allomalar etishib chiqdi. Respublikada Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI), Madaniy qurilish, Sanoat-iqtisod, Sanoat qurilish, Huquq-tadqiqot institutlari, Gidrometeologiya instituti, Geliotexnika labarotoriyasi, Astronomiya Observatoriyasi va uning qoshida Quyosh xizmati bo`limi tashkil etildi. Ayniqsa paxtachilik, uning hosildorligini oshirish, tezpishar, sifatli yangi navlar yaratish sohasida muhim yangiliklar qilindi. Geolog olimlar yangi konlar, turli xil ma’dan topilmalarni kashf qildi. 1927 yil Farg’ona vodiysida SHo`rsuv neft koni ochildi, Sement ishlab chiqarish uchun xomashyo topildi, natijada Quvasoy sement zavodi qurildi. Mis, oltin, kumush, qalay marmar konlari topildi va ishga tushirildi. 385 O`zbekiston XKS (hukumati) huzuridagi Fan qo`mitasi negizida 1940 yil 9 yanvarda SSSR FAning O`zbekiston filiali ta’sis etildi. Uning tarkibida 75 ta ilmiy- tadqiqot institutlari bo`lib, 3024 ta ilmiy xodimlar bor edi, ularning 109 nafari fan doktorlari, 510 nafari fan nomzodlari edi. “Hujum” harakati XX asr 20-yillari ikkinchi yarmida o`zbek xotin- qizlarini tutqunlikdan, paranjidan ozod qilishga qaratilgan edi. O`zbek ayollarini paranjidan ozod qilish masalasani eng avvalo fuqarolar orasida tushuntirish, ma’rifiy yo`llar orqali tinch hal qilish mumkin edi. Jadidlar rahbarlari F.Xo`jaev, Fitrat, Cho`lpon, A.Avloniylar ham ayollarni paranjidan ozod qilish masalasini o`z oldiga vazifa qilib qo`ygan edi. Shu maqsadda tashkil etilgan respublika, viloyat, tuman, shahar va quyi sovet tashkilotlari qoshidagi bo`limlarda dastlab to`g’ri ish olib borildi. Xotin- qizlar uchun maxsus klublar, artellar, do`konlar, savodxonlik kurslari ochish orqali xotin-qizlar jamoatchilik ishlariga tortila boshlandi. VKP(b) MQ O`rta Osiyo byurosining 1926 yil sentyabrda maxsus qarori asosida paranji tashlash harakatini sun’iy ravishda tezlashtirishga kirishildi. Oqibatda bu majburiy harakat “Hujum” nomini oldi. Paranji tashlash harakatini o`zbek xotin-qizlari xursandchilik bilan kutib oldi, biroq bu harakat shoshma- shosharlik, ma’muriyatchilik yo`li bilan o`tkazildi. Bu tadbirga hatto erkak kommunistlar ham tayyor emas edi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling