Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Adabiyot g’alaba uchun. O`zbek yozuvchi-shoirlari urush yillarida 
ko`chirib keltirilgan rus, ukrain, belorus, moldavan yozuvi-shoirlari bilan 
hamkorlik qildi. Ular hamkorlikda “Biz engamiz” degan almanax, “O`zbekiston 
shoirlari-frontda” degan antologiya chop etdilar. H.Olimjon, Uyg’un, S.Abdulla, 
N.Pogodin birgalikda “O`zbekiston qilichi” musiqali dramasini yaratdi.
Urush yillarida Oybekning “Navoiy” va “Qutlug’ qon” romanlari
A.Qahhorning “Oltin yulduz” qissasi va “Xotinlar” asarlari yaratildi, she’riyat 
yuksaldi. H.Olimjon “Qo`lingga qurol ol”, “Sharqdan g’arbga ketayotgan do`stga”, 
“Jangchi Tursun”, “Roksananing ko`z yoshlari” asarlarini yaratdi. G’.G’ulom “Sen 
etim emassan”, “Men-yahudiyman”, “Bizning ko`chada ham bayram bo`lajak” 
asarlarini yozdi. Uyg’un “Qasam”, “Bir qadam ham orqaga chekinilmasin”, 
“Maktub” asarlarini yozdi. M.Shayxzodaning “Ona kuzatmoqda”, “Kapitan 
Gastello” she’rlari; S.Jo`raning “Pulemyotchi ovozi”, “Nayzamiz” she’rlari; 
Sh.Rashidovning “Qahrim” she’rlar to`plami chop etildi.


406 
Ommaviy axborot vositalaridan urush yillarida O`zbekistonda 200 ga 
yaqin gazeta, shundan 124 tasi o`zbek tilida, 52 ta jurnal, shundan 19 tasi o`zbek 
tilida nashr etilar edi. Gazetalarning bir gallik adadi 900 ming edi, shundan 600 
ming nusxasi o`zbek tilida chiqar edi.
O`zbekistonlik yozuvchi va jurnalistlardan T.Rustamov va R.Muhammadiy 
sovet armiyasi bosh boshqarmasida inspektor bo`lib xizmat qildi. J.Azizxonov, 
R.Abdurahmonov, A.Rahmat, Sh.Bo`latov, M.Murodov, Y.Bilolov front 
gazetalarida muharrir o`rinbosarlari bo`lib xizmat qildi. N.Safarov, M.Ismoiliy, 
Z.Fatxullin, M.Jo`ra, S.Jo`ra, T.Ernazarov harbiy muxbir sifatida va 
jurnalistikaning jangavor sohalarida faoliyat ko`rsatdi.
Urush yillarida o`zbek tilida 14 ta front va 12 ta dviziya gazetasi, “Front 
haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Qizil armiya”, “Vatan sharafi uchun”, 
“Dushmanga qarshi olg’a” kabi gazetalar nashr etilgan. Madaniy-ma’rifiy 
muassasalardan: 754 ta kino qurilma, 11 ta muzey, 360 ta qiroatxona, 1044 ta klub, 
433 ta kutubxona, 2800 ta qizil choyxona omma orasida siyosiy, ma’rifiy, 
tarbiyaviy ishlarni olib borish markazi edi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling