389
harakatiga yon bosganlikda qoralanib 4
kishi otishga, 3 kishi ko`p
yillik qamoq
jazosiga hukm qilindi.
O`zbekiston istiqboli uchun fidoyilik ko`rsatgan F.Xo`jaev, T.Risqulov,
A.Rahimboev, A.Ikromov, I.Ortiqov, A.Karimov
kabi mahalliy rahbarlarning
qismati ham fojiali yakun topdi. Sovet hukumati 1937-1938 yy. O`zbekistonda
yirik aksilinqilobiy tuzilmalar borligini to`qib chiqardi.
A.Ikramov va F.Xo`jaev boshchiligidagi “Burjua-millatchilik
aksilinqilobiy
tashkiloti markazi”ni, A.Qoriev rahbar bo`lgan “Musulmon ruhoniylarining
millatchi-isyonchilar tashkiloti”, “Aksilinqilobiy o`ng troskiychi josuslar tashkiloti
markazi”, “Buxoro va Turkiston baxt-saodati”, I.Ortiqov boshliq “YOshlarning
aksilinqilobiy burjua-millatchilik tashkiloti”, “Ingliz josuslik rezidenturasi”,
“YApon josuslik-qo`poruvchilik rezidenturasi” nomli
aksilinqilobiy tashkilotlar
to`qib chiqarildi. O`zbekistonda 1937-1939 yy. 43
mingdan ziyod kishi qamoqqa
olingan, 6920 tasi otilgan, 37 ming nafari qamoq va surgunga hukm etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: