280 ta yangi sanoat korxonalari O`zbekistonda urush yillarida qurib ishga
tushirildi.
Sanoatning
yangi
tarmoqlari:
aviasiya,
stanoksozlik,
og’ir
mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya vujudga keldi. YAlpi sanoat
mahsulotida og’ir sanoatning hissasi 1940 yil 13,9 %ni tashkil etgan bo`lsa, 1945
yil 47,5 %ni tashkil etdi.
CCCRning eng katta sanoat markazlaridan biri Toshkent shahari bo`lib
qoldi. Bekobod sanoat shahri sifatida vujudga keldi. Yangiyo`l, Chirchiq kabi
yosh shaharlar rivoj topdi. O`zbekiston sanoatchilari frontga 2090 samolyot, 17342
aviamotor, 2318 ming aviabomba, 1,7 ming minomyot, 22 mln. mina, 560 ming
snaryad, 1 mln. granata, 330 ming parashyut, 100 ming km. maxsus sim, 125 ming
km. telefon kabellari etkazib berdi.
“Toshkent temiryo`li ishi to`g’risida” maxsus qaror 1943 yil 25 yanvarda
qabul qilindi. Temiryo`l harbiy holatga o`tkazildi, unda ishlovchilar safarbar
etilgan deb hisoblandi. O`zbekiston temiryo`lchilari 1941-1942 yy. 2700
sostavdagi passajir poezdlarini, ko`chirilgan korxonalarning asbob-uskunalari
ortilgan 17600 vagonlarni mo`ljalga etkazishdi. O`zbekistonda 1941-1945 yy.
temiryo`l liniyalari ikki baravar uzaydi. Toshkent-“Angren-ugol”, Boysun-
Otquloq-Turangli-Toshkent tovar stansiyasi temiryo`llari qurildi.
O`zbekistonda urush yillarida Toshkent-Samarqand-Ashxobod, Toshkent-
Samarqand-Boku, Toshkent-Samarqand-Krasnavodsk telefon liniyasi; 2 ta
Toshkent-Samarqand-Buxor telefon aloqa yo`llari qurildi. 1943 yil qurilgan 500
km. telefon yo`li Toshkentni Xorazm va Qoraqalpog’iston bilan bog’ladi. Yirik
korxonalarda ham 50-100 o`rinli telefon stansiyalari qurildi. Urush yillarida
pochta xodimlarining xizmati o`sdi. 1941 yil 1 ta pochta xodimi 50 ming xat-
xabar jo`natgan bo`lsa, 1942 yil 74,5 mingga, 1943 yil 77,5 mingga etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |