Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Maorif va oliy ta’lim. Ko`pchilik professor-o`qituvchilar, talabalar frontga 
safarbar etilgach Samarqand kooperativ instituti va Toshkent moliya-iqtisodiyot 
instituti, Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari, O`zbek va O`rta Osiyo davlat 
universitetlari birlashtirildi. O`zbekistonga 1941-1943 yy. Moskva, Leningrad
Kiev, Xarkov, Voronej, Odessa shaharlaridan 35 oliy o`quv yurti va 7 harbiy 
akademiya ko`chirib keltirildi. Ular o`zaro yoki O`zbekiston oliy o`quv yurtlari 
bilan birlashtirildi.
Moskva va Leningradlik olimlar talabalarga yangi kurslar bo`yicha 
ma’ruzalar o`qidi, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga ko`maklashdi. Toshkent 
industriya instituti ilmiy jamoasi Bekobod metallurgiya zavodini qurish, mis va 
rudalarni eritish usullarini ishlab chiqish, metal korroziyasiga qarshi yo`llarni 
topish, yangi zavodlar qurishda qatnashdi.


405 
1943-1944 yy. ko`chib kelgan pedagog-olimlar o`z shaharlariga qayta 
boshladi. Vaqtincha yopilgan institutlar qayta tiklanishi, yangidan CHimboy va 
Urganch pedinstitutlari, Namangan va Marg’ilon o`qituvchilar institutlari, 
Toshkent teatr san’ati instituti ochilgach ilmiy-pedagogik kadrlarga muhtojlik yana 
orta boshladi. Oliy o`quv yurtlari soni 1945 yilda 1940 yilga nisbatan 3 taga 
ko`payib 33 taga etdi, talabalar soni 19,1 mingdan 21,2 ming kishiga ortdi. Urush 
yillarida 10 mingdan ko`p oliy malakali va 3,7 mingga yaqin o`rta maxsus 
ma’lumotli mutaxassislar tayyorlandi.
Maktablarda urushgacha erkak o`qituvchilar respublikada 74,6 %ni tashkil 
etardi. 1944 yil o`qituvchilar armiyadan maktablarga qaytarildi. Maktablarda 
ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash maqsadida o`quvchilar bilimini baholashning 5 
balli tartibi joriy etildi. Boshlang’ich va 7 yillikni tugatganlar uchun bitiruv 
imtihonlari, o`rta maktabni bitiruvchilarga attestat uchun imtihon topshirish, a’lo 
ko`rsatgich uchun oltin va kumush medallar berish joriy etildi. Umumta’lim 
maktablarida 1940/41 yy. 5504 ta maktablarda 1368,9 ming o`quvchi, 1945/46 yy. 
4976 ta maktablarda 989,2 ming o`quvchi ta’lim oldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling