Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekiston Fanlar Akademiyasi
2-§. Urush yillarida fan, maorif va madaniyat.
O`zbekistonning qardosh xalqlarga yordami Ilm-fan g’alaba uchun. Urushning dastlabki kunidan SSSR Fanlar Akademiyasining (FA) O`zbekiston filiali, 75 ta ilmiy muassasalar, 25 ta ilmiy- tadqiqot institutlari, 23 ta ilmiy stansiya xo`jalik hayotini harbiy izga solishga jalb etildi. Olimlarning tadqiqotlarini muvofiqlashtirish maqsadida 1941 yil 29 noyabrda O`zbekiston Ilmiy muhandis-texnika jamiyati tuzildi. G’arbiy hududlardagi yirik shaharlardan SSSR FAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo`jaligi va siyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, muzey va kutubxonalar O`zbekistonga ko`chirib keltirildi. SSSR FAning 375 ta olim va xodimlari ko`chib keldi. Olimlar e’tiborini mudofaa sanoati uchun zarur bo`lgan tabiiy resurslarni izlab topishga qaratdi. Geolog olim H.Abdullaev tadqiqotlari natijasida qalay, volfram, molibden, o`tga chidamli minerallar, nodir metallar va boshqa xomashyo konlari topildi. 403 A.Ukionskiy boshchiligida geologlar guruhi temir konini topishi O`zbek metallurgiya kombinati qurilishida katta voqea bo`ldi. D.Bogdanov va muhandis G.CHikrizov Angrenda ko`mir konining boy zahiralarini topib yangi shaxtalar qurishga ko`maklashdi. Sirdaryodagi Farhod GESi loyihasini ishlab chiqishda irrigatorlar A.Askochenskiy, V.Poslaviskiy faol ishtirok etdi. Loyihachilarga akademiklar G.Grafito va V.Vedeneev qimmatli maslahat berdi. Kimyogar olimlar neftning suvini ketkazish, oltingugurtdan tozalash, ko`mirni kokslash, paxta chiqindilaridan foydalanish, etil spirti, soda, kislota olishning yangi usullarini yaratdi. Kimyogarlar tadqiqoti natijasida turli dori ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi. Toshkentda famasevtika zavodi ishga tushirildi. Butunittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti paxtaning yangi navlarini yaratishda izlanishlar olib bordi. Seleksionerlar S.Kanash va A.Avtonomov boshchiligida vilt kasalligini yuqtirmaydigan yangi navni yaratdi. S.Kanash yaratgan S-460, L.Rumshevich yaratgan F-108 yuqori hosilli navlar hamda boshqa uzun tolali navlar paxtachilikning rivojida ulkan hissa bo`ldi. O`zbekistonda ekib kelingan amerika paxta navlarini yangi navlar bilan almashtirish 1944 yil tugallandi. Samarqandda joylashtirilgan Timiriyazov nomli qishloq xo`jalik akademiyasi xodimlari bilan respublika olimlari hamkorlikda g’o`za, bug’doy va qand lavlagini almashlab ekish usulini joriy qildi va qand lavlagidan mo`l hosil olishga ko`maklashdi. V.Struve, V.Shishkin, E.Bertels, I.Dodonov, V.Zohidov, N.Inoyatov, A.Yakubovskiy, M.Masson, S.Tolstov, Ya.G’ulomov O`zbekistonning eng qadimgi va o`rta asrlar tarixi, madaniyati, etnogenezi bo`yicha asarlar tayyorladi. Ikki jildlik “O`zbekiston xalqlari tarixi”ni tayyorlashga kirishdi. “O`zbek adabiyoti tarixi” asarini yozuvchi A.Tolstoy rahbarligida rus va o`zbek olimlari yaratdi. 1943 yil 4 noyabrda O`zbekiston Fanlar Akademiyasi (O`zFA) ochildi. Uning 1-prezidenti etib T.N.Qori Niyoziy saylandi. Tez orada Til, adabiyot va tarix instituti bazasida yangi ilmiy muassasalar: Tarix va arxeologiya, Til va adabiyot, 404 SHarqshunoslik, Iqtisodiyot, Matematika va mexanika, Tuproqshunoslik, Fizika- texnika institutlari va laboratoriyalar tashkil etildi. O`zbekiston FA tarkibida 1945 yil 23 ta ilmiy muassasa, shu jumladan 2 ta ilmiy tadqiqot instituti, 2 ta laboratoriya va tajriba stansiyalari faoliyat ko`rsatdi. O`zFAning 3 faxriy a’zosi, 15 haqiqiy a’zosi, 20 muxbir a’zosi va 1265 ilmiy xodimi, 54 ta fan doktori, 172 ta fan nomzodi ilmiy tadqiqot ishlari olib bordi. Ular orasida fizika-matematika fanlari doktorlari T.Sarimsoqov va V.Romanovskiy, geolog olim H.Abdullaev, fizik S.Umarov, faylasuf I.Mo`minov, adib S.Ayniy, yozuvchi Oybek, shoir G’.G’ulom bor edi. Sharqshunoslik instituti olimlari SHarq qo`lyozmalari asosida tayyorlagan fors, arab va turkiy tillarda yozilgan qo`lyozmalar to`plami 3 jilddan iborat bo`lib, ularda 300 ga yaqin qo`lyozma tavsiflab berildi. O`zFA Prezidiumida 1944 yil aspipantura tashkil etilib, o`sha yili 60 kishi, shu jumladan 41 nafar o`zbek qabul qilindi. Akademiya institutlarida 1944 yil 2 ta doktorlik, 17 ta nomzodlik dissertasiyalari yoqlandi. Urush yillarida o`zbekistonlik olimlar 1000 dan ortiq ilmiy ishlarni bajardi. Ularning ko`pchiligi xalq xo`jalik va mudofaa ahamiyatiga ega bo`ldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling