Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Paxtachilik urush yillarida ham qishloq xo`jaligining muhim sohasi bo`lib, 
1942-1943-yy. paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi, davlatga 1 mln. tonna 
paxta kam topshirildi. Bunga sabab: 1941-1943 yy. paxta maydoni 927650 
gektardan 625343 gektarga kamaydi, mexanizasiya etishmadi; mineral o`g’itlar, 


401 
yoqilg’i kamaygan edi; erni ishlash, sug’orish tarmoqlarini tozalash uchun ishchi 
kuchi etishmaganidan agrotexnika yomonlashdi.
Paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga don, qand lavlagi, oziq-ovqat 
mahsulotlari etishtiriladigan ekin maydonlari ko`paytirilgan edi. Respublika 
rahbarlari Moskvaga chaqirilib, ularni paxta tayyorlashni o`z holiga tashlab 
qo`yishda, layoqatsizlikda aybladi. Paxta rejasini bajarish, paxtani yanada 
ko`paytirish talab qilindi.
Boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik zug’umi VKP MQning 1944 yil 6 
martda qabul qilingan “O`zKP MQning ishi to`g’risida”gi qarorida o`z ifodasini 
topdi. O`zKP MQning 1944 yil aprelda bo`lgan X-plenumida bu qarorni bajarishga 
doir tadbirlar ishlab chiqildi: kolxozlar mustahkamlandi, brigada va zvenolar qayta 
tiklandi, donli ekinga o`tgan ko`p xo`jaliklar paxtachilikka qaytarildi, kolxozchilar 
uchun majburiy mehnat kunlari yana oshirildi.
Ittifoq (SSSR) hukumati O`zbekiston paxtakorlari uchun 2300 yangi traktor, 
300 yuk avtomobili, 375 ming tonna mineral o`g’it va qishloq xo`jalik uskunalari 
ajratdi. O`zbekistonda paxta tayyorlash rejasi 1944 yil bajarildi. 1943 yilga 
nisbatan 325 ming tonna ko`p paxta topshirildi, 1945 yil ham paxta tayyorlash 
rejasi bajarildi. Urush yillarida 4 mln. 806 ming t. paxta xomashyosi etkazib 
berildi.
Urush yillarida ishchilar bilan dehqonlar o`rtasidagi jipslik, o`zaro yordam 
yanada kuchaydi. Farhod GESi qurilishida 70 mingga yaqin koxozchi qatnashdi. 
Front orqasidagi mehnati uchun 160 mingga yaqin kishi “Shuhrat” medali bilan 
mukofotlandi.
Aholi turmushi. Hamma narsa frontga safarbar etilishi natijasida oziq-ovqat 
tanqisligi vujudga kelib shaharlarda oziq-ovqat, sanoat mollarini kartochka asosida 
taqsimlash joriy etildi. Ishchi va xizmatchilarga kuniga 400-500 gr., oila a’zolariga 
300 gr. non berish belgilandi.
Oziq-ovqat va sanoat mollarini me’yorlangan tarzda taqsimlash qishloq 
aholisiga joriy etilmadi. Ularning turmushi yanada og’irlashdi, chunki ular 
ishlagan mehnat kunlari uchun deyarli haq ololmasdi. Qishloq aholisiga oziq-ovqat 


402 
mollari matlubot kooperasiyasi do`konlarida topshirgan qishloq xo`jalik 
mahsulotlari miqdoriga qarab qat’iy me’yorlangan miqdorda berilardi.
Aholini oziq-ovqatlar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida sanoat 
korxonalari qoshida yordamchi xo`jaliklar tashkil etildi. Ularga vaqtincha 
foydalanish uchun 53 ming gektar er ajratildi. Oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul 
qadrsizlanib, chayqovchilik avj oldi.
I.Karimov 1996 yil “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir” asarida: “Mamlakat 
ichkarisida urush yillarida yuz minglab vatandoshlarimiz chekkan zahmatlarni.. 
esdan chiqarib bo`ladimi” - degan edi. 
Tayanch so`zlar: Ikkinchi jahon urushi, Germaniya, Italiya, Yaponiya, 
fashizm, front, Sh.Shomahmudov, B.Akramova, H.Samatov, F.Qosimova, 
mudofaa fondi,
front orqasi, qand lavlagi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling